Xizmat qanday ishlaydi

Yandex.Lavka — uyga yaqin doʻkonning yangi formati. Lavkaga borish shart emas, buyurtma berilganidan keyin 15 daqiqaga qolmay yetkaziladi. Va bu muddat kamayishda davom etmoqda.

Buyurtmani saytda va iOS yoki Android ilovasi orqali berish mumkin.

Lavkada oziq-ovqat doʻkonida boʻladigan narsalarni topish mumkin: sabzavotlar, mevalar, sut mahsulotlari, non, pishiriqlar, goʻsht, kolbasa, yormalar, suv, muzqaymoq va boshqalar. Shuningdek, tayyor ovqatlar, barcha uy jihozlari, batareykalar, telefon quvvatlagichlar, soyabonlar ham bor.

Yandex.Lavka — Moskvaning bir qancha tumanlarida ishlayotgan tajribaviy loyiha. Har oy bir nechta yangi nuqtalar ishga tushmoqda. Lavka siz tarafga kelish-kelmasligini tekshirish uchun yetkazib berish manzilini kiriting.