Страхование поездок/Safarlarni sug'urta qilish

Страхование поездок Safarlarni sug'urta qilish
Это краткие условия базовой и расширенной программ страхования при поездках на СИМ, арендованных через сервис «Самокаты Яндекс Go». Обе программы доступны пользователям от 18 лет и старше. Также вы можете изучить памятку от «ИНГО-УЗБЕКИСТАН». Bu "Yandex Go Samokatlari" servisi orqali ijaraga olingan IHV (individual mobillik vositalari) da yurish paytida asosiy va kengaytirilgan sug'urta qilish dasturlarining qisqacha shartlari. Ikkala dasturdan ham 18 yosh va undan katta foydalanuvchilar foydalanishlari mumkin. Shuningdek, siz “INGO-UZBEKISTAN” dan eslatmani o'rganishingiz mumkin.
— Страховка, как и поездки на СИМ, доступна только для пользователей 18 лет и старше. — Sug‘urtadan ham, xuddi IHV da yurish kabi, faqat 18 yosh va undan katta foydalanuvchilar foydalanishlari mumkin.
— Яндекс Go — информационный сервис. Прикрепление к договору страхования осуществляется Партнерами. — Yandex Go - axborot servisi. Sug'urta shartnomasiga bog‘lash hamkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
— Исполнение договора страхования осуществляется: — Sug'urta qilish shartnomasini bajaruvchi:
Страховым Акционерным Обществом «ИНГО-УЗБЕКИСТАН», ИНН: 205349283, Лицензия Агентства по развитию страхового рынка при Министерстве финансов Республики Узбекистан №035528 от «30» марта 2018 года (порядковый номер лицензии в реестре SF00229), сайт: https://ingo.uz “INGO-UZBEKISTAN” Sug‘urta aksiyadorlik jamiyati, STIR: 205349283, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining 2018-yil 30-martdagi 035528-son litsenziyasi (litsenziyaning reyestrdagi tartib raqami SF00229), sayt: https://ingo.uz
Как работает страхование поездок Safarlarni sug'urta qilish qanday ishlaydi
Страхование действует с того момента, когда пользователь нажмет кнопку «Начать поездку», и заканчивается после нажатия кнопки «Завершить поездку». Sug'urta foydalanuvchi "Safarni boshlash" tugmasini bosgan paytdan boshlab amal qiladi va foydalanuvchi "Safarni tugatish" tugmasini bosgandan keyin tugaydi.
Сервис также может завершить поездку по своей инициативе — например, если самокат долгое время был без движения или через службу поддержки из-за проблем с устройством пользователя. Servis shuningdek safarni o'z tashabbusi bilan ham tugatishi mumkin - masalan, agar samokat uzoq vaqt harakatlanmay qolgan bo'lsa yoki foydalanuvchining qurilmasidagi muammolar tufayli qo’llab-quvvatlash xizmati orqali.
Страхование действует не более пяти часов подряд с момента нажатия кнопки «Начать поездку». Sug'urta "Safarni boshlash" tugmasini bosgan paytdan boshlab ketma-ket besh soatdan ko'p bo'lmagan vaqt mobaynida amal qiladi.
Территорией страхования является территория использования СИМ, определенная в рамках Соглашения, заключенного в соответствии с Условиями использования сервиса «Самокаты Яндекс Go». Не является территорией страхования территория, не предназначенная для движения СИМ в соответствие с Правилами дорожного движения и Условиями использования сервиса «Самокаты Яндекс Go». "Yandex Go Samokatlari" servisidan foydalanish shartlariga muvofiq tuzilgan Kelishuv doirasida belgilangan IHV dan foydalanish hududi sug'urta hududi bo'lib hisoblanadi. Yo'l harakati qoidalari va "Yandex Go Samokatlari" Servisidan foydalanish shartlariga muvofiq IHV da harakatlanish uchun mo'ljallanmagan hudud sug'urta hududi bo'lib hisoblanmaydi.
Какие риски застрахованы Sug'urta qilingan xatarlar

Базовая страховка покрывает:

  • причинение вреда жизни и здоровью пользователя СИМ в результате падения;
  • причинение пользователем СИМ вреда жизни и здоровью третьих лиц;
  • причинения пользователем СИМ вреда жизни или здоровью домашнего питомца (собаки или кошки), выгуливаемого третьим лицом.

