---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.54.2
alternate:
  - https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/ru/return/cancell.md
  - https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/uz/return/cancell.md
  - href: uz/return/cancell.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/uz/llms.txt

# Buyurtmalarni bekor qilish restoranga qanday taʼsir qiladi

Foydalanuvchilar kutganini oqlash uchun buyurtmalarni oʻz vaqtida bajaring va yetkazing. Buyurtmalarni iloji boricha kamroq bekor qilish kerak, chunki bu restoran reytingiga taʼsir qiladi: bekor qilish qancha kam boʻlsa, reyting shuncha yuqori boʻladi – bu koʻproq buyurtma olish imkoniyatidir.

Bekor qilish sabablarini tahlil qiling:

**Oshxonada ish koʻp, dam olish kunlari, tadbir yoki favqulodda holat**

 
:   Vaqtincha buyurtmalarni qabul qila olmasangiz, restoranni [Restoranlar](https://vendor.yandex.com/places) yoki [Buyurtmalar](https://vendor.yandex.com/active) boʻlimida pauzaga qoʻying. Shunda sizda qabul qilingan buyurtmalarni tayyorlab olish, foyda va foydalanuvchilar ishonchini yoʻqotmaslik uchun imkoniyat boʻladi.

**Sizga telefon qilib, ulana olmadik**

 
:   Restoran kontaktini tekshiring yoki [Restoranlar boʻlimida](https://vendor.yandex.com/places) yangisini qoʻshing.

**Taom mavjud emas**

 
:   Buyurtma tarkibini qabul qilmasdan oldin tekshiring va restoran stop-listini tez-tez yangilang. Agar buyurtmani qabul qilgan boʻlsangiz, lekin uni toʻliq tayyorlay olmasangiz – foydalanuvchiga telefon qiling va buyurtma tarkibini oʻzgartirishni taklif qiling.

**Belgilangan ish vaqtidan oldin yopildi**

 
:   Ish jadvalini yangilang va buyurtma qabul qilishga tayyor boʻladigan real vaqtni kiriting. Kuryer buyurtmani olib ketishi mumkin boʻlgan vaqtni ham hisobga oling.

**Restoranda texnik muammolar**

 
:   Ishni boshlashdan avval buyurtma bilan ishlaydigan qurilmalaringiz sozligini va istalgan savdo nuqtasida internet yaxshiligini tekshiring. Eski qurilmalardan foydalanmaslik kerak, ularda ilova sekin ishlashi mumkin. Hammasi joyida, lekin texnik muammolar yechilmasa [yordam xizmatiga murojaat qiling](https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/uz/account/support.md).

**Buyurtma toʻgʻri taxlanmagan**

 
:   Kuryerga berishdan oldin tayyorlangan buyurtma ilovadagi bilan mos kelishini tekshiring. Foydalanuvchining buyurtmaga sharhlarini hisobga oling va kerak boʻlsa, ovqatlanish anjomlarini soling.


## Buyurtmani bekor qilgandan keyin nima boʻladi {#cancel}

Buyurtma bekor qilingandan keyin maʼlum vaqtga restoran foydalanuvchilar uchun berkitiladi. Bu sizga muammolarni hal qilib olish va foydalanuvchilar noqulay ahvolga tushmasligi, shuningdek, reytingingiz yaxshi boʻlishi uchun imkoniyatdir: buyurtmalar qancha kam bekor qilsa, roʻyxatda shuncha yuqori turadi.

Buyurtmalar boʻlimida restoran qancha muddatga berkitilganini bilib olasiz.

Oʻchirish sababini bilish uchun **Batafsil** tugmasini bosing. Agar buyurtma **Belgilangan ish vaqtidan oldin yopildi** sababi bilan bekor qilinsa, restoranni istalgan payt faollashtirishingiz mumkin — buning uchun **Hozir yoqish** tugmasini bosing.

Restoran oʻchirilishi bilan boshqaruvchi pochtasiga restoran vaqtincha foydalanuvchilardan berkitilgani haqida xabar keladi. Boshqaruvchi pochtasini tekshirish va kontakt maʼlumotlarini yangilash uchun [Restoranlar boʻlimiga](https://vendor.yandex.com/places) kiring.


{% note info %}

Restoran kontakt maʼlumotlarini shaxsiy kabinetga kengaytirilgan ruxsati bor hisoblar oʻzgartira oladi. Bunday ruxsatni shaxsiy kabinet orqali olish mumkin → [Yordam boʻlimi](https://vendor.yandex.com/chats) → Shaxsiy kabinet → Shaxsiy kabinetga kirish ruxsati.

{% endnote %}



## Bekor qilish dinamikasini qanday kuzatish mumkin {#look}

[Restoranlar boʻlimida](https://vendor.yandex.com/places) bekor qilishlar dinamikasini kuzatishingiz va bekor qilingan buyurtmalarni qanday kamaytirish haqida maslahatlarni oʻqishingiz mumkin — tavsiyalar eng koʻp bekor qilish sabablari asosida shakllanadi. Sizni qiziqtirgan restoranga bosing — maʼlumotlar **Reyting** blokida boʻladi.

Bekor qilish sabablari bekor qilingan buyurtma kartasida uning raqami va restoran maʼlumotlari ostida chiqadi.


{% note alert %}

Agar restoranning bekor qilishlar reytingi 1,0 dan tushib ketsa, muammolar hal etilgunga qadar restoran bilan hamkorlikni toʻxtatishga haqlimiz.

{% endnote %}


