Yo‘l haqi karta orqali to‘lanadigan taksiga qanday buyurtma beriladi

Ayrim mintaqalarda yo‘l haqini bank kartasi bilan to‘lash imkoniyati hozircha yo‘q.

Yo‘l haqini bank kartasi bilan to‘lash uchun:

  1. Yandex.Taksi ilovasiga kartani bog‘lang . Ko‘pi bilan 5 ta kartani bog‘lash mumkin.
  2. Buyurtma rasmiylashtirilayotganda, to‘lov usuli sifatida Bank kartasini tanlang.

Karta amal qilishini tekshirish uchun hisobdan kichik miqdordagi summa ushlab qolinadi. Zaxiralangan mablag‘lar hisobdan chiqarilmaydi va tekshirish yakunlangandan keyin ulardan yana foydalanish mumkin bo‘ladi.

Kartani tekshirib bo‘lmasa yoki unda yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmasa, sizga to‘lov usulini naqd pulga o‘zgartirish yoki buyurtmani bekor qilish taklif qilinadi.