Yandex.Plus keshbeki taksi safarlarida qanday ishlaydi
Yandex.Plus obunasi safar narxining10 foizini keshbek ballari koʻrinishida obunachilarga qaytaradi.
Ikki foydalanuvchi uchun (obunali va obunasiz) ayni bir safar narxi bir xil boʻladi. Bu quyidagicha ishlaydi: Masalan, Azizda obuna yoʻq. U mashina chaqiradi va safar uchun 1000 rubl toʻlaydi. Abrorning esa obunasi bor, u xuddi shu manzilga 1000 rublga mashina chaqirtiradi, lekin safar uchun 900 rubl va Plusning kengaytirilgan obunasi uchun 100 rubl toʻlaydi. Bu chekda ham shunday koʻrsatiladi. Natijada Aziz va Abror toʻlagan narx bir xil boʻladi, ammo safar oxirida Abrorning Plus hisobida +100 balli keshbek paydo boʻladi, Azizda esa yoʻq.
Albatta, ikki kishining yoʻl haqi rubligacha bir xil boʻlishi faqat ideal dunyoda mumkin, chunki hayotda yoʻl trafiklari va boʻsh mashinalar soni har soniyada oʻzgarishi mumkin. Ammo ishlash prinsipi yuqorida taʼriflanganidek boʻladi va natijada Plus foydalanuvchisi safar uchun 10% kamroq toʻlaydi.