Haydovchiga choychaqa qoldirish

Bu funksiya safar haqi bank kartasi bilan toʻlanganida ishlaydi.

Safar maʼqul kelgan boʻlsa, haydovchiga choychaqa qoldirishingiz mumkin.

Barcha safarlar uchun choychaqa miqdorini ko‘rsatish uchun ilovaning  → To‘lov usuli → Standart choychaqa menyusini oching va choychaqa miqdorini tanlang.

Choychaqa miqdorini ilova menyusi orqali yoki safar yakunida haydovchini baholaganingizdan keyin o‘zgartira olasiz.

Safardan keyin 30 daqiqa ichida ijobiy baho bergan (yoki baholamagan) bo‘lsangiz va Tayyor tugmasini bosgan bo‘lsangiz, chochaqa avtomatik tarzda yechib olinadi.

Safardan keyin 30 daqiqa ichida salbiy baho bergan bo‘lsangiz va Tayyor tugmasini bosgan bo‘lsangiz, choychaqa yechib olinmaydi.

Agar safardan keyin 30 daqiqa ichida Tayyor tugmasini bosmagan boʻlsangiz, choychaqa miqdori 24 soatga bloklanadi. Bu vaqt ichida mazkur safar uchun choychaqa miqdorini o‘zgartirishingiz mumkin – bir sutkadan keyin choychaqa ko‘rsatilgan miqdorda yechib olinadi.