---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.54.2
alternate:
  - https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/ru/orders/min-problems.md
  - https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/uz/orders/min-problems.md
  - href: uz/orders/min-problems.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/uz/llms.txt

# Buyurtma bilan bogʻliq muammolarni qanday kamaytish mumkin

Restoran foydalanuvchilarning kutganini oqlasa, ular buyurtmalaridan qoniqish hosil qiladi, siz esa — hamkorligimizdan mamnun boʻlasiz.

Muammoli buyurtmalarni kamaytirish boʻyicha bir nechta maslahatlar:

- buyurtmani qabul qilishdan avval uning tarkibini tekshiring;
- kun davomida restoranning faol stop-listini dastaklang;
- eng koʻp buyurtma qilinadigan taomlar roʻyxatini tuzing va ularning mavjudligini diqqat bilan kuzating;
- ish jadvalingizni, oshxona va zaldagi yuklamani kuzatib boring.

Bu maslahatlar buyurtma tarkibiga oʻzgartirish kiritish yoki uning bekor qilinishi tufayli daromadni yoʻqotish kabi vaziyatlardan qochishingizga yordam beradi.


## Agar tayyorlashga ulgurmayotgan boʻlsangiz, nima qilish kerak {#no-delivery}

Agar buyurtmalarni tayyorlashga ulgurmayotgan boʻlsangiz, **yuqori yuklama rejimi** bandini yoqing.

**Bu yordam beradi**

- Sizga — tayyorlash vaqtini oshirish va buyurtmalarni saqlashga
- Kuryerlarga — kerakli vaqtda kelishga
- Foydalanuvchilarga — tayyorlashning dolzarb vaqtini koʻrishga

****Buyurtmalar** boʻlimida yuqori yuklama qanday yoqiladi**

1. [Buyurtmalar](https://vendor.yandex.com/active) boʻlimida kerakli restoranni tanlang va chaqmoq belgisini bosing
    
    ![](../_assets/hight-load-8.png){.border-yes}

1. Tayyorlash vaqtini necha daqiqaga oshirish va yangi vaqt qancha vaqt amal qilishini tanlang → **Yoqish**. Bu muddat tugashi bilan tayyorlash vaqti standart holatga qaytadi
    
    ![](../_assets/hight-load-9.png){.border-yes}


****Restoranlarim** boʻlimida yuqori yuklama qanday yoqiladi**

1. [Restoranlarim](https://vendor.yandex.com/places) boʻlimida kerakli restoranni tanlang va chaqmoq belgisini bosing
    
    ![](../_assets/hight-load-10.png){.border-yes}

1. Tayyorlash vaqtini necha daqiqaga oshirish va yangi vaqt qancha vaqt amal qilishini tanlang → **Yoqish**. Bu muddat tugashi bilan tayyorlash vaqti standart holatga qaytadi
    
    ![](../_assets/hight-load-11.png){.border-yes}



{% note alert %}

Agar restoranni oʻrtacha tayyorlash vaqti 70 daqiqa boʻlsa, yuqori yuklama rejimini yoqib boʻlmaydi.

{% endnote %}


Rejim faqat yuqori yuklama vaqtida qabul qilingan buyurtmalarga amal qiladi. Uni yuqoridagi koʻrsatmalar boʻyicha uzaytirishingiz yoki chaqnoq belgisi → **Faolsizlantirish** bandini bosish orqali odatiy rejimga qaytishingiz mumkin.

![](../_assets/hight-load-12.png){.border-yes}

![](../_assets/hight-load-13.png){.border-yes}

Agar buyurtmalarni vaqtincha umuman qabul qila olmasangiz, **restoranni pauzaga qoʻying**.

1. [Restoranlarim](https://vendor.yandex.com/places) boʻlimida kerakli restoranni tanlang → **Faolsizlantirish**
    
    ![](../_assets/hight-load-14.png){.border-yes}

1. Faolsizlantirish sababini va restoran buyurtmalar uchun yopiq boʻladigan muddatni belgilang va **Toʻxtatish** tugmasini bosing — bu vaqt tugashi bilan restoran avtomatik tarzda yoqiladi
    


{% note alert %}

Foydadan mahrum boʻlmaslik uchun restoranni faqatgina zaruriy holatlarda oʻchiring.

{% endnote %}


<!-- source: uz/_includes/border-style.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/border-style.md -->
