Buyurtma holatini oʻzgartirib boʻlmayapti

Yetkazish holatlarini har bir bosqichda, yaʼni buyurtmani qabul qilganda, uni yetkazganda, foydalanuvchining oldiga kelganda va buyurtmani topshirganda qayd etib borish lozim.

Agar holatni qayd etish imkonsiz boʻlsa, quyidagilarni sinab koʻring:

  1. Internet va GPS ulanishini tekshiring.
  2. Telefonning tizim sozlamalariga → telefon joylashuvi sozlamalariga kiring → "Yuqori aniqlik" yoki "Barcha manbalar boʻyicha" variantlari yoqilganligini tekshiring.
  3. Telefonni qayta ishga tushiring.