Menyu qanday yuklanadi
Menyuga oʻzgartirish kiritishdan avval menyu boʻyicha asosiy talablar va tavsiyalar bilan tanishing. Bu foydalanuvchilar uchun sifatli va tushunarli menyu yaratishingizga yordamlashadi, shuningdek, moderatsiyadan keyin taomlarni rad etishdan saqlanish imkonini beradi.
Menyuga taomlarni yuklash uchun:
-
Menyu boʻlimi ni oching va restoranni tanlang.
-
Turkum qoʻshishni bosing.
-
Taomlar turkumida yangisini yarating va Saqlash tugmasini bosing — uchtagacha turkum yaratish mumkin.
Turkum yaratish qoidalari:
- turkumda kamida bitta pozitsiya boʻlishi kerak;
- turkum nomi unikal boʻlishi kerak;
- turkum nomida raqamlar, harflar, vergul, chiziqcha va № boʻlishi mumkin;
- turkum 3–80 belgidan iborat boʻlishi mumkin.
Turkumlar menyuni ajratishga yordam beradi – kerakli turkumlar sonini kiriting, lekin 10 tadan oshmasin.
-
Turkumni tanlang va Pozitsiyani qoʻshishni bosing.
-
Taom opsiyalarini toʻldiring:
- nomi;
- tavsifi;
- suratlar;
- vazni;
- narxi;
- QQS %, agar soliqqa tortiladigan boʻlsa;
- kaloriya, oqsillar, yogʻlar va uglevodlar.
-
Ayrim taomlar uchun bir qancha opsiyalar kiritsangiz boʻladi: masalliqlar, souslar, qoʻshimchalar va boshqalar.
Opsiya yaratish qoidalari:
- foydalanuvchi tanlashi majburiy boʻlgan opsiya yaratishni xohlasangiz — Tanlash majburiy bandini belgilang;
- opsiyalar pulli yoki bepul boʻlishi mumkin.
-
Saqlash tugmasini bosing.
Shu tarzda kerakli taomlar sonini kiriting.