Yetazib berish hududlari

Hamkor kuryerlarning yetkazib berish hududi

Xizmatning hamkor kuryerlar yetkazib berish hududi avtomatik tarzda hisoblanadi, uni tahrirlab boʻlmaydi. Radius yetkazib berish tezligi, kuryerlarning bandligiga bog‘liq va kun davomida o‘zgarib turishi mumkin.

Bunday hududni ko‘rish uchun Yetkazib berish hududlari bo‘limiga o‘tib, kerakli restoranni tanlang.

Restoran kuryerlarining yetkazib berish hududi

Restoran kuryerlari yetkazib berish hududlarini mustaqil ravishda kiritish va tahrirlash mumkin.

Hududni kiritish uchun:

  1. Yetkazib berish hududlari bo‘limiga o‘tib, kerakli restoranni tanlang.

  2. Hududni kiritish tugmasini bosing

  3. Hudud parametrlarini tanlang → Yaratish.

    Blokda Hudud yaratish

    Istalgan yaratish usulini tanlang: avtomatik tarzda, fayldan yoki qoʻlda.

    Yetkazish blokida

    Restorandan hududning eng uzoq nuqtasigacha bo‘lgan yetkazib berish vaqtini tanlang. Minimal vaqt – 15 daqiqa, maksimal – 300 daqiqa.

    Ko‘rsatilgan vaqtni tekshirib ko‘ramiz – kiritilgan qiymat kamroq bo‘lsa, tizim avtomatik tarzda xabar beradi. Yandex Maps boʻyicha yo‘llardagi vaziyat va restoraningizdagi kuryer turini inobatga olamiz.

    Foydalanuvchi uchun vaqtni qanday hisoblashimiz haqida maqolada ma’lumot berilgan.

    Kuryer turi blokida

    Bu hududda buyurtmalarni eng ko‘p yetkazib beradigan kuryer turini tanlang. Bu foydalanuvchilarning yetkazib berish muddati bo‘yicha kutilmalarini oqlashga yordam beradi. Shuningdek, bu bizga avtomatik hududni bexato yaratishga yordam beradi.

    E’tibor bering, kuryer turi yetkazib berish tezligiga ta’sir qiladi.

    Yetkazish shartlari blokida

    Yetkazish narxi va hududda buyurtmalarni qaysi summadan boshlab yetkazib berishingizni ko‘rsating. Bir nechta shartlarni qo‘shishingiz mumkin: masalan, 0 ₽ dan 500 ₽ gacha buyurtmalar uchun yetkazib berish narxi X ₽, 500 ₽ dan 1500 ₽ gacha buyurtmalar uchun esa yetkazib berish narxi Y ₽ bo‘ladi.

    Limitlarimiz:

    • Yetkazish narxi – 500 ₽ dan ko‘p emas
    • Minimal buyurtma summasi – 3 000 ₽ dan oshmasligi kerak

Sharh

Foydalanuvchilarning yetkazib berish vaqti bo‘yicha kutilmalarini oqlash uchun bitta katta hudud o‘rniga bir nechta kichik hududlarni kiriting.

Bu buyurtma berish ehtimolini oshirishga ham yordam beradi: agar bir nechta kichik hududlaringiz bo‘lsa, foydalanuvchiga eng maqbul narx va yetkazib berish vaqtini ko‘rsatamiz.

Tayyorlash va yetkazib berishning umumiy vaqtini hisoblash bo‘yicha tavsiyalar

Taxminiy yetkazib berish vaqtini Yandex Maps'da hisoblash mumkin. Buning uchun:

  1. Restoran manzilidan yetkazib berish hududining eng uzoq nuqtasigacha bo‘lgan yo‘nalishni tuzing.

  2. Yetkazib berish usulini tanlang: piyoda kuryer, velosiped yoki avtomobildagi kuryer.

  3. Olingan vaqt – hududda yetkazib berishning minimal muddati.

Tayyorlash va yetkazib berishning umumiy vaqtini hisoblash uchun Yandex Maps'da olingan vaqtga o‘rtacha tayyorlash vaqtini qo‘shing.

