Karta qanday qo‘shiladi yoki olib tashlanadi

Karta bilan toʻlash imkoniyati iOS (8.0 va undan yuqori versiya) va Android (4.0 va undan yuqori versiya) ilovasi orqali buyurtma berilganida amal qiladi.

Karta qanday qoʻshiladi

Siz ilovaga 5 tagacha bank kartasini ulab qoʻyishingiz mumkin.

  1. Ilovaning  → Toʻlov usullari menyusini ochib, Karta ulash (yoki Karta qoʻshish) tugmasini bosing.
  2. Karta raqami, amal qilish muddati va CCV kodini kiriting. Karta raqamini qoʻlda kiritishingiz yoki smartfon kamerasi yordamida skanerlab olishingiz mumkin – buning uchun belgisini bosing.
  3. Yana bir bor Karta ulash (yoki Karta qoʻshish) tugmasini bosing.
Karta turi, emitent bank va boshqa shartlarga qarab, karta quyidagi usullar bilan tekshiriladi:
  • Karta hisobidan kichikroq summa ushlab qolinishi mumkin. Bandlangan mablagʻlar yechib olinmaydi va tekshiruv yakunlanganidan keyin ulardan foydalanish mumkin boʻladi.
  • Sizdan kartada bandlangan summani ilovaga kiritish soʻralishi mumkin. Summani (bankning SMS-xabarnomasiga ulangan boʻlsangiz) SMS orqali, hisobingiz boʻyicha koʻchirma yoki bank ilovasi orqali bilib olish mumkin.
  • Sizdan emitent bank saytida kartani 3-D Secure texnologiyasi orqali tasdiqlash soʻralishi mumkin. Tasdiqlash usuli bankingizga bogʻliq boʻladi. Tekshiruvdan soʻng ilovaga qaytarilasiz.

Karta qanday olib tashlanadi

  1. Ilovaning  → Toʻlov usullari menyusini oching.
  2. Kartani tanlang va Kartani olib tashlash tugmasini bosing.