Safarni rejalashtirish

Safarning muayyan vaqtda boʻlishiga ishonch hosil qilmoqchimisiz? Yandex Taxi orqali safarni avvaldan rejalashiring Safar buyurtmasi parametrlarida “Safarni rejalashtirish” bandini tanlab, sana va vaqtni belgilang. Safar boshlanishidan biroz oldin haydovchi qidirishni boshlaymiz.

Ilova orqali safarni 30 daqiqadan 2 kungacha boʻlgan muddatda avvaldan rejalashtirish imkoni mavjud. Safarni kelasi kun ertalabga rejalashtiryapsiz va tayyorgarlik uchun ko‘proq vaqt ajratmoqchimisiz? Uni bir kun avval kechqurun rejalashtiring.

Toʻlov usullari:
  • Naqd pul
  • Karta
  • Korporativ hisob
  • Oilaviy hisob

Safarni oldindan rejalashtirganingizda uning taxminiy narxi ko‘rsatiladi. Haqiqiy narx faqat haydovchi tayinlanganidan keyin ko‘rinadi.

Yandex Taxi ilovasining eng oxirgi versiyasini o‘rnatgan foydalanuvchilar uchun allaqachon Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Novosibirsk, Yekaterinburg va Krasnodar shaharlarida safar rejalashtirish imkoni mavjud. Tez orada boshqa shaharlarda ham safarni avvaldan rejalashtirish imkoni paydo boʻladi.