Kanalni qoʻshish va sozlash

Kanalga qoʻyiladigan talablar

Biz faqat Telegram va MAX messenjeridagi kanallar bilan ishlaymiz – guruh chatini yoki botni Yandex Reklama tarmog‘iga ulash imkonsiz. Yandex Reklama tarmog‘i bilan monetizatsiyani ulash uchun kanal Yandex Reklama tarmog‘ida ishtirok etish qoidalari, shuningdek, quyidagi shartlarga muvofiq umumiy talablarga mos kelishi kerak:

  • Kanal kamida 1 oy oldin yaratilgan.
  • Kanalning kamida 1000 nafar obunachisi bor.
  • Oxirgi post chiqqaniga uzog‘i 2 hafta bo‘lgan.
  • Har bir post 48 soatda kamida 300 marta ko‘riladi.
  • Kanal kontent va mavzuga nisbatan talablar, tegishli qonunchilik va Yandex Reklama tarmog‘ida ishtirok etish qoidalarini buzmaydigan kontentdan iborat.
  • Kanalning asosiy auditoriyasi Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston yoki Turkiyada, kontent esa asosan rus, ingliz, o‘zbek yoki qozoq tilida.

Bu muhim

Biz asosan boshqa mamlakatlar auditoriyasiga moʻljallangan kanallarda reklama namoyish etilishiga kafolat bermaymiz. Reklama beruvchilarimizning asosiy qismi – Rossiya brendlari va kompaniyalari.

  • Reklama koʻrsatilishi mumkin, agar kanal kontenti keng auditoriya qiziqishini hisobga olsa (masalan, kanal xalqaro turizm haqida boʻlsa, xalqaro brendlar va mahsulotlar sharhlari chop etilsa).
  • Aniq mintaqaviy yoʻnaltirilgan kanallarda namoyishlar boʻlmasligi mumkin, chunki bunday kanallarda auditoriyaning qiziqishi odatda mahalliy tovarlar, xizmatlar va tadbirlar bilan bogʻliq boʻlib, Rossiya reklama beruvchilarining takliflari bilan kesishmaydi.

Agar birja modeli (MAX'da mavjud emas) asosida reklama joylashni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, kanalingizni moderatsiya qilishda qoʻshimcha mezonlar asosida kanal sifatini baholovchi koʻp omilli baholash modelidan foydalaniladi, masalan:

  • Auditoriya ishtirok darajasi: kanalda haqiqiy foydalanuvchilarning yetarli darajada munosabatlari, izohlari va qayta ulashishlari mavjud.

  • Kanal haqidagi maʼlumotlar mashhur tahlil xizmatlarida mavjud.

  • Kanal tomoshalar, bosishlar va obunachilar sonini nohaq usullar bilan oshirib koʻrsatish usulidan foydalanmaydi.

  • Kontentning umumiy sifati: kanalda vizual jihatdan jozibali foto va videolar, yagona dizayn uslubi, matnlarning mantiqiy tuzilishi va mazmuni tushunarli boʻlishi, minimal darajada behayo soʻzlar.

  • Kanal kamida 1 oy oldin yaratilgan.
  • Kanalning kamida 1000 nafar obunachisi bor.
  • Oxirgi post chiqqaniga uzog‘i 2 hafta bo‘lgan.
  • Har bir post 48 soatda kamida 100 marta ko‘riladi.
  • Kanal kontent va mavzuga nisbatan talablar, tegishli qonunchilik va Yandex Reklama tarmog‘ida ishtirok etish qoidalarini buzmaydigan kontentdan iborat.
  • Kanalning asosiy auditoriyasi Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston yoki Turkiyada, kontent esa asosan rus yoki ingliz tilida.

Bu muhim

Biz asosan boshqa mamlakatlar auditoriyasiga moʻljallangan kanallarda reklama namoyish etilishiga kafolat bermaymiz. Reklama beruvchilarimizning asosiy qismi – Rossiya brendlari va kompaniyalari.