Asosiy sug'urta quyidagilarni qoplaydi:

  • yiqilish natijasida IHV foydalanuvchisining hayoti va sog'lig'iga zarar yetishi;
  • IHV foydalanuvchisi tomonidan uchinchi shaxslarning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilishi;
  • IHV foydalanuvchisi tomonidan uchinchi shaxs sayr qildirayotgan uy hayvonining (it yoki mushuk) hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilishi.

Расширенная страховка включает всё, что есть в базовой, и дополнительно покрывает:

  • повреждение мобильной электроники* пользователя СИМ от падения;
  • причинение вреда имуществу** третьих лиц.

*Под мобильной электроникой подразумевается закрытый перечень устройств (см. подробнее ниже в разделе про мобильную электронику).

** Под имуществом в рамках расширенной программы страхования гражданской ответственности перед третьими лицами понимаются домашние животные третьих лиц (а именно собаки и кошки), а также любое движимое и недвижимое имущество третьих лиц, за исключением:

  • Предметов одежды, обуви и аксессуаров (ювелирные украшения, бижутерия, сумки, часы, зонты, очки), продуктов питания, напитков, табачных изделий (включая электронные сигареты, POD-системы, системы нагревания табака), медикаментов, косметики, денежных средств.
  • Мобильной электроники (смартфоны, планшеты, фото- и видеоаппаратура, ноутбуки, макбуки, смарт-часы фирмы Apple, Samsung, Huawei), с даты начала производства которой на момент страхового случая прошло более пяти лет.

Kengaytirilgan sug'urta asosiy sug'urtaga kiritilgan barcha narsalarni o'z ichiga oladi va qo'shimcha ravishda quyidagilarni qoplaydi:

  • yiqilib tushishi oqibatida IHV foydalanuvchisi mobil elektronikasining* buzilishi;
  • uchinchi shaxslarning mulkiga** zarar yetkazilishi.

*Mobil elektronika deganda qurilmalarning yopiq ro‘yxati ko‘zda tutiladi (batafsil ma’lumot uchun quyida mobil elektronika haqidagi bo‘limda qar.).

** Uchinchi shaxslar oldidagi fuqaroviy javobgarlikni kengaytirilgan sug'urta qilish dasturi doirasida mulk deganda uchinchi shaxslarning uy hayvonlari (ya'ni itlar va mushuklar), shuningdek uchinchi shaxslarning har qanday ko'char va ko'chmas mulki tushuniladi, quyidagilar bundan mustasno:

  • Kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar (zargarlik, zeb-ziynat buyumlari, sumkalar, soatlar, soyabonlar, ko'zoynaklar), oziq-ovqat, ichimliklar, tamaki mahsulotlari (shu jumladan elektron sigaretalar, POD tizimlari, tamaki isitish tizimlari), dori-darmonlar, pardoz-andoz buyumlari, pul mablag‘lari.
  • ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab sug'urta hodisasi sodir bo'lgan paytgacha besh yildan ortiq vaqt o'tgan mobil elektronika (smartfonlar, planshetlar, foto va video apparatlar, noutbuklar, makbuklar, Apple, Samsung, Huawei'dan smart soatlari).

Что не входит в страховые программы Nima sug'urta dasturlariga kirmaydi

Страховка не применима к происшествиям, если пользователь нарушил правила пользования СИМ, например:

  • пользователю меньше 18 лет;
  • на одном СИМ ехало больше одного человека;
  • на СИМ перевозили грузы, использовали не по назначению или выезжали за пределы территории аренды;
  • пользователь был в нетрезвом состоянии;
  • пользователь передал управление СИМ кому-то в нетрезвом состоянии;
  • пользователь передал управление СИМ другому лицу без использования Опции Еще один самокат;
  • были грубо нарушены правила дорожного движения и допущены иные нарушения действующего законодательства РФ;
  • умышленное причинение пользователем вреда жизни и здоровью;
  • иные исключения из страхового покрытия (подробно указаны в Условиях и Правилах страхования в части что не является страховым случаем и на что не распространяется ответственность страховщика);
  • при иных нарушениях условий аренды.

