Nima uchun men bloklanganman

Diagnostika bo‘limiga kiring. Bu yerda ishga to‘sqinlik qilayotgan hamma narsa ko‘rinadi. Agar bloklash bo‘lsa, Siz bloklangansiz yozuvi yonib turadi — o‘sha yerda barcha tafsilotlarni topish mumkin.

Xizmat satandartlariga rioya qilinmasa, bloklash yoqiladi:

Xavfsizlik. Yo‘l harakati qoidalarini buzish, transportni boshqarayotganda telefonga chalg‘ish, boshqa haydovchilar bilan janjallashish hamda mijozlar salomatlik va hayotini xavf ostida qoldirish mumkin emas.

Sifat. Mijozlarga qo‘pol gapirish, buyurtmalar vaqtida tamaki chekish, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, so‘kinish va suhbatlashish mumkin emas.

Agar siz vaqtinchalik bloklashni aniqlagan bo‘lsangiz, u olib tashlanguniga qadar kuting. Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, bloklash ekranida bizga buning sababini yozing. Biz nima uchun bunday bo‘lgani, bloklashni qanday olib tashlash mumkinligi va bunday vaziyatga boshqa tushmaslik haqida so‘zlab beramiz.