Talab va istaklarni qanday bildirish mumkin

Talab-istaklar va fikr-mulohazalar buyurtma berish vaqtida ko‘rsatiladi.

Buyurtma bo‘yicha talab va istaklarda safarga oid muhim shartlarni sanab o‘tish lozim, masalan buyurtma boshqa odam uchun berilganini. Ba’zi talab va istaklar pulli va mintaqaga qarab farqlanishi mumkin, masalan:

  • Hayvonlarni tashish (faqat maxsus jihozlangan sumka yoki konteyner mavjud bo‘lsa).
  • Bolalar o‘rindig‘i yoki buster.
  • Universal kuzov.
  • Salonda chang‘i tashish.
  • Salonda yuk tashish (sumka va qo‘l yukidan tashqari).

Fikr-mulohazalarda qo‘shimcha ma’lumotni ko‘rsatish foydadan xoli bo‘lmaydi, masalan, "Hovli orqali kirish" – bu haydovchining sizni oson topishiga yordam beradi. Fikr-mulohaza buyurtma qabul qilinganidan keyin haydovchiga koʻrinadi.