Hisob qoʻshish, almashtirish yoki olib tashlash
Hisob — telefon raqamiga ulangan ilovadagi sozlamalar toʻplami. Siz bir nechta hisob ochib, ularni, masalan sayohat vaqtida almashtirishingiz mumkin. Har bir hisob uchun turlicha toʻlov vositalari va promo-kodlardan foydalanishingiz, noyob manzillarni koʻrsatishingiz mumkin va hokazo.
Birinchi hisob ilovadan foydalanishni boshlaganda telefon raqamini tasdiqlash vaqtida yaratiladi.
Yangi hisob qanday qoʻshiladi (Android va iOS uchun)
- Ilova menyusini oching
.
- Telefon raqamini bosing.
- Hisobni oʻngga yoki chapga suring, Boshqa hisobni tanlash tugmasini bosing.
- Telefon raqamini yozing va Keyingisi tugmasini bosing — bu raqamga tasqilash kodi yozilgan xabar keladi.
- Kodni kiriting va Tayyor (yoki Keyingisi) tugmasini bosing — hisob faollashadi.
Hisob qanday almashtiriladi (Android va iOS uchun)
- Ilova menyusini oching
.
- Telefon raqamini bosing.
- Hisobni oʻngga yoki chapga suring, boshqasini tanlang va Keyingisi (yoki Davom ettirish) tugmasini bosing.
Hisob qanday olib tashlanadi
Android va iOS:
- Ilova menyusini oching
.
- Telefon raqamini bosing.
- Chiqish) tugmasini bosing.(yoki
- Boshqa hisobni tanlang va Keyingisi tugmasini bosing.
iOS:
- Ilova menyusini oching
.
- Telefon raqami ustiga bosing, keyin yana bir marta bosing.
- Hisob oldidagi
tugmasini bosing va oʻchirishni tasdiqlang.
- Boshqa hisobni tanlang va Keyingisi tugmasini bosing.