Tayyorlash vaqti

Tayyorlash vaqti boʻlimida xizmat hamkorlari tomonidan yetkazuvchi restoranlar oʻzining oʻrtacha tayyorlash vaqtini koʻrishi, yuqori yuklamani yoqishi yoki foydali koʻrsatmalarga oʻtishi mumkin.

Oʻrtacha tayyorlash vaqti bu – siz buyurtmalarni tayyorlab, qadoqlaydigan muddatdir. Koʻrsatkich oxirgi bajarilgan 200 ta buyurtma asosida avtomatik hisoblab chiqiladi.

Tayyorlash vaqti nimaga taʼsir qiladi

Buyurtmalar soniga

Tezroq tayyorlaydiganlar buyurtma uchun nisbatan jozibadorlik kasb etib boradi.

Beriladigan joyga

Tezroq tayyorlaydigan restoranlar umumiy roʻyxatda yuqoriroqda chiqishi, yaʼni foydalanuvchilar uchun sezilarliroq boʻlishi va koʻproq buyurtmalarni jalb qilishi mumkin.

Oʻrtacha tayyorlash vaqtni qanday koʻrish mumkin

Vaqtni Tayyorlash vaqti bo‘limida bilib olish mumkin. Xizmat hamkorlari boʻlgan yetkazuvchi restoranlarning tayyorlash vaqti umumiy roʻyxatda boʻladi.

Xizmat hamkorlari orqali yetkazuvchi restoranlarda tayyorlash vaqti

Bunday restoranlarda oʻrtacha tayyorlash vaqti avtomatik hisoblanada – oxirgi 200 ta bajarilgan buyurtma asosida.

Buyurtmalarni qanchalik tez tayyorlab, ularning holatini tez belgilasangiz, vaqt shunchalik kamayadi va aksincha.

Misollarda tahlil qilamiz:

Dastlab, restoran 30 daqiqada tayyorlagan. Keyin esa tezroq tayyor boʻla boshladi – Buyurtma tayyor statusi buyurtma yaratilgach, 20 daqiqadan keyinroq qoʻyildi.

Tizim bir necha marta yangi muddat haqida signal qabul qildi va tayyorlash vaqtini 20 daqiqagacha tushirdi.

Restoran doim 30 daqiqa ichida tayyorlagan. Biroq oxirgi buyurtmalarda Buyurtma tayyor statusini vaqtida qoʻyishni unutdi – u keyinroq bosildi.

Tizim bir necha marta yangi muddat haqida signal qabul qildi va tayyorlash vaqtini oshirdi.

Sharh

Tezroq tayyorlaydigan restoranlar qidiruv natijalarida yuqoriroqda chiqishi, yaʼni sezilarliroq boʻlishi va koʻproq buyurtmalar olishi mumkin.

Shuningdek, tayyorlash vaqti kamroq restoranlar buyurtma uchun jozibadorroq – 66% foydalanuvchilar yetkazish tezligini restoran tanlashda muhim omillardan biri deb hisoblaydi.

Oʻz vositalari orqali yetkazuvchi restoranlarda tayyorlash vaqti

Umumiy tayyorlash va yetkazish vaqtining dinamik hisob-kitobi

Tayyorlash vaqti boʻlimida umumiy tayyorlash va yetkazish vaqtining dinamik hisob-kitobiga rozilik berishingiz mumkin.

Dinamik hisob-kitob yordamida tizim umumiy vaqtni bir nechta koʻrsatkichlarga bogʻliq holda doimiy tartibga solib turadi.

Dinamik hisob-kitoblar bilan quyidagilar mumkin:

  • koʻproq buyurtma jalb qilish. Agar tizim restoran ertaroq yetkaza olishini aniqlasa – kamroq yetkazish vaqti belgilaymiz. Shunda foydalanuvchilar sizdan bajonidil buyurtma qiladi;

  • bekor qilishlar va kechikishlar sababli past baholar sonini kamaytirish;

  • foydalanuvchilarning yetkazish vaqti boʻyicha kutilmalarini oqlagan holda ularning sodiqligi va qaytuvchanligini oshirish;

  • yuqori reytingni saqlash – chunki dinamik hisob-kitob yordamida yetkazish tezligiga shikoyatlardan saqlanish mumkin.

Bu qanday ishlaydi

  1. Umumlashtiramiz:

    • tayyorlash uchun minimum 15 daqiqa;

    • 5 daqiqa buyurtmani shakllantirish, qadoqlash va topshirishga;

    • restorandan foydalanuvchigacha yetkazish vaqti Yandex Xaritalar orqali tirbandliklarni hisobga olgan holda – kamida 10 daqiqa.

  2. Kechikichga nisbatan foydalanuvchining shikoyatlari asosida individual rad etish koeffitsiyentini tatbiq qilamiz:

    • oxirgi 50 ta buyurtmangiz asosida hisoblab chiqamiz;

    • agar sizda 10 tadan kam buyurtma boʻlsa, individual koeffitsiyent tatbiq qilinmaydi;

    • buyurtmaning kechikishi boʻyicha yaqindagi shikoyat koeffitsiyentni hisoblashda katta ahamiyat kasb etadi.

