Reytingni qanday ushlab turish va koʻtarish mumkin
Foydalanuvchi koʻradigan umumiy reytingda hisoblanadi:
- foydalanuvchi baholari – agar buyurtma toʻgʻri yigʻilgan, taom sifatli, yetkazish kuryeringiz kechikmagan boʻlsa, baho yuqori boʻladi;
- restoran tomonidan bekor qilingan buyurtmalar – bekor qilish qancha kam boʻlsa, reyting shunchalik yuqori boʻladi.
Buyurtmani bekor qilish haqida batafsil Buyurtmani bekor qilish restoranlarga qanday taʼsir qiladi maqolasida oʻqing.
Reytingni qanday ushlab turish kerak
Agar reytingingiz yuqori boʻlsa, hammasini toʻgʻri qilayotgan boʻlsangiz – faqat natijani ushlab turish kerak.
Baʼzan birdaniga hammasini kuzatib borish qiyin boʻladi, shuning uchun chek-listdan foydalanishni tavsiya qilamiz. Haftasida bir marta chek-listni tekshiring va foydalanuvchi sharhlari va baholariga alohida eʼtibor bering. Baʼzan ijobiy sharhlarda ham koʻrib chiqishga arziydigan fikrlarni topishingiz mumkin.
Tayyorlash tezligi
- Agar xizmatdagi buyurtmalar tez-tez qizil rangga aylansa, oshxonadagi yuklamani qayta koʻrib chiqing va buyurtmalarni bekor qilmaslik uchun noqulay vaziyatlarda restoranni toʻxtatib turing.
Qadoqlash tezligi
- Baʼzan issiq taomlarni qadoqlashga ulgurmayotgan boʻlsangiz, iloji boricha tayyorlash va buyurtmalarni yigʻish orasidagi vaqtni qisqartiring. Oldingi taomni qadoqlamaguningizcha keyingi taomni tayyorlashni boshlamang.
Menyuning muhimligi
- Ochishdan oldin barcha masalliqlar yetarli yoki yoʻqligini va barcha taomlarni tayyorlashingiz mumkinligini tekshiring. Agar kamchilikni topsangiz, stop-listni yangilang va kunni boshlang.
Xodimlar soni va ularning ish yuklamasi
- Agar xodimlar yetarli boʻlmasa, eng gavjum smenalarni kuchaytiring: koʻpincha bu kechki payt 18:00 dan 21:00 gacha va tushlik paytida 12:00 dan 14:00 gacha.
Reyting qanday oshiriladi
Agar reytingingiz tushib ketgan boʻlsa, foydalanuvchilar sharhlariga eʼtibor bering. Shikoyat bir nechta sharhlarda takrorlanganini tekshiring va asosiy sababini toping. Shuni yodda tuting, bitta yaxshi bajarilgan buyurtma hatto past reytingni ham koʻtarishi mumkin.
Bir qancha maslahatlar. Agar shikoyat qilishsa:
Taʼm yoki taom sifati
- Taom tarkibi va foydalanuvchi fikrlarini tekshiring. Ehtimol, taomlardan biri haqida koʻproq shikoyatlar tushgan, uning tayyorlash jarayonini koʻrib chiqish yoki taʼminotchilarni tekshirish kerak.
Qadoqlash muammolari
- Har safar idish mahkam yopilgani va paket bogʻlangan yoki yopishtirilganini tekshiring.
Buyurtmani yigʻishda xatolar
- Buyurtmani kuryerga berishdan oldin buyurtmaning yakuniy tarkibini tekshiring. Buyurtma uchun kerakli ovqat anjomlarini solishni va foydalanuvchilarning fikrlarini hisobga olishni unutmang.
Buyurtmani uzoq vaqt tayyorlash
- Oʻrtacha tayyorlash vaqtini Tayyorlash vaqti boʻlimida uzaytiring. Yuklama oshib ketganda restoranni toʻxtatib turing va yigʻilib qolgan buyurtmalarni xotirjam tayyorlang.
