Buyurtmalarni bekor qilish restoranga qanday taʼsir qiladi

Foydalanuvchilar kutganini oqlash uchun buyurtmalarni oʻz vaqtida bajaring va yetkazing. Buyurtmalarni iloji boricha kamroq bekor qilish kerak, chunki bu restoran reytingiga taʼsir qiladi: bekor qilish qancha kam boʻlsa, reyting shuncha yuqori boʻladi – bu koʻproq buyurtma olish imkoniyatidir.

Bekor qilish sabablarini tahlil qiling:

Oshxonada ish koʻp, dam olish kunlari, tadbir yoki favqulodda holat

Vaqtincha buyurtmalarni qabul qila olmasangiz, restoranni Restoranlar yoki Buyurtmalar boʻlimida pauzaga qoʻying. Shunda sizda qabul qilingan buyurtmalarni tayyorlab olish, foyda va foydalanuvchilar ishonchini yoʻqotmaslik uchun imkoniyat boʻladi.

Sizga telefon qilib, ulana olmadik

Restoran kontaktini tekshiring yoki Restoranlar boʻlimida yangisini qoʻshing.

Taom mavjud emas

Buyurtma tarkibini qabul qilmasdan oldin tekshiring va restoran stop-listini tez-tez yangilang. Agar buyurtmani qabul qilgan boʻlsangiz, lekin uni toʻliq tayyorlay olmasangiz – foydalanuvchiga telefon qiling va buyurtma tarkibini oʻzgartirishni taklif qiling.

Belgilangan ish vaqtidan oldin yopildi

Ish jadvalini yangilang va buyurtma qabul qilishga tayyor boʻladigan real vaqtni kiriting. Kuryer buyurtmani olib ketishi mumkin boʻlgan vaqtni ham hisobga oling.

Restoranda texnik muammolar

Ishni boshlashdan avval buyurtma bilan ishlaydigan qurilmalaringiz sozligini va istalgan savdo nuqtasida internet yaxshiligini tekshiring. Eski qurilmalardan foydalanmaslik kerak, ularda ilova sekin ishlashi mumkin. Hammasi joyida, lekin texnik muammolar yechilmasa yordam xizmatiga murojaat qiling.

Buyurtma toʻgʻri taxlanmagan

Kuryerga berishdan oldin tayyorlangan buyurtma ilovadagi bilan mos kelishini tekshiring. Foydalanuvchining buyurtmaga sharhlarini hisobga oling va kerak boʻlsa, ovqatlanish anjomlarini soling.

Buyurtmani bekor qilgandan keyin nima boʻladi

Buyurtma bekor qilingandan keyin maʼlum vaqtga restoran foydalanuvchilar uchun berkitiladi. Bu sizga muammolarni hal qilib olish va foydalanuvchilar noqulay ahvolga tushmasligi, shuningdek, reytingingiz yaxshi boʻlishi uchun imkoniyatdir: buyurtmalar qancha kam bekor qilsa, roʻyxatda shuncha yuqori turadi.

Buyurtmalar boʻlimida restoran qancha muddatga berkitilganini bilib olasiz.

Oʻchirish sababini bilish uchun Batafsil tugmasini bosing. Agar buyurtma Belgilangan ish vaqtidan oldin yopildi sababi bilan bekor qilinsa, restoranni istalgan payt faollashtirishingiz mumkin — buning uchun Hozir yoqish tugmasini bosing.

Restoran oʻchirilishi bilan boshqaruvchi pochtasiga restoran vaqtincha foydalanuvchilardan berkitilgani haqida xabar keladi. Boshqaruvchi pochtasini tekshirish va kontakt maʼlumotlarini yangilash uchun Restoranlar boʻlimiga kiring.

Sharh

Restoran kontakt maʼlumotlarini shaxsiy kabinetga kengaytirilgan ruxsati bor hisoblar oʻzgartira oladi. Bunday ruxsatni shaxsiy kabinet orqali olish mumkin → Yordam boʻlimi → Shaxsiy kabinet → Shaxsiy kabinetga kirish ruxsati.

Bekor qilish dinamikasini qanday kuzatish mumkin

Restoranlar boʻlimida bekor qilishlar dinamikasini kuzatishingiz va bekor qilingan buyurtmalarni qanday kamaytirish haqida maslahatlarni oʻqishingiz mumkin — tavsiyalar eng koʻp bekor qilish sabablari asosida shakllanadi. Sizni qiziqtirgan restoranga bosing — maʼlumotlar Reyting blokida boʻladi.

Bekor qilish sabablari bekor qilingan buyurtma kartasida uning raqami va restoran maʼlumotlari ostida chiqadi.

Diqqat

Agar restoranning bekor qilishlar reytingi 1,0 dan tushib ketsa, muammolar hal etilgunga qadar restoran bilan hamkorlikni toʻxtatishga haqlimiz.