  • Reklama koʻrsatilishi mumkin, agar kanal kontenti keng auditoriya qiziqishini hisobga olsa (masalan, kanal xalqaro turizm haqida boʻlsa, xalqaro brendlar va mahsulotlar sharhlari chop etilsa).
  • Aniq mintaqaviy yoʻnaltirilgan kanallarda namoyishlar boʻlmasligi mumkin, chunki bunday kanallarda auditoriyaning qiziqishi odatda mahalliy tovarlar, xizmatlar va tadbirlar bilan bogʻliq boʻlib, Rossiya reklama beruvchilarining takliflari bilan kesishmaydi.

Kanal monetizatsiyasi modellari

Yandex Reklama tarmog‘ida ikkita monetizatsiya modeli mavjud:

Auksion modeli
  • Auksion bilan narxini belgilash. 1000 ta tomosha uchun narx (CPM) auksionga asoslanib shakllanadi va kanalning samaradorligi hamda konversiyalariga bogʻliq boʻladi.

  • Reklamani avtomatik tanlash. Eʼlonlar reklama kampaniyasi sozlamalariga mos keladigan kanallarda joylashtiriladi. Ularni reklama beruvchi joylashtirish paytida belgilaydi.

  • Universal eʼlonlar. Reklama beruvchi turli kanallarda koʻrsatiladigan reklama uchun yagona matn, rasm yoki video yaratadi.

  • Reklama beruvchining maqsadi — konversiya. Uning ustuvorligi — samaradorlik: auditoriyani jalb qilish, maqsadli harakatlarni amalga oshirish va sotuvlarning oʻsishi.

Birja modeli
  • Kanal narxni belgilaydi. Kanal egasi reklama postining har 1000 ta tomosha uchun narx (CPM) belgilaydi va haqiqatda erishilgan tomoshalar soni uchun mukofot oladi.

  • Reklama beruvchi kanalni oʻzi tanlaydi. Narxi, kanal mavzusi, obunachilarning ishtiroki va ularning brendning maqsadli auditoriyasiga mosligi asosida.

  • Shaxsiylashtirilgan eʼlonlar. Reklama beruvchi har bir kanal uchun alohida matnlar, tasvirlar va videolar tayyorlashi mumkin.

  • Reklama beruvchining maqsadi — qamrov. Reklama beruvchi oʻz brendi, mahsuloti yoki xizmatining taniqligini oshirish va qabul qilinishini yaxshilashga intiladi.

Agar kanal har ikkala model boʻyicha moderatsiyadan oʻtsa, ulardan bir vaqtning oʻzida foydalanishi mumkin. Bunda avval birja modeli boʻyicha slotlar toʻldiriladi, qolganlari esa auksion reklamasi bilan toʻldiriladi. Bu daromadingizni va toʻldirilish darajasini maksimallashtiradi.

Kanalni sozlash

  1. Реклама в мессенджерах (Messenjerlardagi reklama) sahifasiga oʻting va Добавить канал (Kanal qoʻshish) tugmasini bosing.

  2. Sozlamalarni belgilang:

    • Название (Kanal nomi) — kanal nomini kiriting.

    • Ссылка (Havola) — kanalning doimiy havolasini qoʻshing.

      Ommaviy kanal uchun:

      • kanal havolasini kiriting:
        • Telegram — t.me/channelname

        • MAX — web.max.ru/-channel_id

          MAX kanali uchun raqamli ID bilan havoladan foydalaning – bu kanalni aniq aniqlash va qoʻshishda xatolarning oldini olish imkonini beradi. Uni MAX'ning veb-versiyasida brauzer manzil satrida koʻrish mumkin:

          • web.max.ru saytini oching.
          • Kerakli kanalga kiring. Sahifa manzilida web.max.ru/-12345678 formatidagi havola bo‘ladi – oxiridagi raqamlar kanal ID raqami hisoblanadi.

      Yopiq kanal uchun:

      • kanaldagi istalgan post havolasini kiriting:
        • Telegram — t.me/c/channel_id/id
        • MAX — max.ru/c/channel_id/id

      Taklif havolalari dastaklanmaydi.