Taom harorati meʼyorida emas
- Issiq taom va ichimliklarni yetkazish paytida issiqlikni saqlaydigan maxsus qadoqlarga soling va qoʻshimcha ravishda ularni termopaketlarga oʻrang.
Diqqat
Restoran baholari reytingiz Yandex Eats kuryer-hamkorlari tomonidan yetkazganda 3.8 ballgacha tushsa, muammoni hal qilguncha hamkorlikni toʻxtatib turish huquqiga egamiz.
Buyurtmalarni qanday qilib bekor qilmaslik mumkin
Agar bekor qilishlar boʻlsa, sabablarini tahlil qiling:
Oshxonada ish koʻp, dam olish kunlari, tadbir yoki favqulodda holat
- Vaqtincha buyurtmalarni qabul qila olmasangiz, restoranni Restoranlar yoki Buyurtmalar boʻlimida pauzaga qoʻying. Shunda sizda qabul qilingan buyurtmalarni tayyorlab olish, foyda va foydalanuvchilar ishonchini yoʻqotmaslik uchun imkoniyat boʻladi.
Sizga telefon qilib, ulana olmadik
- Restoran kontaktini tekshiring yoki Restoranlar boʻlimida yangisini qoʻshing.
Taom mavjud emas
- Buyurtma tarkibini qabul qilmasdan oldin tekshiring va restoran stop-listini tez-tez yangilang. Agar buyurtmani qabul qilgan boʻlsangiz, lekin uni toʻliq tayyorlay olmasangiz – foydalanuvchiga telefon qiling va buyurtma tarkibini oʻzgartirishni taklif qiling.
Belgilangan ish vaqtidan oldin yopildi
- Ish jadvalini yangilang va buyurtma qabul qilishga tayyor boʻladigan real vaqtni kiriting. Kuryer buyurtmani olib ketishi mumkin boʻlgan vaqtni ham hisobga oling.
Restoranda texnik muammolar
- Ishni boshlashdan avval buyurtma bilan ishlaydigan qurilmalaringiz sozligini va istalgan savdo nuqtasida internet yaxshiligini tekshiring. Eski qurilmalardan foydalanmaslik kerak, ularda ilova sekin ishlashi mumkin. Hammasi joyida, lekin texnik muammolar yechilmasa yordam xizmatiga murojaat qiling.
Kuryer kech qoldi
- Yetkazish vaqtini uzaytiring va yetkazish hududi radiusini qisqartiring. Agar yetkazish uchun tayyorlashga ulgurmayotgan boʻlsangiz, tayyorlash vaqtini maʼlum muddatga uzaytirishni tavsiya etamiz.
Buyurtma toʻgʻri taxlanmagan
- Kuryerga berishdan oldin tayyorlangan buyurtma ilovadagi bilan mos kelishini tekshiring. Foydalanuvchining buyurtmaga sharhlarini hisobga oling va kerak boʻlsa, ovqatlanish anjomlarini soling.
Buyurtma yetkazilmadi
- Buyurtmani qabul qilishdan avval foydalanuvchiga telefon qilib, yetkazishni kelishib oling. Agar telefon qilib tusha olmasangiz, yordam xizmatiga murojaat qiling. Agar buyurtmalarni vaqtida tayyorlashga ulgurmayotgan boʻlsangiz, yetkazish vaqtini uzaytiring va yetkazish hududi radiusini qisqartiring.
Buyurtmani vaqtidan avval tayyorladingiz va yetkazdingiz
- Yertkazish hududlari boʻlimida yetkazish vaqtini qisqartiring. Agar buyurtmani oldinroq yetkazmoqchi boʻlsangiz, bu haqda foydalanuvchi bilan kelishib oling.
Diqqat
Agar restoranning bekor qilishlar reytingi 1,0 dan tushib ketsa, muammolar hal etilgunga qadar restoran bilan hamkorlikni toʻxtatishga haqlimiz.