---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.54.2
alternate:
  - https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/ru/menu/moderation.md
  - https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/uz/menu/moderation.md
  - href: uz/menu/moderation.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/eda-vendor-uz/uz/llms.txt

# Taomlarni moderatsiya qilish

## Taomlarni moderatsiya qilish {#moderation_1}

Yetkazish uchun pozitsiyalarga [bir qator majburiy talablar](https://yandex.com/project/eats/uz/rest_menu) boʻlib, bunday taomlar menyuga qoʻshilgandan keyin moderatsiyadan oʻtadi.

Moderatsiya xulosasiga koʻra:

- pozitsiya tahrirsiz qabul qilinadi;
- menyu foydalanuvchilarga sifatli koʻrinishi uchun pozitsiyadagi imloviy xatolar tuzatilib qabul qilinadi;
- agar pozitsiyani yetkazishga qoʻsha olmasak yoki u haqida muhim maʼlumotga ega boʻlmasak, pozitsiya rad etiladi.

Pozitsiya rad etilsa, uning oldida qizil undov belgisi paydo boʻladi. Taom nega qabul qilinmaganini bilish uchun pozitsiya oldidagi ![](../_assets/icon/dots.svg) tugmasini bosing va **Tahrirlash**ni tanlang. Rad etish sababi koʻrsatilgan taom oynasi ochiladi.

Rad etish sabablarti haqida batafsil [Nega taomlar moderatsiyadan oʻtmaydi](#dish-moderation) maqolasida oʻqing.

## Nega taom moderatsiyadan oʻtmayapti

Pozitsiya rad etilsa, uning oldida qizil undov belgisi paydo boʻladi. Taom nega qabul qilinmaganini bilish uchun pozitsiya oldidagi ![](../_assets/icon/dots.svg) tugmasini bosing va **Tahrirlash**ni tanlang. Rad etish sababi koʻrsatilgan taom oynasi ochiladi.

Rad etish sabablari:

**Tarkibida qanday goʻsht va dengiz mahsulotlari borligini ayting**

 
:   Taom tavsifida uning tarkibiga qanday goʻsht va dengiz mahsulotlari kirishi aniq koʻrsatilishi kerak. Masalan: “Dengiz mashulotlaridan shoʻrva”. Tarkibi: midiyalar, qirol qisqichbaqalari, marinadlangan sakkizoyoq, bulyon, kartoshka, sabzi, tuz.

**Masalliqlarni sanab oʻting**

 
:   Hech boʻlmasa asosiy masalliqlarni koʻrsatish kerak, shuningdek, agar nostandart boʻlsa, tayyorlash va taqdim etish uslubini ham yozing. Masalan: “Lososli poke”. Tarkibi: guruch, avokado, losos. Banan yaprogʻida beriladi.

**Taom masalliqlari yetishmayapti**

 
:   Taom nomiga koʻra, uning tarkibidagi hamma masalliqlar koʻrsatilmagan – baʼzida uning borligi juda muhim. Masalan: “Oʻrdak goʻshtli osh”. Tarkibi: guruch, oʻrdak goʻshti, sabzi, piyoz.

**Tanlash uchun opsiya guruhi yoki assortimentini belgilang**

 
:   Foydalanuvchi muhimini tanlay olishi uchun opsiyalarda barcha ehtimoliy taom variantlarini keltiring. Masalan: “Rich sharbati”. Opsiya guruhi: tanlash uchun taʼm. Opsiyalari: apelsin, olma, ananas.

**Sonini donalab kiriting**

 
:   Bir porsiyaga aynan nechta dona pozitsiyasi kirishini ayting. Masalan: “Tovuqli naggetslar” (5 dona).

**Tayyorlash vaqti juda uzoq**

 
:   Biz taom foydalanuvchiga chiroyli va issiq tarzda kelishiga harakat qilamiz – xuddi hozirgina tayyorlanganidek. Shuning uchun ham uzoq vaqt tayyorlanadigan taomni yetkazish menyusiga qoʻshmaslik kerak.
    
    Yandex Eats ishlayotgan koʻpchilik restoranlar uchun maksimal taom tayyorlash vaqti – 45 daqiqagacha, pirog va pishiriqlarga ixtisoslashgan restoranlar uchun – 60 daqiqa. Oldindan buyurtma bilan tayyorlanadigan taomlarni ham menyuga qoʻshmaslik kerak.
    
    [Menyuga talablar](https://yandex.com/project/eats/uz/rest_menu) haqida batafsil.

**Taomni vazni boʻyicha qoʻshish mumkin emas**

 
:   Yetkazish menyusiga taomni vazni boʻyicha qoʻshib boʻlmaydi, lekin belgilangan vazn boʻyicha bir nechta variantlar kiritish mumkin. Masalan: “Sezar salati” (150 gramm), “Sezar salati” (300 gramm).
    
    [Menyuga talablar](https://yandex.com/project/eats/uz/rest_menu) haqida batafsil.

**Yetkazish uchun mos emas**

 
:   Bu pozitsiya Yandex Eats kuryer hamkorlari yetkazishi uchun mos kelmaydi.
    
    [Menyuga talablar](https://yandex.com/promo/eats/am/rest_menu) haqida batafsil.

**Energetik ichimliklar va alkogol yetkazish taqiqlangan**

 
:   Shahringizda energetik ichimliklar va alkogol yetkazish qonunan taqiqlangan.

