Buxgalteriya boʻyicha savollar

Javob topilmasa, kerakli restoranni tanlab, yordam xizmatiga yozing — yordamlashamiz. Biz arizalarni dushanbadan jumaga qadar ish vaqtida – bir necha soat davomida koʻrib chiqamiz. Ish hajmi koʻp boʻlganida javob berish vaqti ikki ish kuniga oshishi mumkin

Buxgalteriya hisobida ustamalar tafovuti haqida bu maqolada tushuntirilgan.

Toʻlovlar haqida

Toʻlovlar qaysi kunlari amalga oshiriladi?

Buyurtmalar boʻyicha toʻlovlar har juma kuni oʻtkaziladi — oldingi jumadan payshanbagacha boʻlgan davr uchun.

Yandex Eats xizmatlari uchun mablagʻlarni Yandex Eats hisob raqamiga oʻtkazish kerakmi?

Yoʻq. Foydalanuvchilar buyurtmalar uchun to'lovni koʻpincha bank kartalari bilan toʻlaydilar, ammo oʻz kuryerlari bilan yetkazadigan restoranlar naqd pul ham olishi mumkin. Xizmat uchun komissiyani avtomatik tarzda naqd pulsiz toʻlovlardan ushlab qolamiz.

Muayyan oʻtkazma uchun ushlab qolingan mablagʻlar miqdorini toʻlov boʻyicha hisobotlarimizdan Buyurtma komissiyasi toʻlov turi qatorlarida bilib olishingiz mumkin.

Hisobotni kelgusi toʻlovdan keyin dushanba kuni email orqali yuboramiz.

Qanday holatlarda Yandex Eats uchun komissiya olib qolinadi yoki olib qolinmaydi?

Komissiya olib qolinadi:

  • yetkazish turi va toʻlov usulidan qatʼi nazar, yetkazilgan buyurtmalardan – naqd pulda toʻlangan buyurtmalar uchun Yandex Eats komissiyasi shu kunning yoki unga yaqin kunlarning boshqa naqd pulsiz buyurtmalaridan yechib olinadi;
  • restoran tomonidan bekor qilingan buyurtmalardan, masalan, agar restoran ish vaqtidan avval yopilsa yoki buyurtma uchun kerakli masalliqlar boʻlmasa – bunday holatda buyurtma uchun toʻlov amalga oshirilmaydi, bu haqda siz xizmatga ulanish payti qabul qilgan ofertaning 12.8 bandida bayon qilingan;
  • xizmat tomonidan bekor qilingan buyurtmalardan, masalan, agar kuryer kelmasa, buyurtmaga zarar yetkazsa yoki kech qolsa – bunday holatda restoranga buyurtmaning toʻliq miqdori toʻlab beriladi va xizmat komissiyasi ushlab qolinadi: ekvayring xizmatini taqdim etish, yordam va Yandex Eats xizmati uchun.

Texnik sabablarga koʻra bekor qilingan va tasdiqlanmagan buyurtmalar (sinov uchun yoki xato joylangan) uchun komissiya olinmaydi.

Turli restoranlar uchun mablagʻlarni alohida olish mumkinmi?

Buyurtmalar uchun toʻlovlar yuridik shaxs ulangan yetkazish turiga qarab shakllantiriladi.

Sizning holatingizda yuridik shaxsga biriktirilgan barcha savdo nuqtalari faqat Yandex Eats kuryer-hamkorlari tomonidan yetkazishga ulangan, demak har safar bitta summada pul oʻtkazamiz.

Biz oʻtkazgan summada har bir restoranni alohida koʻrmoqchi boʻlsangiz, buyurtmalarni toʻlov hisobotida Restoran nomi yoki Restoran manzili ustunlari boʻyicha filtrlang.

Toʻlovlar kelmasa nima qilish kerak?

Agar belgilangan davrda sizdan buyurtmalar qilingan, lekin puli tushmagan boʻlsa – rekvizitlar toʻgʻri koʻrsatilganini tekshiring. Rekvizitlar buyurtmani qabul qiladigan yuridik shaxsga tegishli boʻlishi kerak. Biz jismoniy shaxslar hisobiga toʻlovlarni oʻtkazmaymiz.

Agar rekvizitlarni oʻzgartirish kerak boʻlsa, yordam xizmatiga yozing yoki Yuridik shaxs maʼlumotlarini oʻzgartirish bandidagi buxgalteriya masalalari boʻyicha formani toʻldiring.

Hisobotlar va boshqa buxgalterlik hujjatlari haqida

Buyurtmalar yuzasidan excel formatdagi hisobotlar qaysi kunlari yuboriladi?

