---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.54.4
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser/en/security/antishock.md
  - https://yandex.com/support/browser/kk/security/antishock.md
  - https://yandex.com/support/browser/ru/security/antishock.md
  - https://yandex.com/support/browser/tr/security/antishock.md
  - https://yandex.com/support/browser/uz/security/antishock.md
  - href: uz/security/antishock.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords:
  - Nomaqbul reklamani bloklash.
  - Kengaytma.
  - Qo‘shimchalar.
  - Bannerlarni bloklash.
  - Qalqib chiquvchi oynalarni bloklash.
  - Yandex brauzerda nomaqbul reklama qanday o‘chiriladi.
  - Yandex brauzerda antishok.
  - Yandex brauzeri qoʻshimchalari reklamalar.
  - Reklamalarni bloklash uchun Yandex brauzer qoʻshimchalari.
  - Ad.
  - Hayratlantiruvchi reklama.
  - Firibgarlik reklamasi.
  - Yandex brauzerda nomaqbul reklama.
  - Xavfli reklama.
  - Antishokni yoqish.
  - Yandex brauzerda antishok qanday o‘chiriladi.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser/uz/llms.txt




# Protect: shokka tushiradigan reklamani filtrlash



_Antishok_ — [Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) [kengaytma](https://yandex.com/support/browser/uz/personalization/extension.md) bo‘lib, yoqimsiz tasvirlar, pornografiya yoki firibgarlar aldash maqsadida o‘z xizmatlarini taklif qilishi mumkin bo‘lgan veb-saytlar reklamasi aks etgan banner reklamalarini filtrlaydi.

## Qanday reklama filtrlanadi? {#what-blocked}

Antishok bannerlarning quyidagi turlarini zararli va nomaqbul deb hisoblaydi:

- **Erotik va pornoreklama**
    Erotik, pornografik tasvirlar yoki “kattalar uchun xizmatlar” taqdim etuvchi saytlar reklamasi aks etgan bannerlar. Bunday reklama, saytning asosiy mavzusiga mos keladigan resursdan tashqari, boshqa barcha saytlarda bloklanadi.

- **Agressiv va shokka tushiradigan reklama**
    Falokatlar va zo‘ravonlik qurbonlari, qo‘rqinchli filmlar qahramonlari, qurtlar va parazitlar, kasalliklar va badbasharaliklar, zararlangan organ va yaralar, ortiqcha vaznli odamlar kabilarning tabiiy tasvirlari aks etgan bannerlar. Avratlar va tug‘ruq jarayonining yirik plandagi rasm va fotosuratlari. Mashhur odamlarning o‘limi yoki oxirzamon bashorati haqidagi xabarlarni o‘z ichiga olgan reklama.

- **Yoqimsiz va g‘ashga teguvchi reklama**
    Yuqori chastota bilan miltillaydigan animatsiyalangan bannerlar. Videorolikni bosganingizda sahifaning bo‘sh joyiga yoki reklamani yopishga harakat qilayotganingizda chiqadigan reklama oynalari va varaqlari.

- **SMS-firibgarlik reklamasi**
    [SMS-firibgarlikka](https://yandex.com/support/browser/uz/security/sms-fraud.md) aloqador saytlarning yoki ijtimoiytarmoqlardan xabarlarni imitatsiya qiluvchi reklama bannerlari. Lotereya yutug‘ini, saytning yubiley mehmoni sovrini, maxfiy shaxsiy ma’lumotlar bazasiga kirish yoki undan siz haqingizdagi ma’lumotlarni, bashoratlarni va boshqalarni olib tashlash imkoniyatini va’da qilgan bannerlar.

- **Shubhali bannerlar**
    Kompyuterning dialog oynalari va brauzer interfeysining boshqa elementlarini qalbakilashtiruvchi bannerlar. Kompyuterga zarar yetgani haqidagi yoki dasturlarni yangilashni so‘raydigan soxta xabarlar. Yuqori daromad va’da qilib, unga erishish yo‘lini ko‘rsatmaydigan bannerlar. Davolash usuli, dorilar yoki klinikani ko‘rsatmasdan kasalliklarni davolash, yoshartirish va vazn tashlash haqidagi shubhali reklama. Mashhurlarning parhez usullarini reklama qiluvchi bannerlar, ayniqsa, ularda insonning qadr-qimmatini qoralovchi tasvir mavjud boʻlsa.


Reklama banneri nomaqbul ko‘rinishda bo‘lmasa-da, lekin nomaqbul kontentga ega sahifaga havola qilingan boʻlsa, Antishok uni zararli deb hisoblaydi va reklama manbaini bloklaydi.


## Muayyan saytda Antishokni o‘chirib qo‘ying {#off-for-site}

1. Reklamaga ruxsat berishni istagan saytingizni oching.
1. **Ushbu saytda Antishokdan foydalanmaslik** kontekst menyusi bandini tanlang.


## Antishokni barcha saytlarda o‘chirib qo‘yish {#off-for-all-sites}


{% list tabs %}

- Protect panelida


  1. [Aqlli satrda](*smart-link) [ulanish holati](https://yandex.com/support/browser/uz/security/protect-panel.md#icons) belgisini bosing.
  1. Ochilgan oynadagi **Umumiy xavfsizlik sozlamalari** blokida **Zararli yoki yoqimsiz tasvirlar aks etgan reklamani bloklash** parametrini yoqing yoki o‘chirib qo‘ying.

  ![](../_image/antishok-2.png)

- Kengaytma sahifasida


  1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Kengaytmalar** tugmasini bosing.

  1. **Tarmoq xavfsizligi** guruhini tanlang.
  1. **Antishok** kengaytmasini faolsizlantiring.

  ![](../_image/antishok.png)

- Sozlamalarda


  1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Vositalar** bosing.

  1. **Reklamani bloklash** bo‘linida **Shokka tushiruvchi reklamani bloklash** parametrini faolsizlantiring.

  ![](../_image/block-ad.png)

{% endlist %}

#### Batafsil maʼlumot

- [Antishok kengaytmasi haqidagi savollar](https://yandex.com/support/browser/uz/troubleshooting/extension.md#antishock)



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.