Yo‘l haqi qanday yechib olinadi

Ayrim mintaqalarda yo‘l haqini bank kartasi bilan to‘lash imkoniyati hozircha yo‘q.

Safar amalga oshirilgandan so‘ng karta hisobida buyurtma yakuniy narxiga teng miqdordagi mablag‘ zaxiralanadi. Ayrim hollarda zaxiralash safar vaqtida bo‘laklarga bo‘lingan holda amalga oshiriladi.

Pul yechib olish mablag‘lar zaxiralangandan keyin 24 soat ichida amalga oshiriladi. Agar zaxiralangan summaning hammasi yechib olinmasa, qoldiq hisobga qaytariladi. Yechib olinmagan mablag‘larning blokdan chiqarilishi bankingiz ishlash shartlariga bog‘liq bo‘ladi.

Agar kartada to‘lovni amalga oshirish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, yo‘l haqi karta hisobi to‘ldirilgandan keyin avtomatik tarzda yechib olinadi. Mablag‘ni yechib olish bir martada yoki yo‘l haqi summasini to‘liq ushlab qolish imkoni bo‘lmagan vaqtdan bir yil davomida bo‘laklarga bo‘lingan holda amalga oshiriladi.