Oʻzi olib ketish qanday yoqiladi
Oʻzi olib ketish – buyurtmani restorandan foydalanuvchiga topshirishning yana bitta usuli Foydalanuvchi ilovada buyurtma beradi, taomni olib ketadigan vaqtni koʻrsatadi va tayyor taom uchun restoranga keladi.
Oʻzi olib ketishning afalliklari
- Yetkazishning cheklanmagan hududi – foydalanuvchi shaharning istalgan nuqtasidan buyurtma berishi mumkin
- Xavfsizlik kafolati – biz tasdiqlangan buyurtmalar uchun naqdsiz toʻlovni oʻtkazamiz, hatto foydalanuvchilar ular uchun kelmasa ham
- Menyuga faqat oʻzi olib ketiladigan taomlarni qoʻshish imkoniyati – bu issiq ichimliklar uchun qulay
Oʻzi olib ketish qanday ishlaydi
- Foydalanuvchi ilovada restoranni tanlaydi – oʻzi olish ketish imkoniyatiga ega restoranlar maxsus filtr bilan belgilanadi
- Biz foydalanuvchiga u restorandagi buyurtmani olib ketishi mumkin boʻlgan vaqtni koʻrsatamiz. Yuborish nuqtasi – bu siz ulanish vaqtiga koʻrsatgan tayyorlash vaqti
- Foydalanuvchi ilovada buyurtmaga toʻlaydi
- Buyurtma restoranga kelib tushadi. Oʻzi olib ketish uchun barcha buyurtmalarda maxsus belgi bor – unda buyurtma raqami, foydalanuvchining kelish vaqti va aloqa uchun uning shifrlangan telefoni mavjud boʻladi
- Siz buyurtmani tayyorlaysiz va yigʻasiz. Foydalanuvchi buyurtmani qachon qabul qilishi mumkinligini tushunishi uchun tayyorlik holatini oʻz vaqtida belgilang
- Foydalanuvchi restoranga belgilangan vaqtda keladi
- Siz buyurtmani foydalanuvchiga berasiz va tayyorlik holatini bosasiz
Nimaga diqqar qaratish kerak
- Buyurtmani foydalanuvchi kelguncha yigʻing – kelish vaqti buyurtma haqidagi axborotda koʻrsatilgan
- Buyurtmani berishdan oldin foydalanuvchi bilan buyurtma raqamini tasdiqlang
- Oʻzi olib ketish buyurtmalarini foydalanuvchilarga navbatdan tashqari bering
- Agar foydalanuvchi ancha kechikasa, unga buyurtma haqidagi axborotga koʻrsatilgan raqami orqali chaqiruv qiling. Agar chaqiruv qilib boʻlmasa, yordam xizmatiga murojaat qiling. Kelish vaqti tugagan paytdan boshlab foydalanuvchini kamida 2 soat kutish uchun buyurtmani qoldiring.
Oʻzi olib ketish qanday yoqiladi
Yordam xizmati boʻlimiga kiring va kerakli restoranni tanlang → Boshqa → restoranda oʻzi olib ketishni yoqmoqchi ekaningizni yozing
Diqqat
Restoran haqidagi koʻrsatilgan axborotdagi manzil boʻyicha restoraningizni topish oson ekaniga ishonch hosil qiling. Zarur boʻlganda foydalanuvchi uchun manzilda fikr bildiring.
Maqola foyda berdimi?
Keyingisi