Buyurtma bilan bogʻliq muammolarni qanday kamaytish mumkin

Restoran foydalanuvchilarning kutganini oqlasa, ular buyurtmalaridan qoniqish hosil qiladi, siz esa — hamkorligimizdan mamnun boʻlasiz.

Muammoli buyurtmalarni kamaytirish boʻyicha bir nechta maslahatlar:

  • buyurtmani qabul qilishdan avval uning tarkibini tekshiring;
  • kun davomida restoranning faol stop-listini dastaklang;
  • eng koʻp buyurtma qilinadigan taomlar roʻyxatini tuzing va ularning mavjudligini diqqat bilan kuzating;
  • ish jadvalingizni, oshxona va zaldagi yuklamani kuzatib boring.

Bu maslahatlar buyurtma tarkibiga oʻzgartirish kiritish yoki uning bekor qilinishi tufayli daromadni yoʻqotish kabi vaziyatlardan qochishingizga yordam beradi.

Agar tayyorlashga ulgurmayotgan boʻlsangiz, nima qilish kerak

Agar buyurtmalarni tayyorlashga ulgurmayotgan boʻlsangiz, yuqori yuklama rejimi bandini yoqing.

Bu yordam beradi

  • Sizga — tayyorlash vaqtini oshirish va buyurtmalarni saqlashga
  • Kuryerlarga — kerakli vaqtda kelishga
  • Foydalanuvchilarga — tayyorlashning dolzarb vaqtini koʻrishga

Buyurtmalar boʻlimida yuqori yuklama qanday yoqiladi

  1. Buyurtmalar boʻlimida kerakli restoranni tanlang va chaqmoq belgisini bosing

  2. Tayyorlash vaqtini necha daqiqaga oshirish va yangi vaqt qancha vaqt amal qilishini tanlang → Yoqish. Bu muddat tugashi bilan tayyorlash vaqti standart holatga qaytadi

Restoranlarim boʻlimida yuqori yuklama qanday yoqiladi

  1. Restoranlarim boʻlimida kerakli restoranni tanlang va chaqmoq belgisini bosing

  2. Tayyorlash vaqtini necha daqiqaga oshirish va yangi vaqt qancha vaqt amal qilishini tanlang → Yoqish. Bu muddat tugashi bilan tayyorlash vaqti standart holatga qaytadi

Diqqat

Agar restoranni oʻrtacha tayyorlash vaqti 70 daqiqa boʻlsa, yuqori yuklama rejimini yoqib boʻlmaydi.

Rejim faqat yuqori yuklama vaqtida qabul qilingan buyurtmalarga amal qiladi. Uni yuqoridagi koʻrsatmalar boʻyicha uzaytirishingiz yoki chaqnoq belgisi → Faolsizlantirish bandini bosish orqali odatiy rejimga qaytishingiz mumkin.

Agar buyurtmalarni vaqtincha umuman qabul qila olmasangiz, restoranni pauzaga qoʻying.

  1. Restoranlarim boʻlimida kerakli restoranni tanlang → Faolsizlantirish

  2. Faolsizlantirish sababini va restoran buyurtmalar uchun yopiq boʻladigan muddatni belgilang va Toʻxtatish tugmasini bosing — bu vaqt tugashi bilan restoran avtomatik tarzda yoqiladi

Diqqat

Foydadan mahrum boʻlmaslik uchun restoranni faqatgina zaruriy holatlarda oʻchiring.