    • Тематика канала (Kanal mavzusi) — roʻyxatdan mos mavzuni tanlang.

    • Максимальное количество постов в неделю (Haftasiga postlarning maksimal soni) – haftada maksimal reklama postlari sonini tanlang: 1 dan 28 tagacha. Bir kunda maksimal 4 ta post koʻrsatilishi mumkin.

    • Время публикации рекламы (Reklamani chop etish vaqti) – bot reklama postlarini joylashtirishi mumkin boʻlgan vaqt oraliqlarini tanlang.

      Sharh

      Taqvimdagi vaqt Moskva vaqti (UTC +3:00) bilan koʻrsatilgan.

      Bitta vaqt oraligʻida bitta post namoyish etiladi. Bir kunda toʻrttadan ortiq oraliq vaqt tanlagan boʻlsangiz, reklamalar ularning istalgan paytida tasodifiy tartibda, lekin toʻrt martadan ortiq boʻlmagan holda namoyish qilinadi. Bir kunda bir yoki ikkita postni namoyish qilish uchun bitta yoki ikkita vaqt oraligʻini tanlang. Jadval yangilangach, yangi sozlamalarni tatbiq qilish uchun bizga taxminan ikki soat kerak boʻladi.

      Adfox orqali bevosita joylashtirishni sozlasangiz, ular namoyishlar jadvalida kiritilgan vaqt oraligʻida koʻrsatiladi. Bunday eʼlonlar Yandex Reklama tarmog‘i eʼlonlaridan avval chiqadi.

      Bu muhim

      Kanaldagi reklama xabarlari orasida oddiy kontentga ega kamida bitta post boʻlishi zarur. Ikkita reklama xabari, hatto oxirgi reklama oʻchirib tashlansa ham, ketma-ket joylanmaydi. Bot yangi reklama joylashi uchun kanal kontenti aks etgan odatiy post joylang.

    • Модель монетизации (Monetizatsiya modeli) – kanal monetizatsiyasi modelini tanlang.


      • Аукционная модель (Auksion modeli) opsiyasini yoqing.

      • Ограничения CPM (CPM cheklovi) – koʻrsatishlarning minimal narxi cheklovini tanlang.

        Agar siz Порог CPM (CPM chegarasini) tanlagan boʻlsangiz, qoʻshimcha ravishda Минимальный CPM (Minimal CPM) — rubldagi minimal CPM (mingta namoyish narxi) chegarasini koʻrsating.

      • Стратегия подбора рекламы (Reklama tanlash strategiyasi) – shkalada reklama qaysi xususiyatiga koʻra tanlanishini belgilang: kanal mavzusiga koʻra yoki reklamadan olinadigan daromadga koʻra.

        Quyidagi strategiyalar mavjud:

        • Eng muvofiqlik (Наибольшее соответствие) – mavzusi kanal mavzusiga eng mos boʻlgan eʼlonlar ustunlikka ega boʻladi.
        • Oʻrtacha muvofiqlik (Среднее соответствие) – tanlash paytida eʼlonlar mavzusi va koʻrsatish narxi inobatga olinadi. Kamida qisman kanal mavzusiga mos keladigan va katta daromad olib keladigan eʼlonlar ustunlikka ega boʻladi.
        • Muvozanatli strategiya (Равновесная стратегия) – reklamaning mavzuga mosligi va undan keladigan daromad oʻrtasidagi muvozanat.
        • Optimal strategiya (Оптимальная стратегия) – reklama kanal mavzusidan farq qilishi, faqat koʻproq daromad keltirishi mumkin.
        • Maksimal daromad (Максимальный доход) – mavzu cheklovi boʻlmagan koʻtsatish narxi yuqoriroq boʻlgan eʼlonlar ustuvorlikka ega.

        Sharh

        Mavzuga koʻproq mos keladigan strategiya tanlanishi natijasida, reklama postlari soni kamayib ketishi mumkin.