Эта памятка не является публичной офертой. Если у вас остались вопросы по программам страхования, обратитесь в службу поддержки.

Agar foydalanuvchi IHV dan foydalanish qoidalarini buzgan bo'lsa, sug'urta bunday hodisalarga qo'llanilmaydi, masalan:

  • foydalanuvchi 18 yoshdan kichik;
  • bitta IHV da bir nechta odam safar qilgan;
  • IHV da yuk tashilgan, undan boshqa maqsadlarda foydalanilgan yoki ijara hududidan tashqariga chiqilgan;
  • foydalanuvchi mast bo'lgan;
  • foydalanuvchi mast holatda IHV boshqaruvini kimgadir topshirgan;
  • foydalanuvchi yana bitta samokat opsiyasidan foydalanmasdan IHV ni boshqarishni boshqa shaxsga topshirgan;
  • yo'l harakati qoidalari qo'pol ravishda buzilgan va Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligining boshqa buzilishlari sodir etilgan;
  • foydalanuvchi hayot va sog'liqqa qasddan zarar yetkazgan;
  • sug'urta qoplamasidan boshqa istisnolar (sug'urta hodisasi hisoblanmaydigan va sug'urtalovchining javobgarligi qo‘llanilmaydigan holatlar to'g'risida Sug'urta shartlari va Qoidalarida batafsil bayon etilgan);
  • ijara shartlarining boshqa buzilishlarida.

Ushbu eslatma ommaviy oferta bo'lib hisoblanmaydi. Agar sizda sug'urta qilish dasturlari haqida savollar bo'lsa, qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Страховые лимиты, сум Sug'urta limitlari, so'm
Базовая Расширенная
В случае травмы (в зависимости от тяжести травм, по таблице травм) до 15 000 000 до 30 000 000
При инвалидности (в зависимости от группы инвалидности) до 100 000 000 до 100 000 000
В случае смерти (получают наследники) 100 000 000 100 000 000
Компенсация повреждений имущества третьего лица (в зависимости от масштаба повреждений и износа имущества) Х до 30 000 000
Компенсация за разбитую мобильную электронику пользователя Х до 15 000 000
Компенсация за разбитую мобильную электронику третьего лица Х до 15 000 000
Выплата третьему лицу в случае травмы (в зависимости от тяжести травм) до 15 000 000 до 30 000 000
Выплата третьему лицу в случае инвалидности и/или смерти до 100 000 000 до 100 000 000
Выплата владельцу животного в случае травмы кошки или собаки до 1 500 000 до 15 000 000
Выплата владельцу животного в случае смерти кошки или собаки 1 000 000 1 000 000
Asosiy Kengaytirilgan
Shikastlanganda (jarohatlarning og'irligiga qarab, jarohatlar jadvaliga ko'ra) 15 000 000 gacha 30 000 000 gacha
Nogiron bo'lgan taqdirda (nogironlik guruhiga qarab) 100 000 000 gacha 100 000 000 gacha
O'lim holatida (merosxo'rlar oladi) 100 000 000 100 000 000
Uchinchi shaxslarning mulkiga yetkazilgan zararni qoplash (mulkning shikastlanishi va eskirish ko'lamiga qarab) X 30 000 000 gacha
Foydalanuvchining buzilgan mobil elektronikasi uchun kompensatsiya X 15 000 000 gacha
Uchinchi tomonning buzilgan mobil elektronikasi uchun kompensatsiya X 15 000 000 gacha
Shikastlangan taqdirda uchinchi shaxsga to'lov (jarohatlarning og'irligiga qarab) 15 000 000 gacha 30 000 000 gacha
Nogironlik va/yoki o'lim holatida uchinchi shaxsga to'lov 100 000 000 gacha 100 000 000 gacha
Mushuk yoki it shikastlanganda hayvon egasiga to'lov 1 500 000 gacha 15 000 000 gacha
Mushuk yoki it o'lgan taqdirda hayvon egasiga to'lov 1 000 000 1 000 000
Сколько это стоит Buning narxi qancha

Базовая страховка уже включена во все поездки на СИМ, арендованных с помощью сервиса «Самокат Яндекс Go». Она начинает действовать вместе с началом поездки. Исключение — поездки сервисных служб, осуществляющих замену аккумуляторных батарей.

