Jamoaviy hisob yaratish

Jamoaviy hisoblar startaplar, agentliklar va kichik bizneslarga safar haqini bitta karta bilan toʻlashga yordam beradi.

Jamoaviy hisob qanday ochiladi

  1. Ilova menyusidan  → Jamoaviy hisobni oching.
  2. Aʼzolar kiritish tugmasini bosing. Ularning telefon raqamlarini kiriting yoki kontaktlaringiz orqali qoʻshing. Koʻpi bilan 20 nafar aʼzo qoʻsha olasiz (hisob egasi bilan birga).
  3. Jamoaviy hisob sahifasida Karta tanlash bandini bosing. Tasdiqlangan kartalar roʻyxatidan bank kartasini tanlang yoki yangisini qoʻshing. Karta raqamini faqat hisob egasi koʻra oladi.
  4. Barcha qoʻshilgan aʼzolar yangi toʻlov usuliga ega boʻladi: Jamoaviy hisob.
  5. Sozlamalar ichidagi Jamoaviy hisob sahifasida quyidagilarni qila olasiz:
    • Hisob nomini oʻzgartirish (masalan, kompaniyangiz nomiga)
    • Hisob aʼzolari uchun xarajatlar limitini belgilash
    • Safar hisobotlarining qayerga yuborilishini belgilash

Jamoaviy hisob qanday oʻchiriladi

  1. Ilova menyusidan  → Jamoaviy hisob → Sozlamalar sahifasini oching.
  2. bosib, tasdiqlang.