Haydovchi choy puli miqdorini qanday ko‘rsatadi

Bu xususiyatdan yo‘l haqida bank kartasi bilan to‘langandagina foydalanish mumkin bo‘ladi.

Agar sizga safar yoqqan bo‘lsa, haydovchiga choy puli qoldirishingiz mumkin. Barcha safarlar uchun choy pulini ko‘rsatish uchun  → Choy pullari ilova menyusini oching va yo‘l haqidan foizni tanlang. Choy puli miqdorini ilova menyusi orqali, yoki safar oxirida haydovchiga baho berilgandan so‘ng o‘zgartirish mumkin.

Safar yakunlangandan keyin 30 daqiqa ichida ijobiy baho bergan (yoki baho qo‘ymagan) va Tayyor tugmasini bosgan bo‘lsangiz, choy puli avtomatik tarzda yechib olinadi.

Safar yakunlangandan keyin 30 daqiqa ichida salbiy baho bergan va Tayyor tugmasini bosgan bo‘lsangiz, choy puli yechib olinmaydi.

Safar yakunlangandan keyin 30 daqiqa ichida Tayyor tugmasini bosmasangiz, choy puli 24 soatga bloklanadi. Bu vaqt davomida joriy safar uchun choy puli miqdorini o‘zgartirishingiz mumkin — bir sutkadan so‘ng choy puli uchun ko‘rsatilgan summa yechib olinadi.