Yandex Pro

Mobil qurilmalar uchun Yandex Pro dasturidan foydalanish uchun litsenziya kelishuvi

 

Dasturdan foydalanishdan oldin quyidagi litsenziya kelishuvining shartlari bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Dasturdan har qanday foydalanish Sizning ushbu litsenziya kelishuvi shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilganingizni bildiradi.

Agar siz litsenziya kelishuvi shartlarini to‘liq qabul qilmasangiz, u holda Siz dasturdan biron-bir maqsadda foydalanish huquqiga ega emassiz.

 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Litsenziya kelishuvi (“Litsenziya”) mobil qurilmalar uchun (“Dastur”) Yandex Pro (ilgari Taksometr) dasturidan foydalanish shartlarini belgilaydi hamda Dasturdan foydalanuvchi har qanday shaxs (“Foydalanuvchi”) va “YandexGo UB” MChJ (“Huquq egasi”) o‘rtasida tuzilgan.

1.2. Dasturdan nusxa ko‘chirish, uni mobil qurilmaga o‘rnatish yoki Dasturdan har qanday tarzda foydalanish orqali Foydalanuvchi Litsenziyaning barcha shartlariga to‘liq va so‘zsiz roziligini ifodalaydi.

1.3. Dasturdan faqat ushbu Litsenziya shartlariga muvofiq foydalanishga ruxsat beriladi. Agar Foydalanuvchi Litsenziya shartlarini to‘liq qabul qilmasa, Foydalanuvchi Dasturdan biron-bir maqsadda foydalanishga huquqiga ega bo‘lmaydi. Litsenziyaning har qanday shartlarini buzgan holda (bajarmagan holda) Dasturdan Foydalanish taqiqlanadi.

1.4. Foydalanuvchining Dasturdan ushbu Litsenziya shartlariga muvofiq shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanishi bepul amalga oshiriladi. Dasturdan ushbu Litsenziyada ko‘zda tutilmagan shartlar va usullar bilan foydalanish faqat Huquq egasi bilan alohida kelishuv asosida mumkin bo‘ladi.

1.5. Dasturdan foydalanish orqali Foydalanuvchi shartlari Dasturdan foydalanishga nisbatan to‘liq qo‘llaniladigan quyidagi hujjatlar ushbu Litsenziyaning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanishiga rozilik bildiradi:

Ko‘rsatilgan hujjatlar (shu jumladan ularning har qanday qismlari) Huquq egasi tomonidan hech qanday maxsus xabar bermasdan o‘zgartirilishi mumkin, hujjatlarning yangi tahrirlari, agar hujjatlarning yangi tahrirlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular chop etilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

1.6. Huquq egasi va Foydalanuvchi ushbu bilan Dastur doirasida oddiy elektron imzo bilan imzolangan elektron hujjatlarni o‘z qo‘li bilan imzolangan qog‘oz hujjatlarga teng deb o‘zaro tan olishlariga kelishib oldilar.

1.6.1. Dastur, shu jumladan, axborot tizimi bo‘lib, Huquq egasi uning operatori bo'lib hisoblanadi.

1.6.2. Dasturning ayrim funksiyalarida nazarda tutilgan doirada va hollarda elektron imzo bilan elektron hujjatni imzolash uchun Foydalanuvchi Huquq egasi tomonidan shakllantirilgan va Dasturda Foydalanuvchi ko‘rsatgan telefon raqamiga xabar ko‘rinishida kelgan raqamli, harfli, ishorali yoki kombinatsiyalangan kodlardan foydalanadi. Bunday kodlar elektron imzo kaliti bo‘lib hisoblanadi.

1.6.3. Foydalanuvchi olingan kodlar (elektron imzo kalitlari) bo‘yicha maxfiylikni saqlashi shart.

1.6.4. Foydalanuvchi tegishli kodni Dasturdagi maxsus shaklga kiritadi. Taraflar bitta seans doirasida (tegishli kodning amal qilish muddati davomida) Dastur funksiyalari orqali Foydalanuvchi tomonidan shakllantirilgan, foydalaniladigan va Huquq egasiga yuboriladigan barcha elektron hujjatlar shu tariqa Foydalanuvchining elektron imzosi bilan imzolangan bo'lib hisoblanishini tan oladilar.

1.6.5. Foydalanuvchi Dasturda o‘zi haqida ko‘rsatilgan axborotning to‘g‘riligiga kafolat beradi. Ko‘rsatilgan axborot asosida Foydalanuvchi yuqorida ko‘rsatilgan tartibda elektron imzodan foydalanib imzolangan elektron hujjat aynan Foydalanuvchi tomonidan imzolanganligini aniqlaydi.

