Yangi varaq

Yuqori paneldagi Добавить belgisini bosganingizda, Yandex Brauzer yangi sahifa ekrani ochiladi. Bu yerda barcha tegishli maʼlumotlar jamlangan. Yangi varaqning tashqi shakli va mundarijasini sozlash mumkin.

1 — Aqlli satr: soʻrov, manzil yoki rasm asosida qidirish.

2 — Rasm asosida qidirish.

3 — Tablo: siz eng koʻp tashrif buyuradigan saytlar vidjetlari paneli. Tabloning kengligi va videjetlar oʻlchamini sozlash mumkin.

4 — Brauzer boʻyicha tavsiyalar — Brauzer bilan ishlashga oid oʻrgatuvchi tavsiyalar.

5 — Yangi varaq koʻrinishini sozlash.

Yangi varaq turini sozlash

Birlamchi holatda yangi varaqning barcha elementlari yoqilgan. Ammo yangi sahifada qanday elementlarni qoldirishni oʻzingiz tanlashingiz va uning dizaynini sozlashingiz mumkin.

  1. Ekranning pastki oʻng burchagida Настройки tugmasini bosing va yangi varaqda chiqadigan elementlarni tanlang:

    • Soat va sana
    • Qidiruv satri
    • Brauzer boʻyicha tavsiyalar
    • Tablo
  2. Brauzer fonini oʻzgartiring, Tablo ostida reklamalarni yoqing.

  3. Tablo koʻrinishini oʻzgartiring:

    1. Yuqori oʻng burchakda Настройки Яндекс Браузера → Sozlamalar tugmasini bosing.

    2. Interfeys → Yangi varaq ekrani koʻrinishi sahifasini oching.

    3. Tablo boʻlimida kerakli parametrni sozlang:

      • Katakchalar oʻlchami — Tablo katakchalarining oʻlchamini tanlang.

      • Tablo kengligi — Tabloning kengligini tanlang.

Bildirishnomalar

Yandex sizni voqealardan xabardor qilishga harakat qiladi — yangi varaqda tirbandliklar, hodisalar, mintaqangizdagi muhim tadbirlar haqida bildirishnomalar keladi.

Yangi varaqda koʻrishni xohlagan ma’lumotlaringizni sozlashingiz mumkin:

  1. Yuqori oʻng burchakda Настройки Яндекс Браузера → Sozlamalar tugmasini bosing.

  2. Interfeys rukniga kiring.

  3. Yangi varaq ekrani ko‘rinishi bo‘limida Bildirishnoma sozlamalari tugmasini bosing.

  4. Kerakli bildirishnomalarni belgilang.

Yordam xizmatiga yozish
Keyingisi