O‘zbekiston Respublikasida yetkazib berilishi taqiqlangan jo‘natmalar ro‘yxati

TOVARLAR TOIFASI

TAQIQLANGAN TOVARLAR

TOVAR NAMUNALARI

Portlovchi moddalar

Detonatsiya berish yoki portlash xususiyatiga ega moddalar

Porox, trotil, dinamit, pirotexnika (mushakbozlik vositalari, salutlar, petardalar), signal raketalari, portlovchi kapsulalar

Tez alangalanuvchi gazlar

Odatdagi sharoitlarda oson alangalanuvchi gazlar

Propan, butan, izobutan, atsetilen, metan

Tez alangalanuvchi suyuqliklar

Alangalanish harorati past bo‘lgan suyuqliklar

Benzin, atseton, etanol, metanol, erituvchilar, kerosin

Tez alangalanuvchi qattiq moddalar

O‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega qattiq moddalar

Oq fosfor, magniy, aluminiy kukuni, dirildoq holidagi yondiruvchi modda, kalsiy karbid, termit

Oksidlovchi moddalar

Boshqa moddalarni yondirib yuborish xususiyatiga ega oksidlovchilar

Ammiakli selitra, kalsiy xlorat, kaliy permanganat, ammoniy nitrat, vodorod peroksid (har qanday konsentratsiyada)

Zaharli va yuqumli moddalar

Zaharli moddalar va biologik xavfli materiallar

Simob, pestitsidlar, gerbitsidlar, tibbiy chiqindilar, zaharlar, fenol, sianidlar, antifriz

Chiqindilar

ishlab chiqarish yoki iste’mol jarayonida hosil bo‘lgan xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar)

ishlab chiqarish yoki iste’mol jarayonida hosil bo‘lgan xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar)

Radioaktiv materiallar

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari

Izotoplar, radioaktiv manbalar, uran rudalari, radiy, texnetsiy

Korrozion moddalar

Materiallarning yemirilishini keltirib chiqaruvchi va sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘yuvchi va korrozion moddalar

Sulfat kislota, xlorid kislota, ishqorlar, kislotali akkumulatorlar, ammiak, natriy gidroksid

Xavfli moddalar va buyumlar

Tashish vaqtida xavf tug‘diruvchi materiallar va qurilmalar

o‘z tabiatiga ko‘ra yoki qadog‘i tufayli inson uchun xavf tug‘dirishi, boshqa buyumlar va uskunalarni ifloslantirishi yoki shikastlashi mumkin bo‘lgan narsalar

Litiy batareyalari (qurilmalardan tashqarida), motor moylari, qo‘rg‘oshin-kislotali batareyalar, kimyoviy reaktivlar

antifriz, tormoz suyuqligi, oyna yuvish suyuqligi;

avtomobil kimyoviy mahsulotlari (tozalash va himoya vositalari).

Litsenziyalanishi talab qilinadigan va qilinmaydigan qurol va o‘q-dorilar, shu jumladan o‘qotar va sovuq, sport, pnevmatik va straykbol qurollari,

Barcha turdagi qurollar, o‘q-dorilar, shuningdek o‘zini himoya qilish vositalari, shu jumladan mulyajlar

O‘qotar, pnevmatik, gaz, sovuq, uloqtiruvchi va esdalik uchun qurollar, qalampir va gaz ballonlari, shokerlar, elektroshokerlar va uchqunli razryadlagichlar, taktik ruchkalar, yavarlar, kubotanlar, straykbol  uchun qurol

Narkotik va psixotrop moddalar

Ruhiyatga ta’sir etuvchi nazorat qilinadigan moddalar

Geroin, kokain, LSD, ekstazi, barbituratlar, amfetaminlar

Qimmatbaho metallar va toshlar, zargarlik buyumlari

Qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlar hamda ularni o‘z ichiga olgan buyumlar

Oltin, kumush, platina, palladiy, brilliant, yoqutlar

Moliyaviy vositalar

O‘zbekiston Respublikasi pul mablag‘lari, chet el valyutasi, qimmatli moliyaviy hujjatlar

Muomaladan chiqmagan banknotlar, bank kartalari, qimmatbaho qog‘ozlar, aksiz markalari, lotereya chiptalari

Tirik organizmlar va ov o‘ljalari

Hayvonlar va ularning qismlari, hasharotlar

Hayvonlar, tirik hasharotlar, mo‘ynalar, shoxlar, tuyoqlar

Tez buziladigan tovarlar

Mahsulotlar (faqat “1 kundan boshlab” tarifi uchun)

Hayvon va o‘simliklardan kelib chiqqan har qanday mahsulotlar, shuningdek tashish paytida maxsus harorat sharoitlarini talab qiladigan har qanday oziq-ovqat mahsulotlari

“1 kundan boshlab” tarifi uchun:

Hayvon va o‘simliklardan kelib chiqqan har qanday mahsulotlar, shuningdek, har qanday oziq-ovqat mahsulotlari va hayvonlar uchun ozuqalar

Go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, reza mevalar, qo‘ziqorinlar, ko‘katlar

