Hisob himoyasi
Avvalo qurilmangizda antivirus himoyasi borligini tekshiring. Keyin Yandex.Passport xizmatiga kiring va quyidagilarni bajaring:
- Email va telefon raqamlari boʻlimidagi sizga tegishli boʻlmagan barcha telefon raqamlari va email manzillarini oʻchirib tashlang hamda joriy raqamingizni hisobingizga ulang.
- Kirishlar tarixi va qurilmalar boʻlimida sizniki boʻlmagan barcha qurilmalarni oʻchiring, nomaʼlum ilovalarni oʻchirib tashlang va sizniki boʻlmagan barcha harakatlarni belgilash uchun Ogohlantir tugmasini bosing.
- Parollar va kirish boʻlimida parolingizni almashtiring va ikki bosqichli tekshiruv oʻrnating.
Xavfsizlik va kuchli parollar haqida batafsil bilish uchun Yandex.Passport Yordam boʻlimini koʻrib chiqing.