Restoranlar

Restoranlar boʻlimida shaxsiy kabinetga bogʻlangan barcha restoranlar roʻyxati mavjud. Buyurtma olishni toʻxtatish uchun restoranga oʻtishingiz yoki uni oʻchirishingiz mumkin.

Restoranni ulash uchun havolaga oʻting.

Buyurtma qabul qilishni toʻxtatish uchun:

  1. Restoranni tanlang va Oʻchirishni bosing.

  2. Restoran buyurtmalar uchun yopiq boʻladigan muddatni belgilang – bu vaqt tugashi bilan restoran avtomatik tarzda yoqiladi.

  3. Toʻxtatishni bosing.

Agar restoran faoliyatini bir necha kunga toʻxtatish kerak boʻlsa, vendor-uz@eats.yandex.com manziliga yozing.

Restoran reytingiz ikkita varaqdan iborat: Reyting va Axborot.

Restoran reytingi

Biz restoranlar reytingini hisoblashni oʻzgartirdik. Endi reyting foydalanuvchi uchun yanada obyektiv va tushunarli boʻldi. Bu haqda Reyting va sharhlarni qayerdan koʻrish mumkin maqolasida batafsil oʻqing.

Restoran reytingi ishingiz sifatini koʻrsatadi. Yashil strelka – oxirgi paytda reyting oshganini, qizil strelka – tushib ketganini bildiradi.

Sizning koʻrsatkichlaringiz boʻyicha mutaxassis maslahatini olish uchun shaxsiy kabinetga kiring → Yordam boʻlimi → Hamkorlik va tanituv → Koʻrsatkichlar boʻyicha maslahat. Agar baholar yoki bekor qilishlar restoran sifatiga bogʻliq emas deb hisoblasangiz, shaxsiy kabinet → Yordam bo‘limi → Buyurtma boʻyicha savol → Bahoni yoki bekor qilishni oʻchirish orqali uni reyting hisobidan olib tashlash so‘rovini qoldiring.

Biron restoran ustiga bossangiz, uning reyting sahifasi ochiladi. U bir qancha bloklardan iborat:

Restoran reytingi

Bu yerda restoranning joriy reytingi va kun davomida qanday oʻzgarganini koʻrish mumkin. Quyida restoranning yakuniy reytingiga taʼsir qiluvchi ikkita koʻrsatkichning taqqoslanishi keltirilgan:

  • Foydalanuvchilar bahosi – buyurtmalar boʻyicha oxirgi 200 ta bahoga asoslangan oʻrtacha koʻrsatkichdir: yangi baholar reytingga kuchliroq taʼsir qiladi;
  • Bekor qilishlar reytingi – bu besh ballik shkalaga oʻgirilgan restoran tomonidan bekor qilingan buyurtmalar foizi: buyurtmalarni qancha kam bekor qilsangiz, reyting shunchalik yuqori boʻladi.

Reyting dinamikasi

Bu grafik reytingingiz joriy va oʻtgan haftada qanday oʻzgarganini koʻrsatadi.

Foydalanuvchilar bahosi

Bu grafik oxirgi 200 ta foydalanuvchi baholarini koʻrsatadi – har bir nominal uchun baholar sonini koʻrish mumkin. Oʻng tarafdagi reytinglar eng yangi.

Reyting qanday oshiriladi

Bu yerda foydalanuvchilar restoraningizdan buyurtma berish paytida salbiy baho qoʻyganda yozgan eng asosiy shikoyatlari va reytingni yaxshilash va foydalanuvchilarning salbiy sharhlaridan qochish boʻyicha maslahatlar koʻrsatilgan.

Restoranga sharhlarni koʻrish uchun Sharhlarni koʻrishni bosing.

Bekor qilishlar reytingi

Bu grafik joriy bekor qilish reytingi va restoran tomonidagi bekor qilingan buyurtmalar dinamikasini koʻrsatadi.

Bekor qilishlar sonini qanday kamaytirish mumkin

Oʻng tarafda bekor qilingan buyurtmalarning eng keng tarqalgan sababi va muammoli buyurtmalar sonini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar keltirilgan.

Restoran tomonidan bekor qilingan barcha buyurtmalarni va tafsilotlarini koʻrish uchun Bekor qilish tarixini bosing.

Restoran haqida axborot

Restoran haqidagi maʼlumotlarni koʻrish uchun restoranni tanlang va Axborot sahifasiga oʻting. U bir qancha bloklardan iborat:

Ish jadvali

Bu yerda joriy ish jadvalini koʻrishingiz mumkin: doimiy ish jadvali, bayram yoki dam olish kunlaridagi ish jadvali. Oʻzgarishlar kiritish uchun Oʻzgartirish tugmasini bosing.

Sharh

Ish vaqtini faqat shaxsiy kabinetga kengaytirilgan ruxsati bor hisoblar oʻzgartira oladi. Bunday ruxsatni shaxsiy kabinet orqali olish mumkin → Yordam boʻlimi → Shaxsiy kabinet → Shaxsiy kabinetga kirish ruxsati.

Umumiy maʼlumot

Bu yerda tanlangan restoran haqida umumiy maʼlumotni koʻrishingiz mumkin: kontaktlar, manzil, kuryer uchun manzilga sharh va hokazo.

Restoran maʼlumotlarini oʻzgartirish uchun:

1. Yangilash kerak boʻlgan maʼlumotlar qarshisidagi Oʻzgartirish tugmasini bosing.

2. Oʻzgarishlarni kiriting.

3. Saqlash tugmasini bosing.

Sharh

Maʼlumotlarni faqat shaxsiy kabinetga kengaytirilgan ruxsati bor hisoblar oʻzgartira oladi. Bunday ruxsatni shaxsiy kabinet orqali olish mumkin → Yordam boʻlimi → Shaxsiy kabinet → Shaxsiy kabinetga kirish ruxsati.

Buxgalteriya maʼlumotlari

Bu yerda buxgalteriya maʼlumotlarini koʻrishingiz mumkin: yuridik nomi, STIR, hisob raqami va boshqalar.

Sharh

Buxgalteriya maʼlumotlaridan faqat shaxsiy kabinetga kengaytirilgan ruxsati bor hisoblar foydalana oladi. Bunday ruxsatni shaxsiy kabinet orqali olish mumkin → Yordam boʻlimi → Shaxsiy kabinet → Shaxsiy kabinetga kirish ruxsati.

Komissiya

Bu yerda hamkorlik haqidagi axborotni koʻrishingiz mumkin:

  • xizmatga komissiya;
  • ekvayringga komissiya;
  • belgilangan komissiya.

Sharh

Komissiyalar boʻyicha axborotdan faqat shaxsiy kabinetga kengaytirilgan ruxsati bor hisoblar foydalanishi mumkin. Bunday ruxsatni shaxsiy kabinet orqali olish mumkin → Yordam boʻlimi → Shaxsiy kabinet → Shaxsiy kabinetga kirish ruxsati.