Стоимость расширенной страховой программы будет указана в приложении перед тем, как вы забронируете СИМ.

Asosiy sug'urta "Yandex Go Samokatlari" servisi yordamida ijaraga olingan IHV dagi barcha safarlarga allaqachon kiritilgan. U safar boshlanishi bilanoq ishlay boshlaydi. Istisno - batareyalarni almashtiradigan servis xizmatlarining safarlari.

Kengaytirilgan sug'urta dasturining narxi IHV ni bron qilishingizdan avval ilovada ko'rsatiladi.

Частые вопросы Tez-tez beriladigan savollar

Базовая VS расширенная?

Базовая страховка является бесплатной для пользователя. Лимит страховых возмещений в расширенной программе страхования выше, чем в базовой страховке и покрывает больше актуальных рисков (например, распространяется на мобильную технику пользователя и защищает в случае, если пользователь случайно повредит чужое имущество).

Asosiy VS kengaytirilganmi?

Asosiy sug'urta foydalanuvchi uchun bepul bo'lib hisoblanadi. Kengaytirilgan sug'urta dasturida sug'urta badallarining limiti asosiy sug'urtaga qaraganda yuqori va ko'proq dolzarb xatarlarni qoplaydi (masalan, u foydalanuvchining mobil texnikasiga nisbatan qo‘llaniladi va foydalanuvchi tasodifan birovning mulkiga zarar yetkazgan taqdirda himoya qiladi).

Что делать на месте происшествия?

Пользователь получил травмы, других пострадавших нет:

  1. Вызовите скорую помощь или доберитесь до травмпункта сами не позже, чем через 24 часа после происшествия.
  2. Попросите указать в документах, что травмы получены именно в результате поездки на СИМ, арендованном с помощью сервиса «Самокаты Яндекс Go».
  3. Сфотографируйте место ДТП, СИМ, полученные травмы.
  4. Напишите в поддержку в Приложении — мы подскажем, что делать дальше и какие документы потребуются для страховой компании.

В аварии пострадал не только пользователь, но и окружающие или их имущество:

  1. При необходимости вызовите скорую помощь и сотрудников органов внутренних дел (телефон 102), обязательно дождитесь их приезда, оформите происшествие документально.
  2. Если можете, сфотографируйте место ДТП, СИМ, полученные травмы.
  3. Напишите в поддержку в Приложении.
  4. Обменяйтесь контактами с теми, кто стал участником происшествия / ДТП, кому был причинён вред.

! В случае столкновения с автомобилем или иным мото/автотранспортным средством — обязательно вызовите сотрудников органов внутренних дел (телефон 102) на место происшествия и оформите столкновение документально;! В случае столкновения с человеком, домашним животным или иным имуществом третьих лиц — вызовите сотрудников органов внутренних дел (телефон 102), оформите происшествие документально;

В аварии пострадали домашние питомцы (кошка или собака) — сообщите владельцу пострадавшего животного, что для получения страховой выплаты необходимо обратиться в ветеринарную клинику не позднее 24 часов с момента происшествия. Клиника должна зафиксировать травмы, полученные животным.

Как оформить документы для страховой компании, если причинён вред третьему лицу или его имуществу (не считая документов от правоохранительных органов)

Вина пользователя очевидна

Сообщите пострадавшему третьему лицу, что ваша ответственность застрахована. Если случай не связан с ДТП с транспортом, заполните два экземпляра акта о происшествии с третьим лицом или его официальным представителем. Можно заполнить его не на месте происшествия, а в течение нескольких дней — это зависит от состояния пострадавших.

Один экземпляр акта нужно сфотографировать, отправить в страховую компанию и обязательно сохранить у себя, а второй̆ отдать пострадавшей̆ стороне.

Если Вы попали в ДТП с автомобилем/мотоциклом — обязательно вызовите УБДД на место происшествия. Страховая компания не будет платить, если ДТП не оформлено официально.

Вина пользователя не очевидна или он не виноват

Не принимайте никаких обвинений, не давайте обещаний относительно возмещения вреда. Вызовите на место происшествия сотрудников правоохранительных органов, чтобы они зафиксировали все обстоятельства происшествия и нанесенного вреда. Для случая ДТП с транспортом вызовите на место происшествия УБДД. Как можно скорее обязательно напишите в поддержку Яндекс.