Toʻlovdan keyingi dushanba kuni Haftalik buyurtmalar hisobotini (toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha hisobot) yuboramiz. Biz uni registratsiya paytida yoki ariza orqali almashtirilgandan keyin tizimimizga siz kiritgan email manziliga yuboramiz. Ushbu hisobotda juma kungi toʻlovga kiritilgan barcha buyurtmalar mavjud – tranzaksiyalar boʻyicha ajratilgan. Ushlab qolishlar har bir buyurtma uchun alohida hisoblangan.

Hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunida Oylik buyurtmalar hisobotini yuboramiz. Biz uni oʻsha emailga yuboramiz.

Yandex Eats qanday buxgalterlik hujjatlarini taqdim etadi va qachon?

Ro'yxatdan o'tish paytida kiritgan buxgalteriya pochtasiga hujjatlarni yuboramiz. Pochtani bilib olish yoki oʻzgartirish uchun Yordam boʻlimiga kiring.

Hujjatlar roʻyxati:

  • Haftalik buyurtmalar hisoboti – toʻlovdan keyingi dushanba kuni yuboriladi.

    Toʻlovga kiritilgan tranzaksiyalar boʻyicha ajratilgan buyurtmalar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Kunlik umumiy summa xizmat uchun mukofot, shuningdek, hafta davomida olib qolingan pul asosida hisoblanadi.

  • Buyurtmalar boʻyicha oylik hisobot – hisobotdan keyingi oyning 3 yoki 4-kunlarida yuboriladi.

    Hisobot oyida bajarilgan barcha buyurtmalarni oʻz ichiga oladi.

  • Xizmat koʻrsatilgani haqida dalolatnoma – har bir taqvim oyidan keyingi dastlabki 10 ish kuni ichida yuboriladi.

    Hisobot oyining birinchi kunidan oxirgi kunigacha boʻlgan davr uchun Yandex Eats xizmatlarining umumiy narxini oʻz ichiga oladi. Dalolatnoma ilovasida biz foydalanuvchilardan olgan yoki restoranga oʻz hisobimizdan kompensatsiya qilgan mablagʻlar haqida maʼlumotlar mavjud. Shuningdek, hisobot davrida amalda ushlab qolingan mablagʻlar haqida – xizmat koʻrsatish mukofotlari yoki restoran tomonidan xato bajarilgan buyurtmalar sabab ushlab qolingan mablagʻlar.

  • Elektron hisob-faktura – har bir taqvim oyidan keyingi dastlabki 10 ish kuni ichida yuboriladi.

    Taqdim etilgan xizmatlar haqida maʼlumotni oʻz ichiga oladi.

  • Agent hisoboti har bir taqvim oyidan keyingi dastlabki 5 ish kuni ichida yuboriladi.

Buyurtma boʻyicha tafsilotlarni oylik buyurtma hisobotlarimizda – excel fayllarida koʻrishingiz mumkin. Biz ularni har oyning 3-4-kunlarida yuboramiz.

Hisobot va hujjatlar emailga kelmasa nima qilish kerak?

Agar email orqali hisobotlar va hujjatlarni olmayotgan boʻlsangiz:

  1. Siz xizmatga ulangan payti buxgalteriya pochtasi sifatida koʻrsatgan email faolligini Restoranlar boʻlimida telkshiring. Buning uchun restoranni tanlang – buxgalteriya axboroti bloki sahifaning ostida chiqadi.

  2. Spam jildini tekshiring — xatolik sababli xatlar u yerga tushishi mumkin.

Boshqa ehtimoliy sabablar:

  • siz bizning tarqatmalarimizdan obunani bekor qilgansiz;
  • kompaniyangiz pochta mijozi sozlamalari xatlarimizni spam deb belgilab, oʻtkazmayapti – bu masalani kompaniyangiz texnik mutaxassislaridan aniqlashtiring.

Yuqoridagi barcha bandlarni tekshirsangiz ham hisobotlar kelmayotgan boʻlsa, yordam xizmatiga yozing yoki shaklni toʻldiring.

Menga ofertaning asl nusxasini yubora olasizmi?

Biz ofertani elektron tarzda qabul qilamiz va ofertaga yozma imzo qoʻymaymiz. Oferta ikki tomonlama qogʻoz shartnoma kabi yuridik kuchga ega.

Boshqa savollar

Yuridik shaxs maʼlumotlari oʻzgarsa nima qilish kerak?

Yuridik axborotni oʻzgartirish uchun yordam xizmatiga Restoran maʼlumotlarini oʻzgartirish → Yuridik shaxs maʼlumotlarini oʻzgartirish mavzularini tanlab yozing — yoki shaklni toʻldiring.

Murojaatga rahbarning imzosi va tashkilot muhri (agar mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlangan rasmiy xatning skaner qilingan nusxasini ilova qiling. Xat namunasini mos bandlarni toʻldirish shaklida topish mumkin. Ushbu talablar hamkorlarimizning axboroti va pul mablagʻlarini himoya qilish uchun kerakdir.