Yangi buyurtmalar kelmayapti

Buyurtmalarni tizim avtomatik tarzda taqsimlaydi, mutaxassislarimiz ularni mustaqil ravishda tayinlay olmaydi. Bu barcha haydovchilar uchun teng ish shartlarini yaratadi.

Ayrim hollarda buyurtma darrov kelavermaydi. Bu aksariyat hollarda hududda talab juda past ekanligini bildiradi. Agar 20 daqiqadan keyin ham yangi buyurtma kelmasa, quyidagilarni bajaring:

Diagnostika boʻlimini telshiring: buyurtmalarga oid cheklovlar boʻlsa, barcha tafsilotlarni shu yerdan topasiz

– Telefon yoki planshetni qayta ishga tushiring

– Internet aloqasi barqaror ekanligini tekshiring

– Yandex Pro qayta ishga tushiring

Liniyada holatini yoqing

Agar hamma narsa barqaror ishlayotgan boʻlsa, lekin buyurtmalar kelmasa, quyidagi tavsiyalarga diqqatingizni qarating:

– Shahar markaziga yaqinroq boʻling

– Liniyaga tigʻiz soatlarda chiqing: ish kunlari 6:00 dan 10:00 gacha, 17:00 dan 20:00 gacha va dam olish kunlari

– Bir joyda turmang, harakatda boʻling

Band holatiga zarurat yuzaga kelgandagina oʻting

– Xaritadan yuqori talab hududlarini koʻring

– Agar "Uyga" yoki "Ish bilan" rejimlari yoqilgan va faqat bitta toʻlov usuli tanlangan yoki ayrim tariflar oʻchirilgan boʻlsa, buyurtmalar kamroq kelishini inobatga oling

– Hech qanday tavsiyalar ish bermasa – bizga yozing, muammoni birgalikda hal qilamiz.