Mashinada narsalar esdan chiqdi
Qoldirib ketilgan narsalarni qaytarishning eng tez usuli — haydovchiga qo‘ng‘iroq qilish. Telefon raqami Push-bildirishnomalarda ko‘rsatiladi. Shuningdek, ilovaning Safarlar jurnali bo‘limi orqali haydovchi bilan bog‘lanishingiz mumkin: Qo‘ng‘iroq qilish tugmasi oxirgi safar yakunlangandan keyin 24 soat davomida yoki keyingi safargacha faol bo‘ladi.
Taksiga buyurtma berilgan telefon taksida qolib ketgan bo‘lsa, bu haqida ilovada ko‘rsatilgan e-pochta orqali bizga yozing. Agar pochta bog‘lanmagan bo‘lsa, telefon raqami tiklangandan va tizimda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ilova orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin.
Haydovchilar bilan bog‘lana olmasangiz, bizga yozing.