        Kanal uchun reklamani qanday tanlaymiz:

      • Биржевая модель (Birja modeli) opsiyasini yoqing.

      • Стоимость CPM (CPM qiymati) – reklamaning 1000 ta tomoshasi uchun narxni belgilang. Hisob-kitob qilishda shuni yodda tutingki, juda yuqori stavka joylashtirish imkoniyatini pasaytirishi mumkin: reklama beruvchi kanallarni joylashtirish narxi va kontent koʻrsatkichlarining (mavzular, tomoshalar, auditoriya ishtiroki) optimal nisbatidan kelib chiqib tanlaydi.

  3. Далее (Keyingisini) bandini bosing.

  4. Ochilgan oynada Yandex Reklama tarmog‘i kanalingiz uchun bot tanlashini kuting.

    1. Havola orqali botga oʻting.

    2. Uning tavsifini oching.

    3. Добавить в группу или канал (Guruh yoki kanalga qoʻshish tugmasini bosing) tugmasini bosing va kanalingizni tanlang.

      Bu qanday koʻrinishda boʻladi

      Faqat Добавить в группу (Guruhga qoʻshish) tugmasi mavjud boʻlganda

      Mobil ilovaga oʻting yoki dekstop ilovada quyidagi amallarni bajaring:

      1. Имя пользователя (Foydalanuvchi nomi) maydonidan bot nomini nusxalang.
      2. Kanalingizga o‘ting.
      3. Управление каналом (Kanalni boshqarish) → Администраторы (Administratorlar) → Добавить администратора (Administrator qo‘shish) tugmasini bosing.
      4. Qidiruv qatoriga nusxalangan bot nomini joylang.
    4. Huquq sozlamalari oynasi ochiladi:

    • Agar kanalingiz ochiq boʻlsa, u holda botga xabarlar joylashga ruxsat bering va uni administrator etib tayinlang.

      Bu qanday koʻrinishda boʻladi

    • Agar kanalingiz maxfiy boʻlsa, botga xabarlarni joylash, obunachilar qoʻshish (taklif havolalarini yaratish) uchun ruxsat berib, uni administrator qilib tayinlang.

      Bu qanday koʻrinishda boʻladi

      Botni kanalga qoʻshganingizda, bot maxsus taklif havolasini yaratadi — u Telegram interfeysidagi taklif havolalari roʻyxatida Дополнительные ссылки (Qoʻshimcha havolalar) maydonida koʻrinadi. Iltimos, havolani oʻchirmang va uning sozlamalarini oʻzgartirmang.

      Aynan shu havola kanalingiz uchun Yandex Reklama tarmog‘i interfeysida aks etadi — maydon avtomatik yangilanadi. Direct interfeysida faqat kanalingizda eʼlonlari koʻrsatiladigan reklama beruvchilar uchungina havola beriladi.

    1. Botni MAX qidiruvida toping va Начать (Boshlash) tugmasini bosing.

    2. Kanalni oching va yuqori qismidagi uning nomi ustiga bosing. Kanal sozlamalari sahifasi ochiladi.

    3. Добавить участника (Aʻzo qo‘shish) tugmasini bosing va roʻyxatdan botni tanlang.

    4. Добавить участника (Aʻzo qo‘shish) tugmasini bosing – shundan soʻng bot aʻzolar roʻyxatida paydo boʻladi.

      Bu qanday koʻrinishda boʻladi

    5. Администраторы (Administratorlar) boʻlimiga kiring va Добавить администратора (Administrator qoʻshish) tugmasini bosing.

    6. Kanal aʻzolari roʻyxatidan botni tanlang.

    7. Botga post yozishga va boshqalarning postlarini oʻchirib tashlashga ruxsat bering.

    8. Назначить администратором (Administrator etib tayinlash) tugmasini bosing. Вы назначили администратора (Siz administrator tayinladingiz) xabari paydo boʻladi.

