Bank kartasi bilan to‘lash

Eslatma: Ayrim hududlarda hozircha yo‘l haqini bank kartasi bilan to‘lab bo‘lmaydi.

Yo‘l haqini nafaqat naqd pul bilan, balki bank kartasi bilan ham to‘lash mumkin. iOS (8.0 va undan yangiroq versiya) yoki Android (4.0 va undan yangiroq versiya) uchun mo‘ljallangan ilova orqali buyurtma berilganda karta bilan to‘lash mumkin. Ilovani so‘nggi versiyadagi operatsion tizimiga ega qurilmafa o‘rnatishni tavsiya qilamiz.

Yo‘l haqini naqd pulsiz to‘lash uchun ilovaga 5 tagacha bank kartasini bog‘lashingiz mumkin.

  1.  → To‘lov usullari ilova menyusini oching va Kartani bog‘lashni (yoki Karta qo‘shishni) bosing.
  2. Karta raqami, amal qilish muddati va CVV kodini kiriting. Karta raqamini qo‘lda kiritish yoki smartfon kamerasi yordamida skanerlash mumkin — buning uchun belgisiga bosing.
  3. Kartani bog‘lashni (yoki Kar qo‘shishni) yana bir bor bosing.

Karta turi, bank-emitent va boshqa shartlarga qarab kartani tekshirish quyidagicha usulda amalga oshiriladi:
  • Karta hisobidan kichik summa ushlab qolinadi. Zaxiralangan mablag‘ yechib olinmaydi va tekshiruv yakunlangandan so‘ng, undan yana foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • Sizga kartada zaxiralangan miqdorni ilovaga kiritish taklif qilinishi mumkin. Summa miqdorini SMS-xabar (bankning SMS-banking xizmati yoqilgan bo‘lsa) yoki bank sayti yoki ilovasidagi hisobingiz vipiskasidan bilib olish mumkin.
  • Sizga bank-emitent saytida kartani 3-D Secure tasdiqlanishi bo‘yicha so‘rov kelishi mumkin. Tasdiqlash usuli bankingizga bog‘liq. Tekshiruvdan so‘ng, ilovaga qaytasiz.

Zaxiralash va pulni yechib olish

Buyurtma bajarilgandan so‘ng kartada buyurtmaning yakuniy narxi zaxiralanadi. Ayrim hollardazaxiralash safar vaqtida bo‘laklar bo‘lingan holda amalga oshiriladi.

Pulni yechib olish mablag‘ zaxiralangandan so‘ng 24 soat ichida amalga oshiriladi. Agar zaxiralangan summaning hammasi yechib olinmasa, qoldiq hisobga qaytariladi. Yechib olingan mablag‘larni blokdan chiqarish muddati bankingiz ishlash shartlariga bog‘liq.

Agar kartada mablag‘ yetarli bo‘lmasa, karta balansi to‘ldirilganda yo‘l haqi avtomatik tarzda yechib olinadi. Pulni yechib olish yo‘l haqi to‘liq yechib olinmagan sanadan bir yil davomida bir martada yoki bo‘laklarga bo‘lingan holda amalga oshirilishi mumkin.

To‘lov usulini o‘zgartirish

Agar safar vaqtida kartangizdan pul yechib olib bo‘lmasa, to‘lov usuli avtomatik tarzda naqd pulga o‘zgaradi. To‘lov usuli o‘zgarganligi haqidagi ma’lumot Push-bildirishnomada yuboriladi. Telefoningiz sozlamalarida Push-bildirishnomalarga ruxsat berilganligiga oldindan ishonch hosil qiling.

Safar nihoyasiga yetgandan so‘ng, taksi haqini karta orqali to‘lashga yana bir bor urinib ko‘rishingiz mumkin.