Nega taom moderatsiyadan oʻtmayapti
Pozitsiya rad etilsa, uning oldida qizil undov belgisi paydo boʻladi. Taom nega qabul qilinmaganini bilish uchun pozitsiya oldidagi
Rad etish sabablari:
Tarkibida qanday goʻsht va dengiz mahsulotlari borligini ayting
- Taom tavsifida uning tarkibiga qanday goʻsht va dengiz mahsulotlari kirishi aniq koʻrsatilishi kerak. Masalan: “Dengiz mashulotlaridan shoʻrva”. Tarkibi: midiyalar, qirol qisqichbaqalari, marinadlangan sakkizoyoq, bulyon, kartoshka, sabzi, tuz.
Masalliqlarni sanab oʻting
- Hech boʻlmasa asosiy masalliqlarni koʻrsatish kerak, shuningdek, agar nostandart boʻlsa, tayyorlash va taqdim etish uslubini ham yozing. Masalan: “Lososli poke”. Tarkibi: guruch, avokado, losos. Banan yaprogʻida beriladi.
Taom masalliqlari yetishmayapti
- Taom nomiga koʻra, uning tarkibidagi hamma masalliqlar koʻrsatilmagan – baʼzida uning borligi juda muhim. Masalan: “Oʻrdak goʻshtli osh”. Tarkibi: guruch, oʻrdak goʻshti, sabzi, piyoz.
Tanlash uchun opsiya guruhi yoki assortimentini belgilang
- Foydalanuvchi muhimini tanlay olishi uchun opsiyalarda barcha ehtimoliy taom variantlarini keltiring. Masalan: “Rich sharbati”. Opsiya guruhi: tanlash uchun taʼm. Opsiyalari: apelsin, olma, ananas.
Sonini donalab kiriting
- Bir porsiyaga aynan nechta dona pozitsiyasi kirishini ayting. Masalan: “Tovuqli naggetslar” (5 dona).
Tayyorlash vaqti juda uzoq
-
Biz taom foydalanuvchiga chiroyli va issiq tarzda kelishiga harakat qilamiz – xuddi hozirgina tayyorlanganidek. Shuning uchun ham uzoq vaqt tayyorlanadigan taomni yetkazish menyusiga qoʻshmaslik kerak.
Yandex Eats ishlayotgan koʻpchilik restoranlar uchun maksimal taom tayyorlash vaqti – 45 daqiqagacha, pirog va pishiriqlarga ixtisoslashgan restoranlar uchun – 60 daqiqa. Oldindan buyurtma bilan tayyorlanadigan taomlarni ham menyuga qoʻshmaslik kerak.
Menyuga talablar haqida batafsil.
Taomni vazni boʻyicha qoʻshish mumkin emas
-
Yetkazish menyusiga taomni vazni boʻyicha qoʻshib boʻlmaydi, lekin belgilangan vazn boʻyicha bir nechta variantlar kiritish mumkin. Masalan: “Sezar salati” (150 gramm), “Sezar salati” (300 gramm).
Menyuga talablar haqida batafsil.
Yetkazish uchun mos emas
-
Bu pozitsiya Yandex Eats kuryer hamkorlari yetkazishi uchun mos kelmaydi.
Menyuga talablar haqida batafsil.
Energetik ichimliklar va alkogol yetkazish taqiqlangan
- Shahringizda energetik ichimliklar va alkogol yetkazish qonunan taqiqlangan.
Kinoyali yoki haddan tashqari provokatsion nom
- Biz kinoyali yoki haddan tashqari provokatsion nomga yoʻl qoʻymaymiz, chunki Yandex Eatsʼdan bolalar va oʻsmirlar ham foydalanishi mumkin.
Bu aksiya boʻyicha taom — alohida ariza toʻldirish kerak
-
Aksiya takliflari uchun foydalanuvchilarning eʼtiborini sizning menyungizdagi alohida taomlarga qaratadigan mexanizmdan foydalanamiz.
Arizani shaxsiy kabinet orqali toʻldirish mumkin → Yordam boʻlimi → Hamkorlik va tanituv → Aksiyalar.
Aksiyalar haqida batafsil Aksiyalar maqolasida oʻqing.
Diametr yoki hajmini koʻrsating
- Yandex Eats hamkor kuryerlari sumkasiga sigʻishini bilishimiz uchun pitsa va piroglar tavsifida ularning hajmi santimetrda koʻrsatilishi kerak. Yumaloq pitsa va piroglarning diametrini oʻlchang. Kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak yoki uchburchak uchun – eng uzun tomoni uzunligi. Masalan: “Margarita pitsasi” (30 sm).
Toʻplamga kiruvni taomlar nomini sanang
- Kombo, lanchlar va boshqa toʻplamlar uchun unga kiruvchi pozitsiyalarning toʻliq tarkibi koʻrsatilishi kerak. Masalan: “Chizkeyklar toʻplami”. Tarkibi: limonli chizkeyk (1 dona), Nyu-York chizkeyki (1 dona), malinali chizkeyk (1 dona).
Yetkazishga mos kelmaydi: muzqaymoqli taomlarni qoʻsha olmaymiz
-
Yandex Eats hamkor kuryerlari orqali muzqaymoq yetkazish uchun maxsus qadoqlarni xarid qilishingiz kerak:
- zich qadoqlash – qopqoqli yopiq idish yoki penoplastdan tayyorlangan maxsus quti;
- qopqoqni mahkamlab yopish;
- yopiq idish kamida ikki qatlamli boʻlishi kerak – agar u kartondan boʻlsa.
Agar sizda shunday idish boʻlsa, vendor-uz@eats.yandex.com manziliga yozing va xatga idish rasmini ilova qiling. Agar idish yoʻq boʻlsa, yetkazish uchun mos keladiganini xarid qiling – keyin bizga uning rasmini yuboring.
Yetkazishga mos kelmaydi: issiq ichimliklarni qoʻsha olmaymiz
-
Issiq ichimlik restoraningizdan yetkazish jarayonida kerakli haroratni saqlamaydi. Yandex Eats hamkor kuryerlari orqali issiq ichimliklarni yetkazish uchun:
-
Foydalanuvchilar ichimlikni buzilmagan va kerakli haroratda olishi uchun restoraningizdan yetkazish hududi radiusini 1,2 kilometrgacha kamaytiring.
-
Yetkazish uchun tegishli talablarga mos qadoqlarini sotib oling:
- stakan ushlagichining mavjudligi;
- ichgich va teshiklarsiz qopqoqning mavjudligi – yoki yopishtirilgan ichgich bilan;
- qopqoq stakanga mahkam joylashadi;
- stakan kamida ikki qatlamli.
Yetkazish radiusini kamaytirishga rozi boʻlsangiz, vendor-uz@eats.yandex.com manziliga yozing – uni restoraningizdan hamma buyurtmalar uchun oʻzgartiramiz. Agar sizda kerakli qadoq boʻlsa, javob xatida uning rasmini ilova qiling. Agar idish yoʻq boʻlsa, yetkazish uchun mos keladiganini xarid qiling – keyin bizga uning rasmini yuboring.
-
Suv gazlangan yoki gazlanmaganini aniqlang
- Suv gazlangan yoki gazlanmaganini nomida yoki tavsifida koʻrsatish mumkin. Agar ikkala variant ham boʻlsa – pozitsiyaga opsiya guruhini qoʻshing va “Gazli” va “Gazsiz” deb koʻrsating.
Ichimlik ishlab chiqaruvchisi haqida axborotni aniqlang
- Ichimlik nomi yoki tavsifidan foydalanuvchiga ichimlik qaysi brend ostida sotilishi – uchinchi tomon ishlab chiqaruvchisi yoki restoranning oʻz mahsuloti ekani aniq boʻlishi kerak.
Mahsulot haqida axborotni toʻldiring
-
Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasiga muvofiq nooziq-ovqat mahsulotlarni koʻrsatish lozim:
- asosiy isteʼmol xususiyatlari;
- sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchining toʻliq firma nomi;
- sotuvchining manzili (joylashgan oʻrni);
- tayyorlangan joyi;
- xizmat muddati;
- amal qilish muddati va kafolat muddati, agar mavjud boʻlsa.
Masalan: “Qogʻoz stakanlar”. Tavsifi: “Bayram” qogʻoz stakanlari (6 dona). Ishlab chiqaruvchi: Kompaniya MCHJ, Oʻzbekiston, Toshkent, Nurafshon koʻchasi, 1. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan. Saqlash muddati cheklanmagan.