Вне зависимости от ситуации помните, что страховой компании для урегулирования страхового случая понадобится ваше непосредственное участие как пользователя СИМ. После того как Вам даст контакты страховой компании поддержка Яндекс, Вам надо будет незамедлительно связаться со страховой компанией для получения дальнейших инструкций, в противном случае третье лицо, которому вы причинили вред не сможет рассчитывать на компенсацию.

Не давайте обещаний относительно возмещения вреда и не принимайте письменных обязательств по возмещению вреда, пока страховая компания не разберется в обстоятельствах дела и не сообщит Вам о готовности компенсировать нанесенный вами вред.

Обязательно напишите в поддержку Яндекс о происшествии.

Hodisa sodir bo'lgan joyda nima qilish kerak?

Foydalanuvchi jarohat oldi, boshqa jabrlanuvchilar yo‘q:

  1. Hodisa sodir bo'lganidan keyin 24 soatdan kechiktirmasdan tez yordam chaqiring yoki tez yordam punktiga o'zingiz boring.
  2. Hujjatlarda jarohat aynan "Yandex Go Samokatlari" servisining yordamida ijaraga olingan IHV da safar qilish natijasida olinganligini ko'rsatishlarini so'rang.
  3. Hodisa sodir bo‘lgan joyni, IHV ni va olingan jarohatlarni suratga oling.
  4. Ilovada qo’llab-quvvatlash xizmatiga yozing - biz sizga keyin nima qilish kerakligini va sug'urta kompaniyasiga qanday hujjatlar kerakligini aytib beramiz.

Baxtsiz hodisada nafaqat foydalanuvchi, balki uning atrofidagilar yoki ularning mol-mulki ham zarar ko‘rdi:

  1. Zarur bo'lsa, tez yordam va ichki ishlar xodimlarini chaqiring (102 telefon raqami bo‘yicha), albatta ularning kelishini kuting va hodisani hujjatlar bilan rasmiylashtiring.
  2. Iloji bo'lsa, hodisa joyini, YTH, IHV va olingan jarohatlarni suratga oling.
  3. Ilovada qo’llab-quvvatlash xizmatiga yozing.
  4. Hodisa /YTH ishtirokchisi bo‘lib qolganlar va ziyon yetkazilgan shaxslar bilan aloqa raqamlarini almashining.

! Avtomobil yoki boshqa moto/avtotransport vositasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan taqdirda —hodisa joyiga ichki ishlar organlari xodimlarini (102 telefon raqami bo‘yicha) chaqirishingiz va, to‘qnashuvni hujjatlar bilan rasmiylashtirishingiz shart;! Shaxs, uy hayvonlari yoki uchinchi shaxslarning boshqa mol-mulki bilan to'qnashuv sodir bo'lgan taqdirda — ichki ishlar organlarining xodimlarini (102 telefon raqami bo‘yicha) chaqiring, hodisani hujjatlar bilan rasmiylashtiring;

Baxtsiz hodisada uy hayvonlari (mushuk yoki it) jarohatlangan – shikastlangan hayvonning egasiga sug'urta to'lovini olish uchun hodisa sodir bo'lgan paytdan boshlab 24 soatdan kechiktirmay veterinariya klinikasiga murojaat qilish zarurligini bildiring. Klinika hayvon tomonidan olingan jarohatlarni qayd etishi kerak.

Agar uchinchi shaxsga yoki uning mulkiga zarar yetkazilgan bo'lsa, sug'urta kompaniyasi uchun hujjatlarni qanday rasmiylashtiriladi (huquqni muhofaza qilish organlarining hujjatlarini hisobga olmaganda)

Foydalanuvchining aybi ochiq-oydin

Jabrlangan uchinchi shaxsga sizning javobgarligingiz sug‘urta qilinganini ayting. Agar hodisa transport bilan sodir etilgan yo'l-transport hodisasi bilan bog'liq bo'lmasa, uchinchi shaxs yoki uning rasmiy vakili bilan birga ikki nusxada hodisa haqida dalolatnoma tuzing. Uni hodisa sodir bo'lgan joyda emas, balki bir necha kun ichida to'ldirish mumkin – bu jabrlanuvchilarning ahvoliga bog'liq bo‘ladi.