**Kinoyali yoki haddan tashqari provokatsion nom**

 
:   Biz kinoyali yoki haddan tashqari provokatsion nomga yoʻl qoʻymaymiz, chunki Yandex Eatsʼdan bolalar va oʻsmirlar ham foydalanishi mumkin.

**Bu aksiya boʻyicha taom — [alohida ariza](https://yandex.com/project/eats/uz/rest_menu) toʻldirish kerak**

 
:   Aksiya takliflari uchun foydalanuvchilarning eʼtiborini sizning menyungizdagi alohida taomlarga qaratadigan mexanizmdan foydalanamiz.
    
    Arizani shaxsiy kabinet orqali toʻldirish mumkin → [Yordam boʻlimi](https://vendor.yandex.com/chats) → Hamkorlik va tanituv → Aksiyalar.
    
    Aksiyalar haqida batafsil [Aksiyalar](../promotion.md) maqolasida oʻqing.

**Diametr yoki hajmini koʻrsating**

 
:   Yandex Eats hamkor kuryerlari sumkasiga sigʻishini bilishimiz uchun pitsa va piroglar tavsifida ularning hajmi santimetrda koʻrsatilishi kerak. Yumaloq pitsa va piroglarning diametrini oʻlchang. Kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak yoki uchburchak uchun – eng uzun tomoni uzunligi. Masalan: “Margarita pitsasi” (30 sm).

**Toʻplamga kiruvni taomlar nomini sanang**

 
:   Kombo, lanchlar va boshqa toʻplamlar uchun unga kiruvchi pozitsiyalarning toʻliq tarkibi koʻrsatilishi kerak. Masalan: “Chizkeyklar toʻplami”. Tarkibi: limonli chizkeyk (1 dona), Nyu-York chizkeyki (1 dona), malinali chizkeyk (1 dona).

**Yetkazishga mos kelmaydi: muzqaymoqli taomlarni qoʻsha olmaymiz**

 
:   Yandex Eats hamkor kuryerlari orqali muzqaymoq yetkazish uchun maxsus qadoqlarni xarid qilishingiz kerak:
    
    - zich qadoqlash – qopqoqli yopiq idish yoki penoplastdan tayyorlangan maxsus quti;
    - qopqoqni mahkamlab yopish;
    - yopiq idish kamida ikki qatlamli boʻlishi kerak – agar u kartondan boʻlsa.
    
    Agar sizda shunday idish boʻlsa, vendor-uz@eats.yandex.com manziliga yozing va xatga idish rasmini ilova qiling. Agar idish yoʻq boʻlsa, yetkazish uchun mos keladiganini xarid qiling – keyin bizga uning rasmini yuboring.

**Yetkazishga mos kelmaydi: issiq ichimliklarni qoʻsha olmaymiz**

 
:   Issiq ichimlik restoraningizdan yetkazish jarayonida kerakli haroratni saqlamaydi. Yandex Eats hamkor kuryerlari orqali issiq ichimliklarni yetkazish uchun:
    
    1. Foydalanuvchilar ichimlikni buzilmagan va kerakli haroratda olishi uchun restoraningizdan yetkazish hududi radiusini 1,2 kilometrgacha kamaytiring.
        
    1. Yetkazish uchun tegishli talablarga mos qadoqlarini sotib oling:
        
        - stakan ushlagichining mavjudligi;
        - ichgich va teshiklarsiz qopqoqning mavjudligi – yoki yopishtirilgan ichgich bilan;
        - qopqoq stakanga mahkam joylashadi;
        - stakan kamida ikki qatlamli.
        
    
    Yetkazish radiusini kamaytirishga rozi boʻlsangiz, vendor-uz@eats.yandex.com manziliga yozing – uni restoraningizdan hamma buyurtmalar uchun oʻzgartiramiz. Agar sizda kerakli qadoq boʻlsa, javob xatida uning rasmini ilova qiling. Agar idish yoʻq boʻlsa, yetkazish uchun mos keladiganini xarid qiling – keyin bizga uning rasmini yuboring.

**Suv gazlangan yoki gazlanmaganini aniqlang**

 
:   Suv gazlangan yoki gazlanmaganini nomida yoki tavsifida koʻrsatish mumkin. Agar ikkala variant ham boʻlsa – pozitsiyaga opsiya guruhini qoʻshing va “Gazli” va “Gazsiz” deb koʻrsating.

**Ichimlik ishlab chiqaruvchisi haqida axborotni aniqlang**

 
:   Ichimlik nomi yoki tavsifidan foydalanuvchiga ichimlik qaysi brend ostida sotilishi – uchinchi tomon ishlab chiqaruvchisi yoki restoranning oʻz mahsuloti ekani aniq boʻlishi kerak.

**Mahsulot haqida axborotni toʻldiring**

 
:   Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasiga muvofiq nooziq-ovqat mahsulotlarni koʻrsatish lozim:
    
    - asosiy isteʼmol xususiyatlari;
    - sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchining toʻliq firma nomi;
    - sotuvchining manzili (joylashgan oʻrni);
    - tayyorlangan joyi;
    - xizmat muddati;
    - amal qilish muddati va kafolat muddati, agar mavjud boʻlsa.
    
    Masalan: “Qogʻoz stakanlar”. Tavsifi: “Bayram” qogʻoz stakanlari (6 dona). Ishlab chiqaruvchi: Kompaniya MCHJ, Oʻzbekiston, Toshkent, Nurafshon koʻchasi, 1. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan. Saqlash muddati cheklanmagan.