    Bu qanday koʻrinishda boʻladi

  5. Yandex Reklama tarmog‘i interfeysida Завершить (Yakunlash)ni bosing.

Реклама в мессенджерах (Messenjerlardagi reklama) sahifasida unikal identifikator (Page ID) bilan qoʻshilgan kanal paydo boʻladi. Kanal unga bot qo‘shilgandan keyin moderatsiyaga yuboriladi.

Kanalga reklama joylash faqat moderatsiyadan oʻtgach boshlanadi.

Reklama namoyishi sozlamalari

Yandex Reklama tarmog‘i interfeysida kanalda reklama namoyishini sozlash mumkin. Parametrlar Настройки показов рекламы (Reklama namoyishi sozlamalari) boʻlimida beriladi.

Bu boʻlimda reklama namoyishiga cheklovlar qoʻyish mumkin:

  • Mavzular boʻyicha

    Agar kanalingizda ushbu turkumdagi eʼlonlarni joylashtirishni istamasangiz, ayrim mavzulardagi reklamalarni koʻrsatishni bloklash imkonini beradi.

    Rossiya Federatsiyasidan auditoriyaga ega kanallar uchun sezgir reklama toifalari namoyishini boshqarish mumkin. Bunday mavzularga quyidagilar kiradi:

    • mikromoliyaviy tashkilotlar (MFO) xizmatlari;
    • qarzlar;
    • MFOlar va kredit isteʼmol kooperativlarining (KPK) jamgʻarma mahsulotlari;
    • MFOlar va KPKlarning investitsiya mahsulotlari.

    Ushbu reklamalarni koʻrsatishga ruxsat berish uchun Sezgir toifadagi reklamalarni koʻrsatishga ruxsat berish parametrini yoqing.

  • Domenlar va bandllar boʻyicha

    Muayyan saytlar (domenlar) yoki ilovalar (bandllar) reklamalarini koʻrsatishni taqiqlash imkonini beradi.

Blokirovkalar keraksiz reklamalarni chiqarib tashlash va kanal mavzusiga mos ravishda namoyishlarni sozlash imkonini beradi.

Sharh

Esingizda boʻlsin, eʼlonlarni bloklash daromadga taʼsir qilishi mumkin, chunki u auksionda ishtirok etuvchi eʼlonlar sonini kamaytiradi. Tanlov qanchalik keng boʻlsa, yakuniy namoyish narxi shunchalik yuqori va monetizatsiya shunchalik samarali ishlaydi, shuning uchun namoyishni ommabop mavzular yoki yirik saytlar boʻyicha cheklashni tavsiya etmaymiz.

Yordam xizmatiga murojaat

WhatsApp orqali yozish
Telegram orqali yozish

Chatga yozish

Xabar yozish



Shuningdek, siz xizmatga o'tishingiz mumkin





Bot yangi taklif havolasini yaratishi uchun obunachilarni qoʻshish huquqi kerak. Bot yangi obunachilarni qoʻshmaydi.

Yandex Reklama tarmog‘iga quyidagicha kontentli kanallarni ulash mumkin emas:

  • harbiy yoki siyosiy tematika;
  • fojiaviy kontent yoki shok-kontent;
  • postlarning katta qismida matbaa va grammatik xatolar;
  • kanal nomi, tavsifida, kanalga havolada yoki berkitilmagan boʻlsa postlarning katta qismida taqiqlangan va uyatli leksika bor;
  • postlarning katta qismida boshqa joylardan nusxalangan kontent yoki boshqa kanallardan repost;
  • mazmunsiz, aloqador boʻlmagan matn;
  • reklamani koʻrish yoki unga kirishga chorlovlar;
  • tomoshalar, kliklar va obunachilar sonini oshirishning adolatsiz usullari.

Auditoriyani baholash uchun bir qator omillar, jumladan, kanal tavsifi va kontentidan foydalanamiz.

Qaysi yuridik shaxs bilan oferta Yandex Reklama tarmog‘i tuzishingizga qarab, sizga quyidagi ishtirok qoidalari tatbiq etilishi mumkin: