Oraliq toʻxtashlarni oʻz ichiga olgan marshrut

Oraliq toʻxtashlarni oʻz ichiga olgan marshrutlar ishga ketish vaqtida farzandingizni maktabga yetkazish yoki doʻstlaringizni aeroportdan uylariga eltib qoʻyganda asqotishi mumkin.

Oraliq nuqtani qoʻshish uchun odatda yakuniy manzil kiritiladigan maydonchadagi tugmasini bosing. Siz uchtagacha oraliq nuqtani koʻrsatishingiz mumkin. Oʻsha yerning oʻzida koʻrsatilgan nuqtalarning oʻrnini almashtirish ham mumkin.

Uch yoki toʻrtta manzil koʻrsatilgan marshrutni buyurtma rasmiylashtirilganidan keyin oʻzgartirib boʻlmaydi. Boshqa holatlarda oraliq manzilni bevosita safar vaqtida qoʻshish yoki oʻzgartirish mumkin, biroq safarning yakuniy narxi avval koʻrsatilganidan farqli boʻladi.