Hududni avtomatik tarzda kiritish

Avtomatik yetkazib berish hududi bu – restoran kuryerlari tomonidan siz belgilagan parametrlar asosida biz avtomatik tarzda chizadigan radiusdagi yetkazib berish hududi.

Odatda, hudud chegaralarini yaratish 2 daqiqagacha vaqt oladi. Ular tayyor bo‘lgach, hudud radiusini mustaqil tahrirlashingiz mumkin.

Bunday hududni kiritayotganda, Hudud yaratish blokida Avtomatikni tanlang.

Yetkazib berish hududini fayldan kiritish

Fayldan olingan yetkazib berish hududi bu – restoran kuryerlarning siz bizga bergan geoma’lumotlar keltirilgan fayldagi yetkazib berish hududi.

Bunday hududni kiritish paytida Hudud yaratish blokida Fayldanni tanlang:

  • Agar sizda hajmi 30 Mb dan oshmaydigan KML yoki GeoJSON formatidagi fayl bo‘lsa, uni fayl blokiga tortib olib o‘ting.

    KML fayl namunasi

    GeoJSON fayl namunasi

  • Agar sizda fayl bo‘lmasa, uni tayyorlang va bu blokka tortib olib o‘ting.

    Faylni yaratish uchun Yandex Maps konstruktoridan foydalanish mumkin.

  • Xaritaga faqat belgi va chiziqlarni qo‘shamiz, boshqa elementlar ko‘chirilmaydi.

  • Agar faylda bir nechta yetkazib berish hududi yaratilgan bo‘lsa, biz ularning faqat bittasini chizamiz. Har bir hudud uchun alohida fayl yarating va bir nechta yetkazib berish hududini qo‘shing.

Yetkazib berish hududini qo‘lda kiritish

Qo‘lda belgilangan yetkazib berish hududi bu – restoran kuryerlarining siz ilovada chizgan yetkazib berish hududi.

Bunday hududni kiritayotganda, Hudud yaratish blokida Qoʻldani tanlang.

Hududni chizishni boshlash uchun xarita ustiga bosing.

Keyin kursorni harakatlantirib, hudud chegaralarini belgilash uchun xaritaning tegishli joylariga bosing.

Hammasi tayyor bo‘lgach, **Saqlash **ni bosing

Foydalanuvchi uchun vaqt qanday hisoblanadi

Foydalanuvchilar restoranni tanlashda ko‘pincha oldingi buyurtmaning ijobiy tajribasi va restoran reytingiga e’tibor qaratadi – ikkala omilni yaxshilashga yetkazib berish vaqtini hisoblashning yangi vositasi yordam beradi.

Yangi vositaning foydasi nimada

  • Yetkazib berishning aniqroq vaqti buyurtmalarni bekor qilish va kechikishlar tufayli past baholarni kamaytirishga yordam beradi.
  • Foydalanuvchilarning yetkazib berish vaqti yuzasidan kamroq shikoyatlari reytingni yuqori darajada ushlab turishga yordam beradi.

Foydalanuvchi uchun vaqtni qanday hisoblaymiz

  1. Umumlashtiramiz:

    • minimal tayyorlash vaqti – 15 daqiqa;
    • 5 daqiqa buyurtmani shakllantirish, qadoqlash va topshirishga;
    • Yandex Maps'dagi tirbandliklarni hisobga olgan holda, restorandan foydalanuvchiga yetkazib berish vaqti – kamida 10 daqiqa.
  2. Kechikichga nisbatan foydalanuvchining shikoyatlari asosida individual rad etish koeffitsiyentini tatbiq qilamiz:

    • oxirgi 50 ta buyurtmangiz asosida hisoblab chiqamiz;
    • agar sizda 10 tadan kam buyurtma boʻlsa, individual koeffitsiyent tatbiq qilinmaydi;
    • buyurtmaning kechikishi boʻyicha yaqindagi shikoyat koeffitsiyentni hisoblashda katta ahamiyat kasb etadi.
  3. Siz kiritgan yetkazish vaqti biz hisoblagan vaqt bilan mos kelishini tekshiramiz:

    • agar sizniki bilan bir xil yoki kamroq vaqt hisoblasak, foydalanuvchiga sizning yetkazish vaqtingiz koʻrinadi;
    • agar koʻproq vaqt hisoblasak, foydalanuvchiga bizning yetkazish vaqtimiz koʻrinadi.

