Daromad bo‘limi haqida savolim bor

To‘lov, bonus yoki buyurtma bo‘yicha olinadigan komissiyani ko‘rib chiqish zarur bo‘lsa — buyurtmalar ro‘yxatidan kerakligini tanlang va bu haqida bizga yozing.

Buyurtma uchun to‘lov kelmadi va bunga uch kundan ko‘p bo‘lmadi. Safar amalga oshirilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmagan holda kerakli miqdordagi summani sizga qaytarib beramiz. Buning uchun hech narsa qilishingiz shart emas — uch kundan keyin pul o‘zi keladi. Ba’zida, summaning bir qismi keladi, bu esa qolgan qismi ham kelishidan dalolat beradi.

Buyurtma uchun to‘lov kelmadi va bunga uch kundan ko‘p bo‘ldi. Buyurtma sharhlarida bu haqida bizga yozing — biz bu haqida surishtiramiz.

Komissiya qanday olib tashlanadi. Komissiya — bu har bir buyurtma uchun olinadigan to‘lov bo‘lib, u har bir safar uchun yechib olinadi. Xizmat uchun komissiya va hamkor taksi saroyi komissiyasi mavjud (agar siz kompaniya uchun ishlasangiz). Har bir buyurtma bo‘yicha komissiya yechib olinishi Balansbo‘limida aks ettiriladi.