Bank kartasi qanday bog‘lanadi

Ayrim mintaqalarda yo‘l haqini bank kartasi bilan to‘lash imkoniyati hozircha yo‘q.

Faqat Android (versiy 4.0 va undan yangiroq) va iOS (versiya 8.0 va undan yuqori) uchun mo‘ljallangan ilova orqali buyurtma berilganda karta orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Ilovaga 5 tagacha bank kartasini bog‘lashingiz mumkin:

  1.  → Bank kartasi ilova menyusiga o‘ting va Karta qo‘shishni bosing.
  2. Karta ma’lumotlarini kiriting: 16 xonali raqam, amal qilish muddati, CVV kod (kartaning orqa tomonida). Karta raqamini qo‘lda kiritish yoki smartfon kamerasi yordamida skanerlash mumkin — buning uchun Kartani skanerlashga bosing.
  3. Tayyorni bosing.

Karta amal qilishini tekshirish uchun hisobdan kichik miqdordagi summa ushlab qolinadi. Zaxiralangan mablag‘lar hisobdan chiqarilmaydi va tekshirish yakunlangandan keyin ulardan yana foydalanish mumkin bo‘ladi.