1.7. Agar foydalanuvchi Huquq egasi hamkorining vakili bo‘lsa, ushbu Litsenziyaning 1.6.1 – 1.6.5 bandlarining qoidalari Huquq egasi va Huquq egasining bunday hamkori o‘rtasidagi kelishuvlar va shartnomalarga zid bo‘lmagan qismida qo‘llaniladi.

1.8. Foydalanuvchi Huquq egasiga Dastur doirasida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan axborotdan foydalanish huquqini shunday axborotni Huquq egasining ma‘lumotlar bazasiga kiritish va keyinchalik bunday ma‘lumotlar bazasidan istalgan usulda foydalanish yo‘li bilan beradi.

1.9. Ushbu Litsenziya va Dasturdan foydalanish bilan bog‘liq barcha munosabatlarga nisbatan Niderlandiyaning qonunchiligi qo‘llaniladi va ushbu Litsenziyadan yoki Dasturdan foydalanishdan kelib chiqadigan har qanday shikoyatlar yoki da‘volar Huquq egasi joylashgan joy bo‘yicha sudga berilishi va ko‘rib chiqilishi lozim.

1.10. Huquq egasi Foydalanuvchilarga axborot xabarlarini yuborishga haqli. Dasturdan foydalangan holda, Foydalanuvchi reklama va axborot xabarlarini olishga ham rozilik beradi. Foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga tegishli tarzda murojaat qilish yoki olingan reklama xabarida ko‘rsatilgan yo'riqnomalarga rioya qilish orqali reklama xabarlarini olishni rad etishga haqli.

1.11. Foydalanuvchining mintaqasiga qarab, Dasturning barcha yoki ayrim funksiyalari mavjud bo‘lmasligi yoki cheklangan boʻlishi mumkin. Ma’lum bir mintaqadagi Foydalanuvchi uchun funksiyalar, agar bunday Foydalanuvchi ulardan ochiqdan-ochiq foydalana olmasa, mavjud emas (cheklangan) deb hisoblanadi. Ushbu cheklovlarni chetlab o‘tish uchun har qanday texnik yoki dasturiy uslublardan foydalanish taqiqlanadi. Ushbu Litsenziya va 1.5-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning Dasturning Foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lmagan (cheklangan) funksiyalarini tartibga soluvchi qoidalari, bunday funksiyalar Foydalanuvchi uchun ochiqdan-ochiq mavjud bo‘lguncha qo‘llanilmaydi. Ma’lum bir mintaqadagi Foydalanuvchi uchun funksiyalar mavjudligi to‘g‘risidagi axborot Foydalanuvchiga uning Huquq egasiga yuborilgan so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.

 

2. Dasturga bo‘lgan huquqlar

2.1. Dasturga bo‘lgan mustasno huquq faqat Huquq egasiga tegishli.

 

3. Litsenziya

3.1. Huquq egasi oddiy (istisnosiz) litsenziya shartlarida Foydalanuvchiga Dasturdan butun dunyo mamlakatlarida quyidagi usullar bilan foydalanish uchun o‘tkazilmaydigan huquqni bepul beradi:

3.1.1. Dasturdan belgilangan maqsadda foydalanish, shu maqsadda Foydalanuvchining mobil qurilmasi(lar)iga undan nusxa ko‘chirish va o‘rnatish (takror o‘rnatish). Foydalanuvchi Dasturni cheklanmagan miqdordagi mobil qurilmalarga o‘rnatish huquqiga ega. Mobil qurilmaga o‘rnatishda, Dasturning har bir nusxasiga ayrim raqam beriladi, u avtomatik ravishda Huquq egasiga xabar qilinadi.

3.1.2. Dasturni notijorat maqsadlarda takror o‘rnatish va tarqatish (bepul).

 

4. Cheklovlar

4.1. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturda foydalaniladigan algoritmlarning amalga oshirilishi haqida axborot olish maqsadida Dasturning obyekt kodini o‘zgartirish, dekompilyatsiya qilish, assemblerini o‘zgartirish, shifrini ochish yoki boshqa harakatlarni amalga oshirish, Dasturdan foydalanib hosila asarlar yaratish, shuningdek, Dasturdan, Dasturning har qanday tarkibiy qismlari, Dastur tomonidan Foydalanuvchining mobil qurilmasida saqlanadigan xaritalar va boshqa tasvirlar hamda boshqa ma’lumotlardan boshqacha foydalanishni amalga oshirish (amalga oshirish uchun ruxsat berish) huquqiga ega emas, ushbu Litsenziyada yoki Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlarida to‘g‘ridan- to‘g‘ri nazarda tutilgan hajmda va usullar bilan foydalanish bundan mustasno.

