Apple Pay orqali toʻlov
Rossiya boʻylab safarlarga to'lov qilishda foydalanish mumkin.
iPhone ilovasi orqali buyurtma berishda safar uchun toʻlovni Apple Pay orqali amalga oshirish mumkin. Buyurtma berish vaqtida Apple Pay toʻlov turini tanlang va amaliyotni tasdiqlang.
- IPhone 6, SE va yangiroq modellar
- iOS 10 va undan yuqori versiyalar
- Apple ID hisobi
- Apple Pay hamkor bankining toʻlov kartasi qurilmangizga Wallet dasturi orqali ulangan
Pul bandlovi va yechib olinishi
Toʻlov qurilmangizga Apple Pay toʻlov kartasi sifatida ulangan bank kartasidan amalga oshiriladi.
Safar yakunlanganidan keyin karta hisobida buyurtmaning yakuniy narxi bandlanadi. Ayrim hollarda bandlash safar vaqtida qismlarga boʻlib amalga oshiriladi.
Pul bandlanganidan keyin 24 soat ichida yechib olinadi. Bandlangan summaning hammasi yechib olinmagan boʻlsa, qoldiq hisobga qaytariladi. Yechib olinmagan pullarning bloklanish muddati bankingizning ishlash shartlariga bogʻliq.
Agar kartada yetarli mablagʻ boʻlmasa, balans toʻldirilganidan keyin summa avtomatik tarzda yechib olinadi. Safar haqqini toʻliq yechish imkoni boʻlmagan vaqtdan boshlab, mablagʻ bir yil davomida birdaniga yoki qismlarga boʻlib yechib olinishi mumkin.
Toʻlov usulini naqd pulga oʻzgartirish
Agar safar davomida kartangizdan pul yechib olish imkoni boʻlmasa, toʻlov usuli avtomatik tarzda naqd pulga oʻzgartiriladi. Toʻlov usuli oʻzgargani haqidagi axborot push-bildirishnoma orqali yuboriladi. Telefon sozlamalarida Push-bildirishnomalarga ruxsat berilgan ekanligiga amin boʻling.