  3. Siz kiritgan yetkazish vaqti biz hisoblagan vaqt bilan mos kelishini tekshiramiz:

    • agar siz hudud uchun kiritgandan kamroq vaqt hisoblasak, foydalanuvchiga bizning yetkazish vaqtimizni koʻrsatamiz. Siz kechikmasligingiz, foydalanuvchilar esa buyurtmalarni tezroq olishi uchun vaqtni atigi bir necha daqiqaga oʻzgartiramiz. Agar ulgursangiz, hammasini avvalgi holatga qaytaramiz;

    • agar sizniki bilan bir xil vaqtni hisoblasak, foydalanuvchilarga sizning yetkazish vaqtingiz koʻrinadi;

    • agar koʻproq vaqt hisoblasak, foydalanuvchiga bizning yetkazish vaqtimiz koʻrinadi.

Bunda sizga va foydalanuvchiga tizim bir xil yetkazish vaqtini koʻrsatadi

Misollarda tahlil qilamiz:

1-restoran yetkazish vaqtining dinamik hisob-kitobiga rozilik berdi.

Restoran yetkazish hududini 60 daqiqa etib belgiladi.

Buyurtma qilmoqchi boʻlgan foydalanuvchi restoran yaqinida – qoʻshni uyda yashaydi.

Tizim buyurtmani tayyorlash va shakllantirish vaqtini hisobga oladi, yoʻldagi vaziyatni inobatga olib, yoʻlga ketadigan vaqtni hisoblaydi.

Natijada ilovada haqiqiy yetkazish vaqtini koʻrsatdik. Foydalanuvchi uchun vaqt kamroq va aktualroq boʻldi – shu bois u 1-restoranda buyurtma qilishga qaror qildi.

2-restoran yetkazish vaqtining dinamik hisob-kitobiga rozilik bermadi.

Restoran yetkazish hududini 60 daqiqa etib belgiladi.

Buyurtma qilmoqchi boʻlgan foydalanuvchi restoran yaqinida – qoʻshni uyda yashaydi.

Dinamik hisob-kitob boʻlmaganligi sababli foydalanuvchi ilovada oʻsha 60 daqiqani koʻrdi. Uning uchun bu ancha uzoq vaqt edi, shu bois yetkazish vaqti qisqaroq boʻlgan boshqa restoran qidirishga qaror qildi.

Natijada 2-restoran buyurtma olmadi.

Umumiy tayyorlash va yetkazish vaqti dinamik hisob-kitobiga qanday rozilik berish mumkin

Bitta restoran uchun

  1. Tayyorlash vaqti boʻlimida → Dinamik hisob-kitoblarsiz blokiga oʻting.

  2. Kerakli restoranni tanlang.

  3. Dinamik hisoblash1 ta restoran uchun yoqish tanlovini bosing.

Bir nechta restoranlar uchun

  1. Tayyorlash vaqti boʻlimida → Dinamik hisob-kitoblarsiz blokiga oʻting.

  2. Hammasini dinamik hisoblashX ta restoran uchun yoqish tanlovini bosing.

O‘rtacha tayyorlash vaqtini qanday boshqarish mumkin

Vaqtni Tayyorlash vaqti bo‘limida bilib olish mumkin.

Dinamik hisob-kitob bilan taom tayyorlashga ulgurmasangiz, maqoladagi tavsiyalardan foydalanishingiz mumkin. Agar sizda dinamik hisob-kitob hali ulanmagan bo‘lib, ammo vaqtni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, YordamBoshqa bo‘limida bizga yozing – vaqtni o‘zgartirishga yordam beramiz.

Tayyorlash vaqtiga qanday taʼsir qilish mumkin

Buyurtma tayyorligi haqidagi statuslarni vaqtida qoʻying

Hammasini tayyorlab, tekshirib, qadoqlab boʻlishingiz bilan Buyurtma tayyor tugmasini, buyurtmani kuryerga topshirganda esa Buyurtma topshirildi tugmasini bosing.

Tayyorlashga ulgurmayotganda yuqori yuklama rejimini yoqing

Tayyorlash vaqti boʻlimida:

  1. Kerakli restoranning Yuqori yuklama tugmasini bosing.

  2. Tayyorlash vaqtini necha daqiqaga oshirishni va yangi vaqt qancha amal qilishini tanlang → Yoqish. Mazkur tayyorlash vaqti muddati tugashi bilan avtomatik tarzda standart vaqtga qaytadi.

Buyurtmalar boʻlimida:

  1. Sahifa yuqori qismidagi restoranlarni almashtirish tugmasini bosing.

  2. Kerakli nuqtani tanlab, chaqmoq belgisini bosing.

  3. Tayyorlash vaqtini necha daqiqaga oshirishni va yangi vaqt qancha amal qilishini tanlang → Yoqish. Mazkur tayyorlash vaqti muddati tugashi bilan avtomatik tarzda standart vaqtga qaytadi.

Mening restoranlarim boʻlimida:

  1. Kerakli restoranni tanlang va chaqmoq ikonkasini bosing.

  2. Tayyorlash vaqtini necha daqiqaga oshirishni va yangi vaqt qancha amal qilishini tanlang → Yoqish. Mazkur tayyorlash vaqti muddati tugashi bilan avtomatik tarzda standart vaqtga qaytadi.

Sharh

Rejim faqat yuqori yuklama vaqtida qabul qilingan buyurtmalarga nisbatan amal qiladi. Yuqoridagi koʻrsatmaga asosan rejimni uzaytirish yoki Yuqori yuklamaOʻchirish tugmasini bosish orqali odatiy tayyorlash vaqtiga qaytarish mumkin.

Keyingisi