4.2. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni tijorat maqsadlarida (shu jumladan haq evaziga), shu jumladan dasturiy mahsulotlar to‘plamining bir qismi sifatida takror o‘rnatish va tarqatish huquqiga ega emas.

4.3 Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni uni olganidan farqli shaklda tarqatish huquqiga ega emas.

4.4. Dastur Yandex Pro nomi ostida ishlatilishi (shu jumladan tarqatilishi) kerak. Foydalanuvchi Dastur nomini, mualliflik huquqini muhofaza qilish belgisini yoki Huquq egasini ko‘rsatuvchi boshqa alomatlarni o‘zgartirish va (yoki) o‘chirishga haqli emas.

 

5. Dasturning ayrim funksiyalaridan foydalanish shartlari

5.1. Dasturning ayrim funksiyalari faqat Internetga kirish imkoni bo‘lganda bajarilishi mumkin. Foydalanuvchi o‘z aloqa operatori yoki Internetga kirish provayderining shartlarida va tariflari bo‘yicha bunday kirishni mustaqil ravishda oladi va to‘laydi.

5.2. Dasturning ayrim funksiyalari faqat Huquq egasi yoki Dasturning bunday funksiyalariga kirishni taqdim etadigan shaxs bilan alohida kelishuv tuzgan Foydalanuvchi uchun mavjud bo‘ladi.

5.3. Dasturdan, shu jumladan uning, tavsifi haydovchi kartochkasini shakllantirish servisidan foydalanish Shartlarida (https://yandex.com/legal/drivers_termsofuse_bv) keltirilgan va tartibga solinadigan ayrim funksiyalaridan foydalanganda, Foydalanuvchi Huquq egasiga Foydalanuvchining Maxfiylik siyosatida (https://yandexgo.com/legal/yandexgo_privacy_notice) aniqlangan atama mazmunini ifodalaydigan shaxsiy axborotini, Dasturning funksional imkoniyatlari taqdim etilishi maqsadida qayta ishlashga, Huquq egasi Foydalanuvchining shaxsiy axborotini Huquq egasining hamkorlariga Dasturning funksional imkoniyatlarini taqdim etishlari maqsadida bunday axborotni keyingi qayta ishlashlari uchun berishiga va haydovchi kartochkasini shakllantirish servisidan foydalanish Shartlarida belgilangan maqsadlarda, shuningdek, xuddi shu maqsadlarda Foydalanuvchining shaxsiy axborotini uchinchi shaxslardan olishiga rozilik beradi.

Huquq egasi Foydalanuvchining faqat ushbu maqsadlar uchun zarur bo‘lgan shaxsiy axborotini uzatadi va/yoki oladi. Huquq egasi Foydalanuvchining shaxsiy axborotini, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan Dastur orqali yuklanadigan va taqdim etiladigan boshqa axborotni qayta ishlashni Maxfiylik siyosati (https://yandexgo.com/legal/yandexgo_privacy_notice) shartlariga muvofiq amalga oshiradi.

Ushbu bandning Foydalanuvchining shaxsiy va boshqa axborotini Huquq egasining qayta ishlashiga oid qoidalari Foydalanuvchi tomonidan Servisdan va uning funksiyalaridan foydalanish jarayonida olingan materiallar va axborotga nisbatan qo‘llaniladi.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan rozilik foydalanuvchi tomonidan Dasturda ko‘rsatilgan, shuningdek Huquq egasi tomonidan uchinchi shaxslardan olingan axborotga, shu jumladan familiya, ism, otasining ismi, manzilga; shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatning va transport vositasini boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatning raqamiga; transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma, ushbu hujjatlarning berilgan sanasi (va amal qilish muddati) va ularni bergan organ to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga; Huquq egasiga nisbatan firibgarlik harakatlarining oldini olish uchun zarur bo‘lgan axborotga va Dasturdan foydalanish tartibiga, shu jumladan fotosurat, yo‘lovchilar va bagajlarni yengil taksida tashish uchun transport vositasini boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga, sodir bo‘lgan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi va boshqa qonun buzarliklar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga (shu jumladan ochiq reyestrlarda ma’lumot joylashtirilgan qarzdorlik/ijro ish yurituvining borligiga) nisbatan qo‘llaniladi. Bunday shaxsiy axborot Huquq egasi tomonidan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda ham, undan foydalanmasdan ham, shuningdek to‘plash, qayd etish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (taqdim etish, kirishga ruxsat berish), egasizlantirish, bloklash, o‘chirish va yo‘q qilishni ham qo‘shganda har qanday usullar bilan qayta ishlanishi mumkin.

Amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, Foydalanuvchining ushbu bandda ko‘rsatilgan roziligi ushbu Litsenziyaning 1.6.–1.6.5-bandlarida belgilangan tartibda Foydalanuvchi bunday rozilik shakli uchun belgilangan rekvizitlarni ko‘rsatgan holda Foydalanuvchining elektron imzosi bilan imzolangan yozma ravishda berilgan deb hisoblanadi. Bunday rozilik, agar amaldagi qonunchilikda boshqa (qisqaroq yoki uzoqroq) muddat belgilanmagan bo‘lsa, Foydalanuvchiga Dasturning funksional imkoniyatlarini taqdim etish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida, shuningdek undan keyin yana 3 (uch) yil davomida amal qiladi.

5.4. Foydalanuvchi ushbu bilan Dasturdan foydalanganda Huquq egasiga quyidagi axborot avtomatik ravishda va anonim tarzda uzatilishi to‘g‘risida xabardor qilinadi va bunga rozilik bildiradi: Foydalanuvchi qurilmasi operatsion tizimining turi, brauzer versiyasi va identifikatori, Dastur funksiyalaridan foydalanish statistikasi, qurilmaning joylashgan yeri haqida ma‘lumotlar, shuningdek boshqa texnik axborot.

 

6. Litsenziya bo‘yicha javobgarlik

6.1. Dastur “qanday bo‘lsa shunday” (as is) shartlarida taqdim etiladi. Huquq egasi Dasturning yoki uning alohida komponentlari va (yoki) funksiyalarining xatosiz va uzluksiz ishlashi, Dasturning Foydalanuvchining muayyan maqsadlariga muvofiqligi bo‘yicha hech qanday kafolatlar bermaydi, Ma’lumotlarning ishonchliligi, aniqligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida bo‘lishini kafolatlamaydi, shuningdek ushbu Litsenziyada to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rsatilmagan hech qanday kafolatlarni bermaydi.

6.2. Huquq egasi Dasturdan (shu jumladan Ma’lumotlardan) foydalanish yoki foydalana olmaslikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita oqibatlari va (yoki) Foydalanuvchiga va (yoki) uchinchi shaxslarga har qanday foydalanish, foydalanmaslik yoki Dasturdan (shu jumladan, Ma’lumotlardan) yoki uning alohida komponentlari va (yoki) funksiyalaridan foydalana olmaslik natijasida, shu jumladan Dasturning ishlashidagi mumkin bo‘lgan xatolar yoki nosozliklar tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi, qonun hujjatlarida to‘g‘ridan- to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

6.3. Dasturdan foydalanish/foydalanish mumkin emasligi, shuningdek, Dasturning qonun hujjatlari va (yoki) uchinchi shaxslarning huquqlarini buzish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan barcha savollar va shikoyatlar qayta aloqa shakli orqali yuborilishi kerak.

 

7. Dasturning yangilanishlari/yangi versiyalari

7.1. Ushbu Litsenziyaning amal qilishi Dasturning barcha keyingi yangilanishlari/yangi versiyalariga nisbatan qo‘llanadi. Dasturning yangilanishini/yangi versiyasini o‘rnatishga rozilik bildirgan holda, Foydalanuvchi dasturning tegishli yangilanishlari/yangi versiyalari uchun ushbu Litsenziya shartlarini, agar Dasturning yangilanishi/yangi versiyasi boshqa Litsenziya kelishuvi bilan tartibga solinmasa, qabul qiladi.

 

8. Ushbu Litsenziya shartlariga o‘zgartirishlar

8.1. Ushbu litsenziya kelishuvi Huquq egasi tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchiga ushbu Litsenziya shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi xabar quyidagi manzil bo‘yicha joylashtiriladi: https://yandex.com/legal/yandexpro_mobile_agreement. Litsenziya shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, agar tegishli nashrda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular Chop etilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

 

9. Huquq egasining rekvizitlari

Firma nomi: “YandexGo UB” MChJ

Joylashgan yeri: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasi, 2 uy

Ro‘yxat raqami: 1123972

Biz bilan bog‘lanish uchun Yandex Pro funksionalidan foydalanishni so‘raymiz.

Yangi tahrirning kuchga kirish sanasi: 11.12.2024