Mobil qurilmalar uchun “Yandex Eats” dasturidan foydalanish bo‘yicha litsenziya kelishuvi

Dasturdan foydalanishdan oldin quyidagi litsenziya kelishuvi shartlari bilan tanishing.

Siz tomoningizdan dasturdan har qanday foydalanish Sizning nomingizdan mazkur litsenziya kelishuvi shartlari to‘liq va so‘zsiz qabul qilinganini anglatadi.

Litsenziya kelishuvi shartlarini to‘liq hajmda qabul qilmasangiz, dasturdan biror maqsadda foydalanish huquqiga ega bo‘lmaysiz.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Litsenziya kelishuvi (“Litsenziya”) “Yandex Eats” dasturidan, Android va iOS versiyalaridan (keyinchalik yuqorida sanalgan istalgan dastur “Dastur” deb nomlanadi) foydalanish shartlarini belgilaydi va Dasturdan foydalanuvchi shaxs (“Foydalanuvchi”) va Dasturga nisbatan alohida huquqlarga egalik qiluvchi (“Huquq egasi”) “Yandex Eats” Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati Xorijiy kompaniyasi, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani ELOBOD MFY CHUST KO‘CHASI 1-UY o‘rtasida imzolandi.

1.2. Dasturni nusxalash, uni mobil qurilmaga o‘rnatish yoki Dasturdan har qanday tarzda foydalanish orqali Foydalanuvchi barcha Litzensiya shartlariga o‘zining to‘liq va so‘zsiz roziligini ifodalaydi.

1.3. Dasturdan faqat mazkur Litsenziya shartlari asosida foydalanishga ruxsat beriladi. Agar Foydalanuvchi Litsenziya shartlarini to‘liq hajmda qabul qilmasa, Foydalanuvchi dasturdan biror maqsadda foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Dasturdan Litsenziyaning biror shartini buzgan (bajarmagan) holda foydalanish taqiqlanadi.

1.4. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Litsenziya shartlaridan shaxsiy tijoriy maqsadlarda foydalanish beg‘araz amalga oshiriladi. Dasturdan faqat Huquq egasi bilan alohida kelishuv asosida mazkur Litsenziyada nazarda tutilmagan shartlar va usullar orqali foydalanish mumkin.

1.5. Dasturdan foydalanish orqali Foydalanuvchi quyidagi hujjatlar mazkur Litsenziyaning ajralmas qismlari hisoblanadi:

shuningdek, shartlari Dasturdan foydalanishga nisbatan to‘liq tatbiq etiladigan “YANDEX” MCHJ hujjatlari (OGRN: 1027700229193),

Ko‘rsatilgan hujjatlar (jumladan, ularning istalgan qismi) Huquq egasi tomonidan biror maxsus bildirishnomasiz o‘zgartirilishi mumkin, hujjatlarning yangi tahriri, agar tahrirning o‘zida boshqacha nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular joylangan lahzadan boshlab kuchga kiradi.

1.6. Mazkur Litsenziya va Dasturdan foydalanish bilan bog‘liq barcha munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasi huquqini qo‘llash amal qiladi va mazkur Litsenziyadan yoki Dasturdan foydalanish naztijasida kelib chiquvchi har qanday e’tiroz va shikoyatlar Huquq egasi joylashgan joy bo‘yicha sudga berilishi va ko‘rib chiqilishi lozim.

1.7. Huquq egasi Foydalanuvchiga mazkur Litsenziyaning rus tilidan boshqa tillarga tarjimasini taqdim qilishi mumkin, biroq rus tilidagi va uning tarjimasida Litsenziya shartlari o‘rtasida ziddiyat bo‘lgan hollarda faqat Litsenziyaning rus tilidagi versiyasi yuridik kuchga ega bo‘ladi.

2. Dasturga nisbatan huquq

2.1. Dasturga nisbatan mutlaq huquq Huquq egasiga tegishli hisoblanadi.

3. Litsenziya

3.1. Huquq egasi Litsenziyaning 5.2.2-bandida nazarda tutilgan holatdan tashqari oddiy (nomutlaq) litsenziya shartlari asosida Foydalanuvchiga Dasturdan O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi usullar bilan Foydalanuvchiga topshirilmaydigan foydalanish huquqini beg‘araz taqdim etadi:

3.1.1. Dasturni Foydalanuvchining mobil qurilma(lari)siga nusxalash va o‘rnatish (ijro etish)ni amalga oshirish uchun uni bevosita funksional maqsadda qo‘llash. Foydalanuvchi Dasturni cheklanmagan miqdorda mobil qurilmalarga o‘rnatishni amalga oshirish huquqiga ega. Mobil qurilmaga o‘rnatayotganda Dasturning har bir nusxasiga Huquq egasiga avtomatik xabar qilinadigan individual raqam biriktiriladi.