Dalolatnomaning bir nusxasi suratga olinishi, sug'urta kompaniyasiga yuborilishi va o'zingizda saqlanishi kerak, ikkinchi nusxasi esa jabrlanuvchiga berilishi kerak.

Agar siz avtomobil/mototsikl bilan YTH ga duch kelsangiz– hodisa joyiga yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarini chaqirishingiz shart. Agar YTH rasman hujjatlashtirilmagan bo'lsa, sug'urta kompaniyasi to'lovni amalga oshirmaydi.

Foydalanuvchining aybi aniq emas yoki u aybdor emas

Hech qanday ayblovlarni bo‘yningizga olmang, ziyonni qoplash to‘g‘risida hech qanday va'da bermang. Hodisa sodir bo'lgan joyga huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlarini chaqiring, shunda ular sodir bo'lgan hodisaning barcha holatlarni va yetkazilgan zararni qayd qilishadi. Transport bilan yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan taqdirda, hodisa joyiga yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasining xodimlarini chaqiring. Iloji boricha tezroq Yandex qo’llab-quvvatlash xizmatiga yozishingiz shart.

Vaziyatdan qat'iy nazar, sug'urta kompaniyasi sug'urta hodisasini hal qilishi uchun IHV foydalanuvchisi sifatida sizning bevosita ishtirok etishingiz kerak bo‘lishini unutmang. Yandex qo’llab-quvvatlash xizmati sizga sug'urta kompaniyasining aloqa ma'lumotlarini bergandan so'ng, keyingi ko'rsatmalarni olish uchun darhol sug'urta kompaniyasi bilan bog'lanishingiz kerak bo'ladi, aks holda siz zarar yetkazgan uchinchi shaxs tovon puliga umid qila olmaydi.

Sug'urta kompaniyasi ishning holatlarini oydinlashtirguncha va Siz yetkazgan zararni qoplashga tayyorligini ma'lum qilguncha, zararni qoplash bo'yicha va'da bermang va zararni qoplash bo'yicha yozma majburiyatlarni zimmangizga olmang.

Hodisa haqida albatta Yandex qo’llab-quvvatlash xizmatiga yozing.

Можно ли уехать с места происшествия?

Помните, что если вы уехали с места происшествия, причинив вред другому человеку или его имуществу, без фиксации этого события в правоохранительных органах, то вам может быть отказано в страховой выплате.

Чтобы получить документы, необходимые для страховых выплат при столкновении с автомобилем/мотоциклом/иным автотранспортом, нужно обязательно дождаться сотрудников УБДД. Без этих документов будет невозможно получить компенсацию от страховой компании. Во всех остальных случаях зафиксируйте столкновение с третьим лицом с сотрудниками органов внутренних дел (телефон 102).

Если вы получили тяжёлые травмы и уехали с места аварии на скорой помощи — медики обязаны сами передать в УБДД, что забрали вас. Эту информацию укажут в деле, и вы будете обозначены в протоколе правоохранительных органов как пострадавший. Протокол всегда составляется по результатам разбора происшествия. На основании разбора страховая компания сможет рассмотреть дело о выплате компенсации.

Hodisa joyini tark etish mumkinmi?

Yodda tuting-ki, agar siz boshqa shaxsga yoki uning mulkiga zarar yetkazib, ushbu hodisani huquqni muhofaza qilish organlarida qayd etmasdan turib, hodisa sodir bo‘lgan joyni tark etsangiz, sizga sug'urta to'lovi to‘lash rad etilishi mumkin.

Avtomobil / mototsikl / boshqa transport vositalari bilan to'qnashganda sug'urta to'lovlari uchun zarur bo'lgan hujjatlarni olish uchun yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasining xodimlari yetib kelishi kutish shart. Ushbu hujjatlarsiz sug'urta kompaniyasidan tovon olish mumkin bo'lmaydi. Boshqa barcha holatlarda, uchinchi shaxs bilan to'qnashuvni ichki ishlar xodimlari bilan birga qayd eting (102 telefon raqami bo‘yicha).

