Yandex.Taksi - nima

Yandex.Taxi — bu rasmiy taksini dispetcherga qo‘ng‘iroq qilmasdan foydali tariflar bo‘yicha chaqirishga imkon beruvchi servis. Taksiga saytda va iOS (jumladan Apple Watch qurilmasida) hamda Android uchun Yandex.Taxi ilovasi orqali buyurtma berish mumkin.

Xizmat afzalliklari:

Buyurtmalar bizning hamkorlar — taksi xizmatlari — tomonidan bajarilmoqda. Safarlar maksimal darajada qulay o‘tishi biz uchun muhim, shu sababli taksi saroylariga yuqori talablarni qo‘yamiz. Haydovchilar uchun maxsus attestatsiya sinovi mavjud, avtomobillar esa bizning standartlarimiz asosida tekshiriladi.