Aksiyalar qanday boʻladi
- Menyuga yoki ayrim pozitsiyalarga chegirma
- Hadya sifatida taom
- Bitta narxiga ikkita
- Yangi mijozlar uchun bepul yetkazish
Aksiyani tanlash uchun quyidagi uchta qadamni bajaring:
1-qadam. Aksiya maqsadini aniqlaymiz
- Mahsulot aylanmasini oshirish
- Oʻrtacha chekni oshirish
- Mijozlarni yangi taom bilan tanishtirish
- Yangi auditoriyani jalb etish
2-qadam. Aksiya turini aniqlaymiz
- Agar maqsad – mahsulot aylanmasini oshirish boʻlsa, Bitta narxiga ikkita yoki Menyuga yoki ayrim pozitsiyalarga chegirma mos keladi
- Agar maqsad – oʻrtacha chekni oshirish boʻlsa, Hadya sifatida taom aksiyasini oʻtkazish mumkin
- Agar maqsad – yangi taomni tanitish boʻlsa, yangi pozitsiya bilan Hadya sifatida taom aksiyasini ishga tushirishni yoki ushbu taom bilan Bitta narxiga ikkita aksiyasidan foydalanishni tavsiya qilamiz
- Agar maqsad – yangi auditoriyani jalb qilish boʻlsa, Yangi mijozlar uchun bepul yetkazish aksiyasini tanlang
3-qadam. Aksiya uchun taomlarni aniqlaymiz
- Agar maqsad – mahsulot aylanmasini oshirish boʻlsa, foydalanuvchilar orasida eng mashhur va shu bilan birga, siz uchun marjinal taomlarni tanlang
- Agar maqsad – oʻrtacha chekni oshirish boʻlsa, har qanday talabgir taomlardan foydalanish mumkin
- Agar maqsad – mijozlarni yangi taom bilan tanishtirish boʻlsa, undan aksiyada foydalaning
Aksiyada ishtirok etayotgan pozitsiyalarga talablar
Aksiya samarali va foydalanuvchilar uchun jozibador boʻlishi uchun taomlar va shartlar talablarga mos kelishi kerak:
Menyuga yoki ayrim pozitsiyalarga chegirma
- Asosiy restoran menyusidan kamida uchta taom ishtirok etadi
- Taomlar ichimlik, shirinlik, oddiy garnir, sous, ovqatga qoʻshimcha boʻlmasligi kerak – bunday pozitsiyalar asosiy roʻyxat yuqorisida kiritiladi
Х UZS dan boshlanuvchi buyurtma uchun taom hadya sifatida
- Hadya olish uchun Х UZS summa = oʻrtacha chek + 7500 UZS – kamroq mumkin, lekin koʻproq emas
- Hadya narxi – X UZS summaning 20% qismidan kam emas
- Hadya sifatida taom aksar foydalanuvchilar uchun mos keladi
- Hadya boʻlmasligi kerak: ichimlik, shirinlik, oddiy garnir, sous, ovqatga qoʻshimcha
Bitta narxiga ikkita
- Asosiy restoran menyusidan kamida uchta taom ishtirok etadi
- Uchta asosiy taom ichimlik, shirinlik, oddiy garnir, sous, ovqatga qoʻshimcha boʻlmasligi kerak – bunday pozitsiyalar asosiy roʻyxat yuqorisida kiritiladi
- Aksiyada jami istalgan taomlar ishtirok etishi mumkin
Yangi mijozlar uchun bepul yetkazish
- Aksiyani sizda biror marta ham buyurtma bermagan foyadalanuvchilar koʻradi – siz budjetni faqat unikal auditoriyaga sarflaysiz
- Aksiya narxi har bir buyurtmani yetkazish xarajatlaridan tashkil topadi. Uni restoran tushumidan ayiramiz
- Aksiya uchun oraliq xarajatlarni restoran pochtasiga yuboramiz, umumiy xarajatlarni esa oylik hisobotda chiqaramiz
- Agar aksiya budjeti xohlangan tugash sanasidan oldinroq tugasa, aksiya avtomatik yakunlanadi.
Maqola foyda berdimi?
Avvalgisi
Keyingisi