Bir nechta safar buyurtmasi

Bu opsiya ayni vaqtda barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas.

Sevimli restoraningizga bormoqchisiz, ammo hammangiz bitta mashinaga sigʻmayapsizmi? Yoki sizga ham, onangizga ham taksi zarur, ammo boradigan joylaringiz har xilmi? Bir vaqtning oʻzida 2 yoki 3 ta safarga buyurtma bering.

Ilk safarga buyurtma bergach, safar tafsilotlariga kirib Yana bir safarga buyurtma tugmasini bosing. Oddiy safar buyurtma qilish ekraniga qaytasiz.

Toʻlov usulini tanlang:

  • Qoʻshimch safar haqini toʻlash uchun kartangizdan foydalaning.
  • Yoʻlovchi oʻzi uchun pul toʻlaydigan boʻlsa – naqd pul.

Kim birinchi boʻlib manzilga yetib borishini bilmoqchimisiz? Tafsilotlarni ekranning quyi qismidagi safar kartochkalari orqali bilish mumkin.

Xizmatimizdan avval foydalangan boʻlsangiz, bir vaqtning oʻzida bir nechta safarga buyurtma bera olasiz.