Agar siz og‘ir tan jarohati olgan bo'lsangiz va hodisa joyini tez yordam mashinasida tark etgan bo'lsangiz — tibbiyot xodimlarining o'zlari sizni olib ketishganligi haqida yo'l harakati xavfsizligi organiga xabar berishlari shart. Ushbu axborot ishda ko‘rsatiladi va siz huquqni muhofaza qilish organlarining bayonnomasida jabrlanuvchi sifatida ko'rsatilasiz. Bayonnoma har doim hodisani tahlil qilish natijalari asosida tuziladi. Tahlil asosida sug'urta kompaniyasi tovon to'lash bo'yicha ishni ko'rib chiqishi mumkin bo'ladi.

Что будет, если я забронировал самокат для другого человека, и он пострадал?

Через свою учётную запись в Приложении в рамках опции совместных поездок вы можете забронировать до трех СИМ — для себя и ваших друзей. Важно, чтобы все, кто управляет СИМ, были совершеннолетними. Каждая такая поездка будет покрываться базовым страхованием, либо можно приобрести расширенную страховку.

Перед началом поездки расскажите вашим друзьям о правилах безопасности при управлении СИМ и иных ограничениях в использовании СИМ по публичной оферте сервиса «Самокаты Яндекс Go». Ознакомиться с публичной офертой можно в мобильном приложении или здесь https://yandex.com/legal/samokaty_uz.

Agar boshqa birovga samokat buyurtma qilgan bo'lsam va u jarohat olsa nima bo'ladi?

Ilovadagi qayd yozuvingiz orqali, birgalikdagi safarlar opsiyasi doirasida siz o'zingiz va do'stlaringiz uchun uchtagacha IHV bron qilishingiz mumkin. IHV ni boshqaradigan har bir kishi balog‘at yoshiga yetgan bo'lishi muhim. Har bir bunday safar asosiy sug'urta bilan qoplanadi yoki siz kengaytirilgan sug'urtani sotib olishingiz mumkin.

Safarni boshlashdan oldin do'stlaringizga IHV ni boshqarishda xavfsizlik qoidalari va "Yandex Go Samokatlari" servisining ommaviy ofertasi bo‘yicha IHV dan foydalanishdagi boshqa cheklovlar haqida aytib bering. Siz ommaviy oferta bilan ilovada yoki mana bu yerda https://yandex.com/legal/samokaty_uz tanishishingiz mumkin

Что нужно для получения выплаты?

Напишите в поддержку сервиса «Самокаты Яндекс Go» о ДТП или несчастном случае.

Специалист поддержки подскажет вам данные о прикреплении к страховой программе — их нужно будет сообщить страховой компании. Контакты страховой компании подскажет оператор поддержки.

Список документов и данных, которые нужны для получения выплаты, зависит от характера происшествия. Уточнить список документов и последовательность действий можно на сайте страховой компании. В любом случае после обращения в страховую компанию, оператор страховой компании изучит набор документов, который Вы смогли собрать и подскажет вам каких документов не хватает для принятия решения по вашему случаю.

Если в ДТП пострадали третьи лица и вы, как пользователь, являетесь виновником происшествия, нужен заполненный акт о происшествии, ваше заявление в страховую компанию, признание вами вины за событие.

Для случаев ДТП с автотранспортом обязательно понадобятся документы из УБДД.

To'lovni olish uchun nima kerak?

YTH yoki baxtsiz hodisa haqida "Yandex Go Samokatlari" servisining qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.

Qo'llab-quvvatlash xizmatining mutaxassisi sizga sug'urta dasturiga qo'shilish haqidagi ma'lumotlarni aytib beradi – bu haqda sug'urta kompaniyasiga xabar berish kerak bo‘ladi. Qo'llab-quvvatlash operatori sizga sug'urta kompaniyasining aloqa ma'lumotlarini aytib beradi.

To'lovni olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar va ma'lumotlar ro'yxati hodisaning xususiyatiga bog'liq bo‘ladi. Hujjatlar ro'yxati va harakatlar ketma-ketligi haqida batafsil ma'lumotni sug'urta kompaniyasining saytida aniqlashtirish mumkin. Qanday bo'lmasin, sug'urta kompaniyasiga murojaat qilgandan so'ng, sug'urta kompaniyasining operatori Siz to'play olgan hujjatlar to'plamini o'rganadi va sizning ishingiz bo'yicha qaror qabul qilish uchun qaysi hujjatlar yetishmayotganligini aytadi.

