Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda  “Maxfiylik siyosati”) ma’lumotlar subyektlariga Yandeks (keyingi o‘rinlarda “Yandeks Reklamasi” yoki “biz”, “bizni” yoki “bizning”) tomonidan ularning shaxsiy ma’lumotlarini (ularga taalluqli har qanday axborotni) qayta ishlash haqidagi axborotning taqdim etilishi uchun ishlab chiqilgan.

Yandeks Reklamasi reklama beruvchilarga (keyingi o‘rinlarda –“Reklama beruvchilar”) o‘z mahsulot va xizmatlarini ilgari surishga yordam ko‘rsatadi. Biz buni Reklama beruvchilarga auditoriyaga, shu jumladan hamkorlarimizning (keyingi o‘rinlarda – “Noshirlar”) veb-saytlari, mobil ilovalari va Smart TV uchun ilovalari, shuningdek o‘zimizning veb-saytlarimiz va servislarimizga kirish huquqini taqdim etish orqali amalga oshiramiz. Noshirlarimiz reklama ko‘rsatishdan, Reklama beruvchilar esa –  trafik va buyurtmachilar oqimidan daromad oladi. Biz talab va taklif tomonidagi platformalar kabi boshqa hamkorlar bilan ham hamkorlik qilishimiz mumkin. Reklama beruvchilar, Noshirlar va boshqa hamkorlar birgalikda “Hamkorlar” deb ataladi.

Ushbu Maxfiylik siyosati muhim axborotni, xususan, shaxsiy ma’lumotlaringizning to‘planishi va ishlatilishi; ushbu ma’lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari; ushbu shaxsiy ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi va Yandeks Reklamasi tomonidan cookie fayllardan foydalanilishi haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Maxfiylik siyosati https://ads.yandex.com veb-saytimiz va boshqa Yandeks Reklamasi veb-saytlari (“Veb-sayt”) tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga ham qo‘llaniladi.

Ushbu Maxfiylik siyosati siz yashaydigan mamlakatda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga asoslanadi.

1. Nazoratchi

Ushbu Maxfiylik siyosati shaxsiy ma’lumotlaringizga nisbatan ma’lumotlar nazoratchi sifatida ish yuritganimizda qo‘llaniladi. Ushbu Siyosatga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlovchi yuridik shaxs bo‘lib “Eyr Smart Edvertayzing Solushnz FZ-LLS” kompaniyasi hisoblanadi (Air Smart Advertising Solutions FZ-LLC) (4, Internet Siti Roud Al Sufux 2, Dubay, Kommershial Ofis – DiAySi -Bldg 04-101, Kommershial Ofis – DiAySi -Bldg 04-FL1C4 (4, , Internet City Road Al Sufouh 2, Dubai, Commercial Office - DIC-Bldg 04-101, Commercial Office - DIC-Bldg 04-FL1C1)). Yandeks Reklamasi bilan munosabatlaringizning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda, boshqa yuridik shaxs, shu jumladan “Direkt Kursus Teknolodji ElElSi” kompaniyasi (Direct Cursus Technology L.L.C.) (BAA, Dubay, “Sekond” savdo Markazi, Ofislar 5, Blok № FLR06-06.04-1, a/q 29095 (UAE, Dubai, Trade Center Second, The Offices 5, Unit No. FLR06-06.04-1 P.O. Box 29095)) nazoratchi sifatida chiqishi mumkin. Maxfiylik siyosatining 13-bo‘limiga e’tibor bering (Muayyan yurisdiksiyalar uchun qo‘shimcha axborot).

Ma’lumotlar subyektlari ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq o‘z shaxsiy ma’lumotlarining qayta ishlanishi bilan bog‘liq har qanday masala yuzasidan quyidagi usullardan biri orqali biz bilan bog‘lanishlari mumkin:

Elektron pochta orqali: privacy@ads.yandex.com

Pochta orqali: “Eyr Smart Edvertayzing Solushnz FZ-LLS” kompaniyasi: 4, Internet Siti Roud Al Sufux 2, Dubay, Kommershial Ofis – DiAySi -Bldg 04-101, Kommershial Ofis – DiAySi -Bldg 04-FL1C4.

Pochta orqali: “Direkt Kursus Teknolodji ElElSi”  kompaniyasi (BAA, Dubay, “Sekond” savdo Markazi, Ofislar 5, Blok № FLR06-06.04-1, a/q 29095)2. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar toifalari

2. Qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlarning toifalari

Ma’lumotlar subyektlari bilan o‘zaro munosabatimizning holati bilan bog‘liq ravishda quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashimiz mumkin. Quyidagi jadvalda biz qayta ishlaydigan shaxsiy ma’lumotlarning toifalari keltirilgan.

