Safarlaringiz tarixini qanday ko‘rish mumkin

Har bir buyurtma haqidagi ma’lumotni  → Safarlar tarixi ilova menyusida topish mumkin.

Safar kartochkasida uning marshruti, yo‘l haqi miqdori, sana va vaqti ko‘rsatiladi.

Ko‘proq ma’lumot ko‘rish uchun kartochkaga bosing:

  • Xaritadagi safar marshruti hamda yo‘lovchi olingan va tushirilgan manzillar.
  • Safar davomiyligi.
  • Haydovchi haqidagi ma’lumotlar. Safar nihoyasiga yetgandan so‘ng 24 soat davomida haydovchi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
  • Buyurtma bajarilgan avtomobil haqidagi ma’lumotlar.
  • Tarif va yakuniy narx.