Agar YTH da uchinchi shaxslar jabrlangan bo'lsa va siz foydalanuvchi sifatida, hodisada aybdor bo'lsangiz, sizga to'ldirilgan hodisa to'g'risidagi dalolatnoma, sug'urta kompaniyasiga arizangiz va hodisa uchun aybingizni tan olishingiz kerak bo‘ladi.

Avtotransport vositalari bilan sodir bo'lgan YTH uchun sizga Yo'l harakati xavfsizligi Boshqarmasining hujjatlari kerak bo'ladi.

Как определяется размер выплаты при повреждении мобильной электроники?

На какую мобильную электронику распространяется страховка?

Это мобильная электроника, находящаяся в работоспособном состоянии — смартфоны, айфоны, планшеты, айпады, фото- и видеоаппаратура, ноутбуки, макбуки, смарт-часы фирмы Apple, Samsung, Huawei, с даты производства которых на момент страхового случая прошло не более пяти лет.

Если пострадала мобильная электроника пользователя или третьего лица:

В случае повреждения мобильной электроники владельцу необходимо обратиться в страховую компанию. Страховая компания предоставит информацию о том, в какую Сервисную компанию необходимо обратиться для диагностики и принятия решения о дальнейшем проведении ремонта/ выплаты страхового возмещения в пределах установленного лимита (в случае нецелесообразности ремонта).

Если пользователь или третье лицо, чья мобильная электроника пострадала, отказывается обращаться в Сервисную компанию, предложенную страховой компанией, и обращается в стороннюю сервисную компанию, то страховая выплата осуществляется в денежной форме на основании документов, подтверждающих расходы, но не более 2 500 000 сум.

В случае предъявления страховой компании заявления от третьего лица на выплату по нескольким предметам мобильной электроники, поврежденных по вине пользователя, выплата производится только за один предмет мобильной электроники, по усмотрению страховой компании.

Обращаем внимание, что описание выше не является публичной офертой.

Mobil elektronika shikastlanganda to'lov miqdori qanday aniqlanadi?

Qanday mobil elektronikaga sug'urta qo‘llaniladi?

Bular ish holatida bo'lgan mobil elektronika - ishlab chiqarilgan kundan boshlab sug'urta hodisasi sodir bo'lgan paytgacha besh yildan ortiq vaqt o'tmagan smartfonlar, ayfonlar, planshetlar, aypadlarr, foto va video apparatura, noutbuklar, makbuklar, Apple, Samsung, Huawei smart soatlari.

Agar foydalanuvchi yoki uchinchi shaxsning mobil elektronikasi shikastlangan bo'lsa:

Mobil elektronikaga zarar yetkazilgan taqdirda, egasi sug'urta kompaniyasiga murojaat qilishi kerak. Sug'urta kompaniyasi diagnostika va keyingi ta'mirlashni amalga oshirish/ belgilangan limit doirasida sug'urta badalini to'lash (ta'mirlash maqsadga muvofiq bo'lmagan taqdirda) uchun qaysi Servis kompaniyasiga murojaat qilish zarurligi haqida axborot taqdim etadi.

Agar foydalanuvchi yoki mobil elektronikasi shikastlangan uchinchi shaxs sug'urta kompaniyasi tomonidan taklif qilingan Servis kompaniyasiga murojaat qilishdan bosh tortsa va uchinchi tomon Servis kompaniyasiga murojaat qilsa, u holda sug'urta to'lovi pul ko'rinishida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar asosida, lekin 2 500 000 so'mdan ortiq bo‘lmagan summada amalga oshiriladi.

Agar uchinchi shaxs sug'urta kompaniyasiga foydalanuvchining aybi bilan shikastlangan bir nechta mobil elektronika buyumi uchun to'lovni talab qilsa, to'lov sug'urta kompaniyasining ixtiyoriga ko'ra faqat bitta mobil elektronika buyumi uchun amalga oshiriladi.

Yuqoridagi tavsif etilganlar ommaviy oferta bo'lib hisoblanmasligiga e'tiboringizni qaratamiz.