Ma’lumotlarning toifasi

Tavsifi

Reklama beruvchilarning veb-saytlari va mobil ilovalarida to‘planadigan ma’lumotlar

IP-manzil, cookie fayllari, grafik yordamchi tizim (GAID) / reklama beruvchilar uchun  identifikator (IDFA) / yetkazib beruvchilar uchun identifikator (IDFV), qurilma identifikatori, kenglik/uzunlik, mamlakatlarning mobil kodlari (MCC) va mobil aloqa tarmoqlarining kodlari (MNC), uchinchi tomon reklama tizimlari identifikatorlari (Criteo ID, id5 va h.k.z.), Reklama beruvchilar tomonidan bizga uzatiladigan boshqa ma’lumotlar.

Noshirlarning veb-saytlari va mobil ilovalarida to‘planadigan ma’lumotlar

IP-manzil, cookie fayllari, GAID/IDFA/IDFV, qurilma identifikatori va qurilmaning boshqa parametrlari, brauzer va operatsion tizim versiyasi haqida axborot, Internetga ulanish turi, sim-karta ma’lumotlari (mnc, MCC), uchinchi tomon reklama tizimlari identifikatorlari (Criteo ID, id5 va h.k.z.), Noshirlar tomonidan bizga uzatiladigan boshqa ma’lumotlar.

Boshqa hamkorlarimiz tomonidan to‘planadigan ma’lumotlar

IP-manzil, cookie fayllar, GAID/IDFA/IDFV, qurilma identifikatori, kenglik/uzunlik (koordinatalar), SIM-karta ma’lumotlari (MNC, MCC), uchinchi tomon reklama tizimlari identifikatorlari (Criteo ID, id5 va h.k.z.), Hamkorlar tomonidan bizga uzatiladigan boshqa ma’lumotlar.

Veb-saytimiz tomonidan avtomatik tarzda to‘planadigan ma’lumotlar

Cookie fayllari

Hamkorlar bilan shartnomalar tuzish va bajarish uchun zarur ma’lumotlar

Hamkor vakillarining aloqa ma’lumotlari, shu jumladan to‘liq ismi, lavozimi, elektron pochta manzili, telefon raqami, ishonchnoma yoki manfaatlarni ifodalash uchun boshqa qonuniy asos.

3. Qayta ishlashning maqsadlari va huquqiy asoslari

Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat quyida ko‘rsatilgan huquqiy asoslardan biri bor bo‘lganda qayta ishlaymiz:

3.1. Shartnomani bajarish. Biz siz/ kompaniyangiz bilan o‘rtamizdagi shartnomaga muvofiq xizmatlar ko‘rsatish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz mumkin.

3.2. Qonuniy manfaat. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni hisobga olgan holda, zarur va asosli ekanligi sababli Biz (yoki uchinchi tomon) shaxsiy ma’lumotlaringizdan ma’lum tarzda foydalanishdan manfaatdor bo‘lsak, shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz mumkin.

3.3. Rozilik. Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni sizning roziligingiz asosida qayta ishlaymiz.

3.4. Yuridik majburiyatlar. Amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz shart bo‘lgan hollarda.

3.5. Boshqa. Shuningdek, biz qonuniy huquqlarimizni amalga oshirish yoki amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqiy asoslarga ko‘ra ham shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz mumkin.

Quyidagi jadvalda shular ko‘rsatilgan:

  • Yandeks Reklamasi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadi;

  • Amaldagi qonunchilikka muvofiq har bir maqsad uchun Yandex Reklamasining huquqiy asosi;

  • Yandeks Reklamasi har bir maqsad uchun foydalanadigan shaxsiy ma’lumotlar toifalari.

Qayta ishlash maqsadi

Huquqiy asos

Ushbu maqsad uchun foydalaniladigan shaxsiy ma’lumotlar toifalari

Shaxsiylashtirilgan reklamalarni ko‘rsatish

Rozilik

Hamkorlarimiz tomonidan to‘planadigan ma’lumotlar; Veb-saytimiz tomonidan avtomatik ravishda to‘planadigan ma’lumotlar

Shaxsiylashtirılmagan reklamalarni ko‘rsatish

Qonuniy manfaat

Hamkorlarimiz tomonidan to‘planadigan ma’lumotlar; Veb-saytimiz tomonidan avtomatik ravishda to‘planadigan ma’lumotlar

Hamkorlarimizga xizmatlarimizning ko‘rsatilishi, shu jumladan to‘lovlarning amalga oshirilishi uchun

Kelishuv / Qonuniy manfaat

Hamkorlar bilan shartnomalar tuzish va bajarish uchun zarur ma’lumotlar

Xizmatlarimizni sotish, ilgari surish va reklama qilish uchun

Rozilik, qonuniy manfaat

Hamkorlar bilan shartnomalar tuzish va bajarish uchun zarur ma’lumotlar

Xizmatlarimizni takomillashtirish, shu jumladan mashina o‘qish modellarini o‘qitish uchun

Qonuniy manfaat

Barcha ma’lumotlar

Yuridik majburiyatlar va huquqni muhofaza qilish organlarining so‘rovlariga rioya qilish uchun

Qonuniy majburiyat, qonuniy manfaat

Barcha ma’lumotlar

Qonuniy talablarni o‘rnatish, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun

Qonuniy huquqlarni amalga oshirish

Hamkorlar bilan shartnomalar tuzish va bajarish uchun zarur ma’lumotlar

Firibgarlikni aniqlash va oldini olish uchun

Qonuniy manfaat

Barcha ma’lumotlar

Xavfsizlikni ta’minlash uchun

Qonuniy manfaat

Barcha ma’lumotlar

Tadqiqotlar, tanlovlar, so‘rovnomalar o‘tkazish uchun

Kelishuv, Qonuniy manfaat, Rozilik

Hamkorlar bilan shartnomalar tuzish va bajarish uchun zarur ma’lumotlar

Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu Maxfiylik siyosatida ko‘rsatilmagan boshqa maqsadlarda qayta ishlamaymiz.

4. Shaxsiy ma’lumotlarni oluvchilar va manbalari

4.1. Biz ayrim shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi oluvchlarga amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan yoki ruxsat etilgan doirada, va (yoki) ularning qonuniy va asosli so‘rovlariga asosan oshkor qilamiz:

  • Hamkorlarimizga ma’lumotlar subyektlariga reklama ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hajmda;

  • to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarga;

  • Sotish va marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi Hamkorlarga;

  • Statistik va umumlashtirilgan ma’lumotlarni to‘plashda bizga ko‘maklashadigan Hamkorlarga;

  • Xizmatlarimizni taqdim etishda va Maxfiylik siyosatining 3-bo‘limida ko‘rsatilgan boshqa maqsadlarga erishishda boshqa yo‘llar bilan ko‘maklashadigan Hamkorlarga;

  • Yandeks Reklamasi bilan bir xil kompaniyalar guruhiga kiruvchi affillangan shaxslarga;

  • davlat va nazorat qiluvchi organlarga, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlariga, shunday shaxslarning so‘rovlari, tekshiruvlari yoki tergov ishlari munosabati bilan, yoki Yandex Reklamaning qonunchilik va me’yoriy talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun.

4.2. Biz shaxsiy ma’lumotlarni siz bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etgan har qanday axborot orqali yoki uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan axborot orqali olamiz. Quyida sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash usullarimizning ro‘yxati keltirilgan.

Bevosita sizdan olinadigan shaxsiy ma’lumotlar, shu jumladan:

  • Bizning Nashriyotchi yoki Reklama beruvchi (agar bor bo‘lsa)  sifatida ro‘yxatdan o‘tish shakllarimizni to‘ldirganingizda yoki o‘z pasportingiz/shaxsiy guvohnomangizni resurslarimizda sozlaganingizda;

  • Veb-saytimizdan foydalanganingizda;

  • har qanday so‘rov, shikoyat yoki boshqa sabab bilan bizga murojaat qilganingizda.

Boshqa manbalardan to‘planadigan shaxsiy ma’lumotlar, shu jumladan:

  • ruxsat etilgan usulda uchinchi shaxslar, shu jumladan, Hamkorlarimiz orqali;

  • ma’lumotlar subyektlari foydalanayotgan va (yoki) boshqarayotgan yoki nazorat qilayotgan veb-saytlardagi teglar orqali.

5. Uchinchi mamlakatlarga uzatish

Biz ma’lumotlar subyektlarining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi mamlakatlarga, shu jumladan, Rossiya va ma’lumotlarni himoya qilish darajasini siz yashayotgan mamlakatdagi kabi ta’minlamaydigan boshqa uchinchi mamlakatlarga uzatishimiz mumkin. Bunda biz shaxsiy ma’lumotlaringizni tegishli tarzda himoya qilishga qaratilgan xavfsizlik choralari amalga oshirilishini ta’minlaymiz.

Ma’lumotlar subyektlari ushbu Maxfiylik siyosatining 1-bo‘limida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlaridan foydalangan holda so‘rov yuborish orqali Yandeks Reklamasi tomonidan uchinchi mamlakatlarga ma’lumotlarni uzatish mexanizmlari haqida qo‘shimcha axborot  olishlari mumkin.

6. Saqlash muddatlari

Biz shaxsiy ma’lumotlarni, agar amaldagi qonunchilikda aniq muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, ushbu Maxfiylik siyosatining 3-bo‘limida ko‘rsatilgan qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur davr mobaynida saqlaymiz.

Agar Siz qandaydir shaxsiy ma’lumotlarni ma’lumotlar bazalarimizdan o‘chirishni istasangiz, ushbu Maxfiylik siyosatining 1-bo‘limida keltirilgan aloqa ma’lumotlaridan foydalanib, bizga so‘rov yuborish orqali biz bilan bog‘laning.

7. Ma’lumotlar subyektlarining asosiy huquqlari

Quyida keltirilgan jadvalda huquqlaringiz va ularning tavsifi bilan tanishing. Siz kira oladigan shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining huquqlari ro‘yxati Yandeks Reklamasi bilan munosabatlaringizga nisbatan qaysi qonunchilik qo‘llanilishi bilan bog‘liq ravishda farqlanishi mumkin.

Huquq

Tavsif

Kirish huquqi

Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlayotganimiz yoki yo‘qligini tasdiqlashimizni so‘rashingiz mumkin. Bunday holda, siz ushbu shaxsiy ma’lumotlarga kirishingiz va bizdan qayta ishlash bo‘yicha tushuntirish so‘rashingiz mumkin.

Ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish

Siz o‘zingizga aloqador noto‘g‘ri shaxsiy ma’lumotlarni tuzatishimizni so‘rashingiz mumkin. Agar bu qayta ishlash maqsadlariga muvofiq kelsa, siz to‘liq bo‘lmagan yoki noaniq shaxsiy ma’lumotlarni tuzatishimizni so‘rashingiz mumkin.

O‘chirish (“unutilish huquqi”)

Amaldagi qonunchilikka muvofiq bizdan sizga aloqador shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirib tashlashni so‘rashingiz mumkin. Masalan, bu quyidagi hollarda qo‘llaniladi: (1) shaxsiy ma’lumotlar ular qayta ishlangan maqsadlar uchun boshqa kerak bo‘lmasa; (2) siz qayta ishlashga bergan roziligingizni qaytarib olsangiz va qayta ishlash uchun boshqa qonuniy asos mavjud bo‘lmasa; (3) shaxsiy ma’lumotlar noqonuniy tarzda qayta ishlangan bo‘lsa.

Qayta ishlashni cheklash

Siz amaldagi qonunchilikka muvofiq, saqlangan shaxsiy ma’lumotlaringizni kelajakda qayta ishlashni cheklash maqsadida ularni belgilab qo‘yishimizni so‘rashingiz mumkin. Bu quyidagi hollarda qo‘llaniladi: (1) shaxsiy ma’lumotlarning aniqligiga shubha bildirsangiz; (2) shaxsiy ma’lumotlarning qayta ishlanishi noqonuniy bo‘lganda, ulardan foydalanishni cheklashni so‘rasangiz; (3) huquqlaringizni himoya qilish uchun shaxsiy ma’lumotlaringiz zarur bo‘lsa va servislarimizga shaxsiy ma’lumotlar endi kerak bo‘lmasa; (4) biz yoki uchinchi tomonning qonuniy manfaatlariga asoslangan holda qayta ishlashga e’tiroz bildirsangiz.

Qayta ishlashga e’tiroz

Siz istalgan vaqtda o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlarning Yandeks Reklamasi yoki uchinchi tomon qonuniy manfaatlar asosida qayta ishlanishiga o‘z vaziyatingiz bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra e’tiroz bildirishingiz mumkin. Bunday holda, biz shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlamaymiz, biz qayta ishlash uchun sizning manfaatlaringiz, huquqlaringiz va erkinliklaringizdan ustun turadigan ishonchli qonuniy asoslarni taqdim etadigan yoki qonuniy talablarni arz etish, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno.

O‘z huquqlaringizni amalga oshirish uchun ushbu Maxfiylik siyosatining 1-bo‘limida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlaridan foydalangan holda biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

8. Rozilikni qaytarib olish

Agar ma’lumotlarni qayta ishlash rozilikka (yoki ochiqdan-ochiq rozilik) asoslangan bo‘lsa, siz istalgan vaqtda roziligingizni qaytarib olish huquqiga egasiz. Rozilikni qaytarib olish, uni qaytarib olishdan oldingi rozilik asosida ma’lumotlarni qayta ishlashning qonuniyligiga ta’sir qilmaydi. Agar boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lsa, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashni davom ettirishimiz mumkin. Rozilikni qaytarib olish uchun ushbu Maxfiylik siyosatining 1-bo‘limida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlaridan foydalangan holda biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

9. Nazorat organiga shikoyat berish huquqi

Siz o‘z yashash mamlakatingizda ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi nazorat organiga shikoyat berish huquqiga egasiz.

10. Cookie fayllari

Biz cookie fayllaridan sizning onlayn tajribangizni va tarmoqda o‘tkazgan vaqtingizni shaxsiylashtirish va optimallashtirish, shu jumladan xizmatlarimizni umuman yaxshilash uchun foydalanamiz. Cookie fayli – bu sizning qurilmangizga joylashtiriladigan kichik fayl. Cookie fayllari servislarimiz va veb-saytimizning ishlashini ta’minlash uchun biz foydalanadigan axborot fragmentlarini saqlaydi, shuningdek, bizga sizning sozlamalaringizga muvofiq ravishda sizning tajribangizni shaxsiylashtirishga imkon beradi. Ular hech qanday kodni bajara olmaydi va viruslarni o‘z ichiga olmaydi.

Biz quyidagi turdagi cookie fayllaridan foydalanamiz:

Texnik (qat’iyan zarur) cookie fayllari: Ushbu cookie fayllari veb-sayt/ilovaning ishlashi uchun zarur va tizimlarimizda o‘chirib qo‘yilishi mumkin emas. Odatda, ular faqat tashrif buyuruvchilarning, masalan, maxfiylik parametrlarini sozlash, tizimga kirish yoki shakllarni to‘ldirish kabi xizmatlarga so‘rovlari kabi xatti-harakatlariga javoban o‘rnatiladi. Siz brauzeringizni ushbu cookie fayllarini bloklash yoki ular haqida ogohlantirishga sozlashingiz mumkin, ammo bu sayt/ilovaning ba’zi qismlarining noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin. Bu cookie fayllari hech qanday shaxsiy ma’lumotlarni saqlamaydi.

Marketing cookie fayllarii: Marketing cookie fayllarii veb-sayt/ilovaga tashriflarni kuzatish va tegishli reklamalarni ko‘rsatish uchun zarur.

Tahliliy cookie fayllari: Bu cookie fayllari bizga servislarimiz sifatini baholash va yaxshilash uchun tashriflar soni va trafik manbalarini hisoblash imkonini beradi. Ular qaysi sahifalar mashhur va qaysilari mashhur emasligini aniqlashga, shuningdek, tashrif buyuruvchilarning sayt/ilova bo‘ylab harakatlanishini kuzatishga yordam beradi. Agar ushbu cookie fayllari o‘chirilsa, siz kabi foydalanuvchi saytimiz/ilovamizga qachon kirganini bilmaymiz va sayt/ilovaning ishlash unumdorligini kuzata olmaymiz.

Ko‘pchilik brauzerlar sozlamalar orqali cookie fayllarini boshqarish imkonini beradi. Biroq, veb-saytlarning cookie fayllarini o‘rnatish imkoniyatini cheklash foydalanuvchi bilan umumiy o‘zaro aloqani yomonlashtirishi yoki siz foydalanmoqchi bo‘lgan funksiyalarni o‘chirib qo‘yishi mumkin.

Qo‘shimcha axborot olish uchun bizning Cookie fayllaridan foydalanish siyosatimizga qar.

11. Bolalar maxfiyligi

Biz servislarimiz orqali 18 (o‘n sakkiz) yoshdan kichik bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini ongli ravishda yoki bilaturib to‘plamaymiz. Agar sizning yoshingiz 18 (o‘n sakkiz) dan/ yurisdiksiyangizda xizmatlarimizdan foydalanish uchun yetarli deb hisoblangan yoshdan kichik bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishga yoki xizmatlarimizdan (masalan, Nashriyotchi sifatida) foydalanishga urinmang, ota-onangizning zarur roziligisiz bizga hech qanday shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmang. Agar siz ota-ona yoki vasiy bo‘lsangiz va farzandingiz ushbu Maxfiylik siyosatini buzib, bizga shaxsiy ma’lumotlarini berganini bilsangiz, ushbu Maxfiylik siyosatining 1-bo‘limida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlaridan foydalangan holda biz bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz. Agar voyaga yetmagan shaxs bizga shaxsiy ma’lumotlarini berganini yoki biz uning shaxsiy ma’lumotlarini Maxfiylik siyosatini buzgan holda o‘zgacha tarzda qayta ishlayotganimiz bizga ma’lum bo‘lsa, biz bu axborotni o‘chirish uchun zarur choralarini ko‘ramiz.

12. Ushbu Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar

Biz zarur hollarda ushbu Maxfiylik siyosatiga o‘z ixtiyorimizga ko‘ra o‘zgartirishlar kiritishimiz mumkin. Bunday holda, biz ma’lumotlar subyektlarini bu o‘zgarishlar haqida tegishli tarzda xabardor qilishimiz mumkin. Aniq xabarnoma bo‘lmagan taqdirda, ma’lumotlar subyektlari har doim ushbu Maxfiylik siyosatining eng oxirgi aktual versiyasi bilan tanishib chiqishlari mumkin.

13. Ba’zi yurisdiksiyalar uchun qo‘shimcha axborot

Maxfiylik siyosatining ushbu bo‘limi faqat ko‘rsatilgan yurisdiksiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Tafovutlar yuzaga kelgan hollarda, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hollarda ushbu bo‘lim Maxfiylik siyosatining boshqa barcha qismlaridan ustun turadi. Ushbu bo‘limda aniq qoidalar bo‘lmagan hollarda umumiy qoidalar amal qiladi.

TURKIYA

Turkiyaning ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi qo‘llaniladigan foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar nazoratchisi bo‘lib “Buyuk Reklam Chozumleri Limited Shirketi” (Büyük Reklam Çözümleri Limited Şirketi) Halaskargazi Mah. Halaskargazi Shoxk. No:38-66/E 215 xonadon Shishli/ İstanbul (Halaskargazi Mah. Halaskargazi Cd. No:38-66/E İç Kapı No:215 Şişli/ İstanbul) hisoblanadi.

Ma’lumotlar subyektlari ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq o‘z shaxsiy ma’lumotlarining qayta ishlanishi bilan bog‘liq har qanday masala yuzasidan quyidagi usullardan biri orqali biz bilan bog‘lanishlari mumkin:

Elektron pochta orqali: privacy@ads.yandex.com

Pochta orqali: Halaskargazi Mah. Halaskargazi Shoxk. No:38-66/E 215 xonadon Shishli/ İstanbul

Bunday foydalanuvchilar uchun qo‘llaniladigan qonunchilik bo‘lib Turkiya Respublikasining 24.03.2016 yildagi 6698-sonli “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida” qonuni (keyingi o‘rinlarda –Qonun) hisoblanadi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizning Turkiya hududidan tashqariga uzatilishi ushbu Maxfiylik siyosatining shartlari va amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Turkiyaning ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • Shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlanayotganligi yoki yo‘qligini bilish,

  • Shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlanganligi haqida axborot so‘rash,

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizning qayta ishlanish maqsadini va ulardan belgilangan maqsadda foydalanilayotganligi yoki yo‘qligini bilish,

  • Shaxsiy ma’lumotlaringiz mamlakat ichida yoki xorijda uzatilgan uchinchi shaxslar kim ekanligini bilish,

  • Shaxsiy ma’lumotlaringiz to‘liq bo‘lmasa yoki noaniq bo‘lsa, ularni tuzatishni so‘rash,

  • Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan  shartlarga muvofiq shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘chirilishi yoki yo‘q qilinishini so‘rash,

  • Shaxsiy ma’lumotlaringiz uzatilgan uchinchi shaxslarni, yuqorida ko‘rsatilgan huquqlaringizga muvofiq amalga oshirilgan tuzatishlar, o‘chirishlar va yo‘q qilishlar haqida xabardor qilinishini so‘rash,

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizning faqat avtomatlashtirilgan tizimlar tomonidan tahlil qilinishi natijasida sizga nisbatan yuzaga keladigan oqibatlar yuzaga kelishiga e’tiroz bildirish,

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizning noqonuniy qayta ishlanishi natijasida zarar ko‘rgan bo‘lsangiz, zararning qoplanishini talab qilish.

MEKSIKA

Meksika ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi qo‘llaniladigan foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar nazoratchi bo‘lib “Modern Internet Solushnz S. de R.L. de K.V.” (Modern Internet Solutions S. de R.L. de C.V.) kompaniyasi hisoblanadi.

Ma’lumotlar subyektlari ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq o‘z shaxsiy ma’lumotlarining qayta ishlanishi bilan bog‘liq har qanday masala yuzasidan quyidagi usullardan biri orqali biz bilan bog‘lanishlari mumkin:

Elektron pochta orqali: privacy_ads@yango.com

Pochta orqali: 11560, Av. Exersito Nasional 418, 307, Kol. Polanko V Sesyon, Migel Idalgo, Mexiko sh., Meksika (11560, Av. Ejercito Nacional 418, 307, Col. Polanco V Seccion, Miguel Hidalgo, Ciudad de Mexico, Mexico).

Bunday foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan qonunchilik bo‘lib Jismoniy shaxslar egaligidagi shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi Federal qonun (Ley Federal de Datos Personales en Posesión de los Particulares) (keyingi o‘rinlarda - Qonun) va uning me’yoriy hujjatlari hisoblanadi.

Agar ma’lumotlarni qayta ishlashning ayrim turlarida rozilik yagona qonuniy asos bo‘lib hisoblansa, siz bunday rozilikni xizmatlarimizdan foydalanishga rozi bo‘lish orqali berasiz. Bu bilan sizni shundan xabardor qilamizki, va siz bu bilan tasdiqlaysizki, servislarimizdan foydalanishda bizga hech qanday shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha yuridik majburiyatingiz yo‘q va bunday ma’lumotlarni taqdim etish faqat sizning erkin xohish-irodangizga bog‘liq. Biroq, Siz ayrim shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmasangiz, sizga xizmatlarni ko‘rsata olmasligimizni tushunasiz.

Meksikaning ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga ko‘ra sizda quyidagi huquqlar bor: biz o‘zining ma’lumotlarni himoya qilish huquqlaridan, shu jumladan, ARCO huquqlari (kirish (access), tuzatish (rectification), o‘chirish (cancellation) va e’tiroz bildirish (opposition)) huquqlaridan foydalanishni xohlaydigan foydalanuvchilarimizdan kelgan barcha so‘rovlariga Qonunga muvofiq javob beramiz.

Shuningdek, siz “Axborotdan foydalanish shaffofligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish milliy instituti" (Instituto Nacional de Transparencia Acceso a la Información y Protección de Datos Personales) (INAI) ga shikoyat berish huquqiga egasiz.

BRAZILIYA

Braziliya ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi  qonunchiligi qo‘llaniladigan foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar nazoratchisi bo‘lib “Adtek Solushnz Ltd" (Adtech Solutions Ltda) kompaniyasi hisoblanadi (San-Paulu, San-Paulu shtati, Rua Libero Badaro ko‘chasi, 293, 21-qavat (São Paulo, State of São Paulo, Rua Libero Badaró, 293, 21st floor).

Ma’lumotlar subyektlari ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq o‘z shaxsiy ma’lumotlarining qayta ishlanishi bilan bog‘liq har qanday masala yuzasidan quyidagi usullardan biri orqali biz bilan bog‘lanishlari mumkin:

Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha mansabdor Shaxsning ma’lumotlari: “MATEUS PUPPE SOCYEDADE DE ADVOGADOS” (MATHEUS PUPPE SOCIEDADE DE ADVOGADOS), CNPJ 41.632.008/0001-58, yuridik manzil: Rua Chile 136, 202-xona, CEP 30310670, Belu-Orizonti, Minas-Jerays shtati (Rua Chile 136, sl 202, CEP 30310670, Belo Horizonte-MG).

Elektron pochta orqali: privacy_ads@yango.com

Pochta orqali: San-Paulu, San-Paulu shtati, Rua Libero Badaro, 293, 21-qavat.

Bunday foydalanuvchilarga uchun qo‘llaniladigan qonunchilik bo‘lib Braziliyaning Ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi umumiy qonuni (LGPD), 13709/2018-sonli Federal qonun hisoblanadi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizning Braziliyadan tashqariga uzatilishi ushbu Maxfiylik siyosati va ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi  qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Shaxsiy ma’lumotlaringiz Birlashgan Arab Amirliklariga uzatilishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizni Braziliyadan tashqariga uzatishda, biz uzatish paytida hamda undan keyin huquqlaringizni ta’minlash va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun ushbu Maxfiylik siyosatining 5-bo‘limida keltirilgan zarur tartib-qoidalarga rioya qilamiz.

Braziliya ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • ma’lumotlar nazoratchisi tomonidan ma’lumotlar qayta ishlanganligini tasdiqlash;

  • shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish;

  • to‘liq bo‘lmagan, noaniq yoki eskirgan shaxsiy ma’lumotlarni tuzatish;

  • keraksiz, ortiqcha yoki Braziliya qonunchiligi qoidalarini buzgan holda qayta ishlangan ma’lumotlarni anonimlashtirish, bloklash yoki o‘chirish;

  • tijorat va sanoat sirlarini hisobga olgan holda, Milliy ma’lumotlarni himoya qilish organi (ANPD) qoidalariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rov bo‘yicha ma’lumotlarni boshqa xizmat yoki mahsulotlarni yetkazib beruvchiga o‘tkazish;

  • sizning roziligingiz bilan qayta ishlangan ma’lumotlar subyektining shaxsiy ma’lumotlarini o‘chirish, LGPDning 16-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

  • ushbu Maxfiylik siyosatining 4-bo‘limida tavsiflangani kabi, nazoratchi ma’lumotlardan birgalikda foydalangan davlat va xususiy tashkilotlar haqida axborot olish;

  • rozilik bermaslik imkoniyati va voz kechish oqibatlari to‘g‘risida axborot olish;

  • LGPD 8-moddasining 5-paragrafiga muvofiq rozilikni qaytarib olish.

Shuningdek, siz Milliy ma’lumotlarni himoya qilish organiga (ANPD) shikoyat berish huquqiga egasiz.

CHILI

Chili ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi qo‘llaniladigan foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar nazoratchisi bo‘lib “Modern Didjital Solushnz SpA” (Modern Digital Solutions SpA)  kompaniyasi hisoblanadi (Avenida Kostanera Sur 2730, 1201, Las-Kondes shahar kommunasi, Santyago, Chili) (Avenida Costanera Sur 2730, of 1201, Borough of Las Condes, Santiago, Chile) hisoblanadi.

Ma’lumotlar subyektlari ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq o‘z shaxsiy ma’lumotlarining qayta ishlanishi bilan bog‘liq har qanday masala yuzasidan quyidagi usullardan biri orqali biz bilan bog‘lanishlari mumkin:

Elektron pochta orqali: privacy_ads@yango.com

Pochta orqali: Avenida Kostanera Sur 2730, 1201, Las-Kondes shahar kommunasi, Santyago, Chili

Bunday foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan qonunchilik “Xususiy hayotni himoya qilish to‘g‘risida” 19.628/1999-sonli Qonun (PDPL); “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida” Qonun (21.719-sonli Qonun).

