Safar haqida hisobotni qanday olish mumkin

Safar yakunlanganidan keyin siz quyidagilarni olishingiz mumkin:
  • hisobot;
  • to‘lov kvitansiyasi.

Safar hisobotlarini olish uchun o‘z pochta manzilingizni ilovada qo‘shib qo‘ying. Sizga havolali xat keladi, unga kirib hisobot olish uchun obunani tasdiqlashingiz kerak bo‘ladi. Undan keyin ular har safardan keyin avtomatik tarzda sizga yuboriladi.

To‘lov kvitansiyasini haydovchi talabingizga ko‘ra sizga taqdim etadi. Agar safar yakunida kvitansiya olmagan bo‘lsangiz, uni taksi saroyidan olishingiz mumkin.