3.1.2. Dasturni notijoriy maqsadlarda (beg‘araz) ijro etish va tarqatish.

3.2. Litsenziyaning 5.2.2-bandiga muvofiq Dasturdan foydalanish huquqi Huquq egasi tomonidan oddiy (nomutlaq) litsenziya shartlari asosida Foydalanuvchiga taqdim etiladi. Dasturdan litsenziya asosida foydalanish uchun to‘lov miqdori va tartibi quyidagi manzil bo‘yicha joylangan va Litsenziyaning ajralmas qismi hisoblangan Yandex Eats xizmati https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda Foydalanuvchi bilan kelishuvida belgilanadi.

4. Cheklovlar

4.1. Mazkur Litsenziya yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bevosita nazarda tutilgan hajmlar va usullarda foydalanishdan tashqari Foydalanuvchi Dasturning obyekt kodini o‘zgartirish, dekomplektatsiya qilish, qismlarga ajratish, shifrdan chiqarish va u bilan Dasturda foydalanilgan algoritmlarni realizatsiya qilish haqidagi ma’lumotlarni olish maqsadiga ega boshqa amallarni bajarish, Dastur yordamida hosila asarlar yaratish, shuningdek, Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturdan boshqacha foydalanishni amalga oshirish (amalga oshirishga ruxsat berish) huquqiga ega emas.

4.2. Foydalanuvchi Dasturni tijoriy maqsadlarda, jumladan, dasturiy mahsulotlar majmualari tarkibida, Huquq egasining yozma roziligisizijro qilish va tarqatish huquqiga ega emas (jumladan, to‘lov evaziga).

4.3. Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz Dasturni uni olgan ko‘rinishidan farqli holda tarqatish huquqiga ega emas.

4.4. Dastur quyidagi nom ostida foydalanilishi (jumladan, tarqatilishi) lozim: “Yandex Eats”. Foydalanuvchi Dastur nomini o‘zgartirish, mualliflik huquqi himoyasi belgisini yoki boshqa Huquq egasiga ishoralarni o‘zgartirish va/yoki olib tashlash huquqiga ega emas.

5. Dasturning alohida funksiyalaridan foydalanish shartlari

5.1. Dasturning ayrim funksiyalaridan faqat Internet tarmog‘iga ulanish mavjudligida foydalanish mumkin. Foydalanuvchi bunday foydalanish huquqini o‘z aloqa operatori yoki Internet tarmog‘iga ulanish provayderi shartlari va tariflari bo‘yicha mustaqil qo‘lga kiritadi va to‘laydi.

5.2. Dastur Foydalanuvchiga Yandex Eats xizmati haqidagi, Yandex Eats xizmatida Foydalanuvchini ro‘yxatga olish shartlari haqidagi, shuningdek, Yandex Eats xizmatidan Dasturdan foydalanish paytida Yandex Eats xizmatidagi Foydalanuvchiga berilgan ruxsat darajasiga muvofiq hajmdagi ma’lumotlar bilan tanishish, jumladan, Yandex Eats xizmatida zarur ruxsat darajasi mavjud bo‘lgan taqdirda Yandex Eats xizmati yordamida taom buyurtmasini amalga oshirish imkoniyati, shuningdek, Yandex Eats xizmati Foydalanuvchi bilan kelishuvida nazarda tutilgan boshqa amallarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

5.2.1. Yandex Eats xizmatida joylanadigan restoranlar, do‘konlar va yetkazuvchilarning materiallari va takliflari bilan tanishish.

5.2.2. Yandex Eats xizmati yordamida buyurtmani amalga oshirish.

5.2.3. Yandex Eats xizmati Foydalanuvchi bilan kelishuvida nazarda tutilgan boshqa amallarni amalga oshirish.

5.3. Foydalanuvchi Huquq egasiga Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari Huquq egasi tomonidan qayta ishlanishi, Huquq egasi tomonidan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari Huquq egasining hamkorlari va Huquq egasining affillangan shaxslariga uzatilishi, shuningdek, Huquq egasining hamkorlari va Huquq egasining affillangan shaxslari tomonidan shaxsiy ma’lumotlarning Foydalanuvchiga Yandex Eats xizmati doirasida Foydalanuvchiga xizmatlar ko‘rsatish maqsadida qayta ishlanishiga rozilik bildiradi. Foydalanuvchi tomonidan Dasturdan foydalanilganda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari “Yandex Eats” MCHJ XK (O‘zbekiston) va Huquq egasining affillangan shaxslariga uzatiladi, Yandex Eats xizmati doirasida Foydalanuvchiga xizmatlar ko‘rsatish, quyidagi manzil orqali tanishish mumkin bo‘lgan Maxfiylik siyosatida belgilangan shartlar va maqsadlar asosida qayta ishlash uchun bunday qayta ishlash talab qilinadi: https://yandex.uz/legal/confidential/.

