Buyurtmani qanday qabul qilish
Yangi buyurtma kelganida ovozli bildirishnoma chalinadi. Agar ovozli bildirishnoma chalinmasa, qurilmadagi ovoz sozlamasini tekshiring. Shaxsiy kabinetni kompyuter yoki noutbukdan ochsangiz, brauzer sozlamalarida ovozli bildirishnomalarga ruxsat bering.
Yangi buyurtmalar shaxsiy kabinetda sariq rang bilan ajratiladi, Buyurtmalar boʻlimi qizil nuqta bilan belgilanadi.
Buyurtma qabul qilish uchun:
- Buyurtmaga bosing – buyurtma maʼlumotlari oynasi ochiladi.
- Buyurtmani qabul qilishni bosing.
Sharh
Buyurtmani qabul qilishdan oldin uning tarkibini diqqat bilan tekshiring: hammasini tayyorlay olasizmi, buyurtma boʻyicha foydalanuvchi fikrlarini inobatga olish mumkinmi.
Buyurtma oynasida chiqadi:
- buyurtmaning unikal raqami;
- buyurtma tarkibi;
- har bir taomning narxi va vazni;
- buyurtmaning jami summasi;
- ovqatlanish anjomlari soni;
- kuryerning ismi va telefoni;
- buyurtmaga foydalanuvchining fikrlari.
Ochiq buyurtmalarda pozitsiyalarga qoʻshimcha variantlar, agar ular mavjud boʻlsa, koʻrinib turadi. Variantlar buyurtma qilingan taom ostida joylashadi va sart boshi bilan ajratiladi. Agar foydalanuvchi bitta pozitsiyani bir necha marta buyurtma qilsa-yu, variant bitta boʻlsa, u har bir pozitsiyaga tatbiq qilinadi.
Masalan, agar foydalanuvchi bitta “Karamel sirop” varianti bilan ikkita ichimlik buyurtma qilgan boʻlsa, har bir ichimlikka karamel sirop zarur.
Agar foydalanuvchi bitta pozitsiyani bir necha marta buyurtma qilsa-yu, variantlar bir nechta boʻlsa, har bir pozitsiyaning oʻz qoʻshimcha varianti boʻladi.