    Bunda sizga va foydalanuvchiga tizim bir xil yetkazish vaqtini koʻrsatadi

Yetkazib berish vaqtini qanday qisqartirish mumkin

  • Buyurtma tayyor va Kuryerga topshirish statuslarini o‘z vaqtida bosing. Shu tariqa foydalanuvchi buyurtmasi bilan nima sodir bo‘layotganini ko‘radi. Biz esa yetkazib berish uchun qolgan vaqtni qayta hisoblaymiz – foydalanuvchiga aniqroq vaqtni ko‘rsatamiz va buyurtma dastlab rejalashtirilgan vaqtdan kechroq keladigan boʻlsa, kechikish haqida ogohlantiramiz. Natijada, kechikish haqidagi shikoyatlar kamayishi kerak. Statuslar bilan qanday ishlash haqida maqolada batafsil ma’lumot beramiz.
  • Bitta katta o‘rniga bir nechta kichik hududlarni yarating – shu tarzda foydalanuvchilarning yetkazib berish vaqti boʻyicha kutilmalarini oqlaysiz va buyurtma berish ehtimolini oshirasiz. Agar bir nechta kichik hududlaringiz bo‘lsa, foydalanuvchiga eng tezkor yetkazib berish vaqtini ko‘rsatamiz. Hududlar haqida batafsil maqolada o‘qing.
  • Buyurtmalarni tayyorlashga ulgurmayotgan bo‘lsangiz, Yuqori yuklama rejimini yoqing – bu sizga buyurtmalarni saqlab qolishga, foydalanuvchilarga esa buyurtma yetkazib berilishining aktual vaqtini ko‘rishiga yordam beradi. Buni qanday qilish haqida maqolada o‘qing.

Yetkazib berish hududini qanday o‘zgartirish, faolsizlantirish, yoqish va o‘chirib tashlash mumkin

Hududni tahrirlash uchun

  1. Yetkazib berish hududlari bo‘limiga o‘tib, kerakli restoranni tanlang.

  2. Kerakli hududni tanlang va ustiga bosing.

  3. Hudud parametrlarini tahrirlang → Saqlang.

Hududni faolsizlantirish uchun

Agar muayyan hududga buyurtmalarni vaqtincha yetkazib bera olmasangiz, uni faolsizlantiring:

  1. Yetkazib berish hududlari bo‘limiga o‘tib, kerakli restoranni tanlang.

  2. Kerakli hudud yonidagi sariq oʻchirib-yoqish tugmasini bosing. U kulrang tusga kiradi, hudud esa vaqtincha faolsizlanadi.

Hududni yoqish uchun

  1. Yetkazib berish hududlari bo‘limiga o‘tib, kerakli restoranni tanlang.

  2. Kerakli hudud yonidagi kulrang oʻchirib-yoqish tugmasini bosing. U sariq tusga kiradi, hudud esa yoqiladi.

Hududni oʻchirib tashlash uchun

Agar muayyan hududga buyurtmalarni yetkazib berishni rejalashtirmayotgan bo‘lsangiz, uni o‘chirib tashlang:

  1. Yetkazib berish hududlari bo‘limiga o‘tib, kerakli restoranni tanlang.

  2. Kerakli hududni tanlang va ustiga bosing.

  3. Chiqitdon belgisini bosing

Diqqat

Oʻchirib tashlangan yetkazish berish hududi tiklanmaydi.

Sharh

Restoranning faqat bitta yetkazib berish hududi bo‘lsa, uni o‘chirib bo‘lmaydi. Bunday holda, avval yangi hudud yarating, keyin esa dolzarb bo‘lmagan hududni o‘chirib tashlang yoki mavjud hududni tahrirlang.

Avvalgisi