5.4. Dastur Foydalanuvchiga Yandex Eats xizmati haqidagi, Yandex Eats xizmatida Foydalanuvchini ro‘yxatga olish shartlari haqidagi, shuningdek, Yandex Eats xizmatidan Dasturdan foydalanish paytida Yandex Eats xizmatidagi Foydalanuvchiga berilgan ruxsat darajasiga muvofiq hajmdagi ma’lumotlar bilan tanishish, jumladan, Yandex Eats xizmatida zarur ruxsat darajasi mavjud bo‘lgan taqdirda Yandex Eats xizmati yordamida taom buyurtmasini amalga oshirish imkoniyati, shuningdek, Yandex Eats xizmati Foydalanuvchi bilan kelishuvida nazarda tutilgan boshqa amallarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

5.5. Foydalanuvchi ushbu orqali Dastur Huquq egasiga Foydalanuvchining GPS qurilma orqali olingan aniq joylashuvi va harakatlanish parametrlari va/yoki sim-kartasi Foydalanuvchining mobil qurilmasida ayni paytda ishlatilayotgan faol uyali aloqa operatori orqali aniqlangan Foydalanuvchining taxminiy joylashuvi haqidagi ma’lumotlarini uzatishi haqida xabardor qilinadi va rozilik bildiradi.

6. Litsenziya bo‘yicha majburiyat

6.1. Dastur “qanday bo‘lsa, shundayligicha” (as is) shartlarida taqdim etiladi. Huquq egasi Dasturning yoki uning alohida tarkibiy qismlari va/yoki funksiyalari xatosiz va uzluksiz ishlashi, Dastur Foydalanuvchining muayyan maqsadlari va kutilgan natijalariga muvofiqligiga nisbatan hech qanday kafolat taqdim qilmaydi, shuningdek, mazkur Litsenziyada bevosita ko‘rsatilmagan boshqa hech qanday kafolatni taqdim qilmaydi.

6.2. Huquq egasi Dasturdan qandaydir foydalanish yoki foydalanish imkoniyatining yo‘qligining qandaydir bevosita yoki bilvosita oqibatlari va/yoki Dastur yoki uning alohida tarkibiy qismlari va/yoki funksiyalaridan qandaydir foydalanish, foydalanmaslik yoki foydalanish imkoniyatining yo‘qligi natijasida, jumladan, qonunchilikda bevosita nazarda tutilgan holatlardan tashqari Dasturning ishlashidagi ehtimoliy xatoliklar va uzilishlar sababli Foydalanuvchi va/yoki uchinchi tomonga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

6.3. Dasturdan foydalanish/foydalanish imkoniyatining yo‘qligi bilan bog‘liq barcha savollar va e’tirozlar, shuningdek, Dastur tomonidan qonunchilik va/yoki uchinchi shaxslar huquqlarining buzilishi quyidagi manzil orqali yo‘naltirilishi lozim: love@eda.yandex.ru.

7. Dasturni yangilash/yangi versiyalar

7.1. Mazkur Litsenziya ta’siri barcha kelgusi Dasturni yangilash/yangi versiyalarga tatbiq qilinadi. Agar Dasturni yangilash/yangi versiyalarni o‘rnatish boshqa litsenziya kelishuvi bilan mustahkamlanmagan bo‘lsa, Dasturni yangilash/yangi versiyalarni o‘rnatishga rozilik bildirish orqali Foydalanuvchi Dasturni tegishli yangilash/yangi versiyalar bo‘yicha Mazkur Litsenziya shartlarini qabul qiladi.

8. Mazkur Litsenziya shartlarini o‘zgartirish

8.1. Mazkur litsenziya kelishuvi Huquq egasi tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin. Mazkur Litsenziya shartlariga kiritilgan o‘zgarishlar haqida Foydalanuvchi uchun bildirishnoma quyidagi sahifaga joylanadi: https://yandex.com/legal/license_eda_uz. Litsenziya kelishuvi shartlaridagi ko‘rsatilgan o‘zgarishlar, agar tegishli postda boshqacha aytilmagan bo‘lsa, ular joylangan sanadan boshlab kuchga kiradi.

Firma nomia: “YANDEX EATS” MCHJ XK

Tashkiliy-huquqiy shakli: Mas’uliyati cheklangan jamiyat xorijiy kompaniya

Joylashgan joyi: TOSHKENT SHAHRI, MIRZO ULUG‘BEK TUMANI, ELOBOD MFY, CHUST KO‘CHASI, 1-UY

Ro‘yxatga olish raqami 2059526

Chop etilgan sana: 08.02.2023