“1 kundan boshlab” tarifi uchun:

choy, ziravorlar, energetik ichimliklar, sharbatlar

Qurilish va ta’mirlash uchun tovarlar

Qurilish va pardozlash materiallari, lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalar, montaj va izolyatsiya materiallari, sochiluvchi materiallar, pardozlash qoplamalari, biriktiruvchi detallar va metall prokatlar, asbob-uskunalar va jihozlar

sement, qum, shag‘al, gips, quruq aralashmalar; g‘isht, bloklar, plitalar, panellar;

gipsokarton, faner, yog‘och-qipiq plita (DSP), orientlangan qipiq taxtalar (OSB); bo‘yoqlar, emallar, loklar, yog‘ochni bo‘yash vositalari;

gruntovkalar, shpaklyovkalar;

erituvchilar, suyultirgichlar, maxsus tozalovchi moddalar; montaj ko‘piklari, germetiklar, yelimlar;

issiqlik izolyatsiyasi (paxta, penoplast, ekstruziyalangan penopolistirol va boshqalar);

gidroizolyatsiya (ruberoid, mastikalar, membranalar);

dekorativ sochiluvchi materiallar (mayda toshlar, qirindilar); plitka, keramogranit, mozaika;

linoleum, laminat, parket, gilam qoplamasi;

gulqog‘ozlar, dekorativ panellar.

qo‘l asboblari (bolg‘alar, buragichlar, mo‘yqalamlar, valiklar, shpatellar);

elektr asboblar (parmalash moslamalari, perforatorlar, bolgarkalar, shurup buragichlar);

qurilish havozalari, ikki tomonga ochiladigan narvonlar, chelaklar, idishlar

mixlar, o‘zi kesuvchi vintlar, ankerlar, boltlar, gaykalar;

armatura, profillar, burchakliklar.

Inson jasadi va materiallari

Inson asadi, a’zolari va biomateriallari

Xok (jasad kuli) solingan urnalar, a’zolar, qon, to‘qimalar, suyak materiallari, sochlar

Alkogol mahsulotlari

Aksiz markasiga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan spirtli alkogol oziq-ovqat mahsulotlari

Pivo, sharob, aroq, likorlar, viski, konyak

Tamaki va nikotin mahsulotlari

Barcha turdagi tamaki va uning hosilalari, shuningdek elektron sigaretalar va ularga tegishli tovarlar

Sigaretalar, sigarillalar, sigaralar, stiklar, chaynaladigan tamaki, hidlanadigan tamaki, veyplar, nikotinli va nikotinsiz suyuqliklar, xushbo‘ylantiruvchilar, kartridjlar, almashtiriladigan bug‘latgichlar

Tamaki va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va saqlash uchun aksessuarlar

Tamaki va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va saqlash uchun aksessuarlar

Chekish moslamalari, chekish uchun elektron qurilmalar, yoqish anjomlari, filtrlar, gilzalar va qog‘oz, idishlar va g‘iloflar, tamakidonlar, hyumidorlar, portsigarlar, chekish anjomlari uchun maxsus sumkalar va g‘iloflar, trubkalarni tozalash uchun to‘plamlar, cho‘tkalar, qil cho‘tkalar, tamakini joylash va zichlash uchun asboblar.

Hujjatlar, shu jumladan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar

Shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar

Pasportlar, haydovchilik guvohnomalari, harbiy biletlar, chet el pasportlari, yashash guvohnomalari

Diniy ibodat buyumlari

Ibodatda, marosimlarda, duolarda yoki shaxsiy ehtiromda qo‘llaniladigan buyumlar.

Ikonalar, xochlar, xochga mixlangan Iso tasviri

Diniy kitoblar va matnlar

Cherkov va ibodatxona jihozlari: shamlar, shamdonlar, chiroqlar, tutatqilar, qandillar.

Ruhoniylar uchun kiyim-kechaklar va liboslar

Tasbehlar, xushbo‘y tutatqilar, joynamozlar, menorlar, hassalar, qurbonlik idishlari va boshqa diniy atributlar.

Marosim tovarlari

Dafn etish va dafn marosimlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan buyumlar va anjomlar

Tobutlar

Jasad kuli uchun urnalar

Xochlar va qabr toshlari

Yodgorliklar, qabr toshlari, to‘siqlar va qabrlarni obodonlashtirish elementlari.

Dafn gulchambarlari, aza guldastalari, gulchambarlar (sun’iy va tabiiy).

Maxsus o‘ramsiz mo‘rt buyumlar

Butunligini va shikastlamasdan tashilishini ta’minlaydigan o‘ramsiz vazalar, idish-tovoqlar, maishiy buyumlar

O‘z tabiati yoki o‘rami tufayli odamlarga xavf tug‘dirishi, boshqa yuklarni, atrofdagi odamlar yoki narsalarni ifloslantirishi yoki buzishi (shikastlashi) mumkin bo‘lgan buyumlar va moddalar

Antiqa buyumlar va san’at asarlari

Tarixiy, ilmiy yoki madaniy qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar

Antiqiy narsalar, ikonalar (sanamlar) va rasmlar.