Shaxsiy ma’lumotlaringizning Chilidan tashqariga uzatilishi ushbu Maxfiylik siyosati shartlari va amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Chili ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz: biz o‘zlarining ma’lumotlarni himoya qilish huquqlaridan, shu jumladan  PDPL ga ko‘ra huquqlaridan (ma’lumotlarga kirish, tuzatish, o‘chirish, qayta ishlashni cheklash, qayta ishlashga e’tiroz bildirish) foydalanishni xohlaydigan foydalanuvchilardan keladigan barcha so‘rovlarga Qonunga muvofiq javob beramiz.

QOZOG‘ISTON

Qozog‘iston Respublikasining ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi qo‘llaniladigan foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar operatori bo‘lib “I. Izdeu men Jarnama” MChJ (Y. Izdeu men Jarnama LLP) (Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota sh., Bo‘stondiq tumani, Al-Farobiy shoh ko‘ch., 11/1) hisoblanadi.

Ma’lumotlar subyektlari ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq o‘z shaxsiy ma’lumotlarining qayta ishlanishi bilan bog‘liq har qanday masala yuzasidan quyidagi usullardan biri orqali biz bilan bog‘lanishlari mumkin:

Elektron pochta orqali: privacy_ads@yango.com

Pochta orqali: Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota sh., Bo‘stondiq tumani, Al-Farobiy shoh ko‘ch., 11/1

Bunday foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan qonunchilik bo‘lib Qozog‘iston Respublikasining 2013-yil 21-maydagi 94-V-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar va ularni himoya qilish to‘g‘risida” Qonuni hisoblanadi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizning Qozog‘istondan tashqariga uzatilishi ushbu Maxfiylik siyosati va amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi va siz bizga boshqa yurisdiksiyalarda axborotni shunday uzatish, saqlash va (yoki) qayta ishlash uchun ochiqdan-ochiq va bir ma’noli roziligingizni berasiz.

O‘ZBEKISTON

O‘zbekistonning ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi qo‘llaniladigan foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar nazoratchi bo‘lib “ToshGisTexnologiyalar” MChJ XK (Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2) hisoblanadi.

Ma’lumotlar subyektlari ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq o‘z shaxsiy ma’lumotlarining qayta ishlanishi bilan bog‘liq har qanday masala yuzasidan quyidagi usullardan biri orqali biz bilan bog‘lanishlari mumkin:

Elektron pochta orqali: privacy_ads@yango.com

Pochta orqali: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2.

Bunday foydalanuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan qonunchilik bo‘lib 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” Qonuni qo‘llaniladi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizning O‘zbekistondan tashqariga uzatilishi ushbu Maxfiylik siyosati va amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

AQSh rezidenti bo‘lib hisoblanadigan ma’lumotlar subyektlari uchun xabarnoma

Amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiq siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • Biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy axborotning toifalari to‘g‘risida, shuningdek bunday shaxsiy ma’lumotlarning olinish manbalari, ular uzatiladigan uchinchi shaxslarning maqsadlari va toifalari to‘g‘risida axborot so‘rash;

  • Yiliga ikki martagacha biz to‘plagan, foydalanayotgan, oshkor qilayotgan, sotayotgan va uzatayotgan shaxsiy ma’lumotlaringizning toifalari va aniq fragmentlariga kirishga ruxsat so‘rash;

  • Qo‘llaniladigan qonuniy istisnolarni hisobga olgan holda, shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘chirilishi yoki yo‘q qilinishini so‘rash;

  • Shaxsiy ma’lumotlaringizni yangilash yoki tuzatishni so‘rash;

  • Maqsadli reklama va (yoki) shaxsiy ma’lumotlaringizni sotish yoxud uzatishdan voz kechishni so‘rash;

  • AQShning maxfiylik to‘g‘risida amaldagi qonunlari va me’yoriy hujjatlariga muvofiq sizga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan boshqa huquq va imkoniyatlarni amalga oshirish

Maqsadli reklamadan va (yoki) shaxsiy ma’lumotlaringizni sotish yoxud uzatishdan voz kechish huquqingizdan foydalanish uchun quyidagi sahifalarga tashrif buyurishingiz: https://yastatic.net/pcode-static/resources/135/inapp/optingOutPage/index.html va yo‘riqnomalarga amal qilishingiz mumkin. Sizning voz kechish to‘g‘risidagi qaroringiz muayyan raqamli obyektga, shuningdek siz foydalanayotgan qurilma va brauzerga bog‘liq bo‘lishiga e’tibor bering.

Boshqa huquqlaringizdan foydalanish uchun quyidagi elektron pochta manziliga so‘rov yuborishingiz mumkin: privacy@ads.yandex.com

Nashr qilingan sana: 27.10.2025