Yuk va joʻnatma sugʻurtasi
“Yuk tashish”, “Yetkazish” va “Kuryer” tariflari boʻyicha sugʻurtasi qanday ishlaydi?
Mulkingiz sug‘urtasi haydovchi yoki kuryer yetib kelishi vaqtidan (Yetib keldimtugmasini bosishi bilan) safar/kuryerlik yetkazib berish xizmati yakunlanishi (haydovchi yoki kuryer Yakunlash tugmasini bosishi) vaqtigacha amal qiladi. Yoʻlovchi buyurtmani bekor qilsa, sugʻurta amal qilishdan toʻxtaydi.
Agar Yandex Go “Yuk tashish”tarifi orqali yuk tashuvchilar bilan avtomobilga buyurtma bergan boʻlsangiz, sugʻurta yuklash va tushirish davri davomida amal qiladi.
Eʼtibor qiling, “Yuk tashish” tarifida yuklani tashish Yandex Taxi hamkorlari tomonidan charter shartnomasi asosida faqat sizning kuzatuvingiz ostida amalga oshiriladi.
Sugʻurta qoplamasi
Sugʻurta yuk yoki joʻnatmaning shikastlanishi, nobud boʻlishi yoki yoʻqolishini qoplaydi. Sugʻurta barcha turdagi yuklarga amal qilmaydi
Sugʻurta bahosi
Sugʻurta bepul.
Sugʻurta qanday faollashtiriladi
Qaysi holatlarda kompensatsiya to‘lanadi?
- Yuk yoki joʻnatma tashish vaqtidagi avto halokatda zararlangan.
- Yuk yoki joʻnatma yetarli qadoqlash boʻlishi bilan birga yuk siljishi natijasida zararlanganda.
- Yuk yoki joʻnatma Yandex Taxi xizmatining “Yuk tashish” tarifidagi yuk tashuvchilar parametri tanlanganda ular orqali yuklash yoki tushirish davrida zararlanganda.
- Yandex Taxi hamkorlarining “Yetkazish” yoki “Kuryer” buyurtmalari yetkazilishi vaqtida joʻnatma yoʻqolgan (qisman yetkazilmagan) yoki zararlangan.
Kompensatsiya qanday olinadi
Kompensatsiya olinishi uchun talab etiladigan hujjatlar
Hujjatlarning toʻliq roʻyxatini sizga sugʻurta kompaniyasi taqdim etishi zarur.
Aksar holatlarda kompensatsiya uchun quyidagilar talab etiladi:
- Sugʻurta kompensatsiya qilinishi uchun ariza
- Mulkiga zarar yetgan tomonning shikoyat arizasi
- YTH hisoboti
- Zarar yetgan mulk surati
Bu qoʻllanma ommaviy oferta emas. Agar sizda sug‘urta dasturi bo‘yicha qo‘shimcha savollar bo‘lsa, Yordam xizmatiga murojaat qiling.