Aksiyalar

Aksiyalar boʻlimida foydalanuvchilar uchun maxsus va foydali taklifni ishga tushirishingiz mumkin: masalan, buyurtmaga chegirma va hadya.

Yandex Eatsʼda aksiya oʻtkazadigan restoranlar alohida karuselda keltirilgan. Shunday qilib, foydalanuvchilar barcha aksiya takliflarini koʻrishi va buyurtma uchun eng mosini tanlashi mumkin.

Foydalanuvchilar uchun aksiya oʻtkazishingiz mumkin, agar:

  • Restoranning xizmatdagi reytingi – 4.0 dan kam emas

  • Yandex Eatsʼda taomlaringizning 70% qismi surati bilan kiritilgan

  • 90% taomning tavsifi bor

  • 100% taomning vazni kiritilgan

Bu aksiyadan maksimal darajada foydalanish uchun zarur – batafsil taom kartalari foydalanuvchilarga tanlov va buyurtma qilishga yordam beradi.

Aksiyada ishtirok etayotgan pozitsiyalarga talablar

Menyuga yoki ayrim pozitsiyalarga chegirma

  • Asosiy restoran menyusidan kamida uchta taom ishtirok etadi
  • Taomlar ichimlik, shirinlik, oddiy garnir, sous, ovqatga qoʻshimcha boʻlmasligi kerak – bunday pozitsiyalar asosiy roʻyxat yuqorisida kiritiladi

Х UZS dan boshlanuvchi buyurtma uchun taom hadya sifatida

  • Hadya olish uchun kerakli Х UZS summa = oʻrtacha chek + 7500 UZS – kamroq mumkin, lekin koʻproq emas
  • Hadya narxi – X UZS summaning 20% qismidan kam emas
  • Hadya sifatida taom aksar foydalanuvchilar uchun mos keladi
  • Hadya boʻlmasligi kerak: ichimlik, shirinlik, oddiy garnir, sous, ovqatga qoʻshimcha

Bitta narxiga ikkita

  • Asosiy restoran menyusidan kamida uchta taom ishtirok etadi
  • Uchta asosiy taom bular boʻlmasligi kerak: ichimlik, shirinlik, oddiy garnir, sous, ovqatga qoʻshimcha – bunday pozitsiyalar asosiy roʻyxat yuqorisida kiritiladi
  • Aksiyada jami istalgan taomlar ishtirok etishi mumkin

Yangi mijozlar uchun bepul yetkazish

  • Aksiyani sizda biror marta ham buyurtma bermagan foyadalanuvchilar koʻradi – siz budjetni faqat unikal auditoriyaga sarflaysiz
  • Aksiya narxi har bir buyurtmani yetkazish xarajatlaridan tashkil topadi. Uni restoran tushumidan ayiramiz
  • Aksiya uchun oraliq xarajatlarni restoran pochtasiga yuboramiz, umumiy xarajatlarni esa oylik hisobotda chiqaramiz
  • Agar aksiya budjeti xohlangan tugash sanasidan oldinroq tugasa, aksiya avtomatik yakunlanadi.

Nega aksiya foydalanuvchilar uchun koʻrinmayapti

Aksiya Yandex Eats ilovasi va saytida asosiy ekrandan yoʻqolishining eng keng tarqalgan sabablari:

  • siz aksiya taomini stop-listga kiritdingiz
  • siz aksiya boshlanganidan keyin taomni oʻzgartirgansiz
  • Bitta narxiga ikkita yoki Menyuga yoki ayrim pozitsiyalarga chegirma aksiyasi boʻyicha uchtadan kamroq aksiyadagi taomlar qolgan

Yuqoridagilardan hech biri sizning holatingizga mos kelmasa, yordam xizmatiga murojaat qiling.

Avvalgisi
Keyingisi