Strategik tovarlar va ikki  maqsadli qurilmalar

Eksport nazoratiga olinishi lozim bo‘lgan va harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar

Uchuvchisiz uchish apparatlari, shifrlash qurilmalari, ikki maqsadli uskunalar, yo‘naltirish elementlari

Pornografik tabiatdagi materiallar

Pornografik sahnalarni o‘z ichiga olgan mahsulotlar

Video, audio va bosma materiallar

Fuqarolar yoki davlat manfaatlarini buzadigan materiallar

Fuqarolar va davlat huquqlari yoki manfaatlarini buzadigan mahsulotlar

Video, audio va bosma materiallar

Axloqsiz yoki behayo xarakterdagi narsalar

Qiynoqlar, jarohatlar, maydalangan tanalarning tasvirlari;

Zo‘ravonlik yoki qotillikni ulug‘lovchi materiallar.

Giyohvandlik va ichkilikbozlikni targ‘ib qilish

Giyohvand moddalar iste’molini norma sifatida aks ettiruvchi predmetlar;

suiiste’molga undovchi ramzlar va atributlar.

Irqchilik, ksenofobiya, nafrat

milliy, irqiy, diniy alomatga ko‘ra kamsituvchi materiallar;

ekstremizm bilan bog‘liq ramzlar (masalan, natsizm atributlari).

Diniy tuyg‘ularni haqoratlash

muqaddas joylar yoki marosimlarni masxara qiluvchi buyumlar;

kufrli deb topilgan karikaturalar va tasvirlar.

Axloqqa zid tasvirlar va buyumlar

buzuq odam tanasi ko‘rinishidagi qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar yoki sovg‘alar;

axloqiy qadriyatlarni tahqirlash yoki larzaga solishga mo‘ljallangan buyumlar.

tibbiy, ilmiy yoki ta’lim xarakteriga ega bo‘lmagan jinsiy sahnalarni o‘z ichiga olgan narsalar;

jinsiy maylni qo‘zg‘atuvchi yoki undan foydalanishga qaratilgan materiallar;

buyumlar, materiallar, tasvirlar, audio- yoki video- mahsulotlar

Noaniq xususiyatga ega yuklar

Tarkibi noma’lum yoki shubhali mahsulotlar

Belgilanmagan suyuqliklar, nomsiz kukunlar, tavsifi yo‘q aralashmalar, taralanmagan idishlar

Soxta va qaroqchilik buyumlari

Huquq egasining mutlaq huquqlari (savdo belgisi, patent, mualliflik huquqi) buzilgan holda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan tovarlar.

Mutlaq huquqlarni buzadigan har qanday tovarlar

Tirik o‘simliklar

Tirik o‘simliklar va gullar, ko‘chatlar va urug‘lar

Yangi gullar, xona o‘simliklari, guldastalar, manzarali barglar

O‘zbekiston Respublikasida muomalasi taqiqlangan va cheklangan buyumlar hamda tovarlar

O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan har qanday boshqa narsalar

Tashish uchun maxsus jihozlar talab qilinadigan buyumlar, shu jumladan katta hajmli tovarlar

Tashish uchun maxsus jihozlangan transport vositalari (harorat/namlik/og‘ish/qiyalik/zarba va boshqa datchiklari bor) kerak bo‘ladigan buyumlar

20 kg dan ortiq va/yoki vazn-o‘lcham xususiyatlari bo‘yicha cheklovlardan sezilarli darajada oshib ketadigan tovarlar (tomonlari yig‘indisi ko‘pi bilan 200 sm, tomonlardan biri ko‘pi bilan 150 sm).

Qiyalik va harorat nazoratini talab qiladigan kimyoviy reagentlar, nozik uskunalar, maxsus harorat rejimini talab qiladigan mahsulotlar

Tibbiy buyumlar

Retsept bo‘yicha beriladigan tibbiy preparatlar va dori-darmonlar, shuningdek tashishda alohida harorat sharoitlarini talab qiladigan dorilar.

“1 kundan boshlab” tarifi uchun:

Har qanday dori-darmonlar va tibbiy preparatlar; biologik faol qo‘shimchalar va dorivor o‘tlar.

Antibiotiklar, gormonal preparatlar, kuchli og‘riq qoldiruvchilar, tutqanoqqa qarshi vositalar, antidepressantlar

Jo‘natuvchi va oluvchi bo‘lmagan shaxslar o‘zaro almashinadigan shaxsiy yozishmalar

Jo‘natuvchi va oluvchi bo‘lmagan shaxslar yoki ular bilan birga yashovchi shaxslar o‘zaro almashinadigan joriy va shaxsiy yozishmalar xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar;

Oddiy va buyurtma xatlar, pochta kartochkalari va banderollar

Jadvallardagi misollar faqat qulaylik uchun keltirilgan. Ro‘yxatda aniq bir buyum nomining yo‘qligi, bunday jo‘natmani qabul qilish mumkinligini bildirmaydi. “Tovarlar toifasi” ustunidagi toifa xususiyatlariga mos keladigan barcha narsalar, hatto u narsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, taqiqlangan deb hisoblanadi.

Nashr qilingan sana: 14.11.2025